Kutubxonachi kutubxona-axborot jarayonining yetakchi ishtirokchisi sifatida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#153238
  1   2
kutubxonachi-kutubxona-axborot-jarayonining-yetakchi-ishtirokchisi-sifatida



KUTUBXONACHI KUTUBXONA-AXBOROT JARAYONINING YETAKCHI 
ISHTIROKCHISI SIFATIDA 
Mashhura Manzirova 
Ilmiy rahbar: Sh.Tuychiyeva 
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 

Annotatsiya:
Ushbu maqolada kutubxonachining kasbiy hamda shaxsiy sifatlari, 
kutubxonachining imidji hamda nutq madaniyati muhokam qilindi. 
Kalit so’zlar: 
kutubxonachi, foydalanuvchi, kutubxona-axborot xizmati, malaka, 
sifati, nutq madaniyati 
THE LIBRARIAN AS A LEADING PARTICIPANT IN THE LIBRARY-
INFORMATION PROCESS 
Mashhura Manzirova 
Scientific supervisor: Sh.Tuychiyeva 
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture 
Abstract:
This article discussed the professional and personal qualities of a 
librarian, the librarian's image and speech culture. 
Keywords:
librarian, user, library-information service, qualification, quality, 
speech culture 
Mamlakatimizda hozirgi kunda kutubxona-axborot faoliyatida amalga 
oshirilayotgan madaniy-ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy, islohotlarining faol ishtirokchisi, 
milliy g’oya targ’iboti hamda komil inson tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan amaliy va 
nazariy bilimlarni chuqur egallagan,mutaxassis bo’lishni talab etadi. Kutubxona-
axborot xizmatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ta’sir o’tkazishning 
ikki ob’ekti-foydalanuvchi hamda bosma nashr mahsuloti, axborot bilan chambarchas 
bog’liqligi bilan beligilanadi. Uning faoliyati bir tomondan foydalanuvchilarni 
axborot hamda nashr mahsulotlari bilan ta’minlash, mutolaa madaniyatini 
shakllantirishdan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan axborot va nashr manbalarini 
o’rganish. Taxlil qilish hamda ularni tavsiya qilishdan iborat hisoblanadi. Kutubxona-
axborot xizmatining mazmuni shu sohada faoliyat ko’rsatayotgan shaxslarning 
ihtisosiga bog’liq hisoblanib, bajaradigan lavozim vazifalariga ko’ra belgilanadi. 
Kutubxona-axborot xizmati ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan faoliyat murakkab 
majmuaviy xususiyatga ega bo’lganligi uchun kutubxonachi shaxsiga nisbatan 
muayyan kasbiy talablar qo’yiladi. Bir tomondan, kutubxonachi mehnat faoliyatining 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
62
http://oac.dsmi-qf.uz


shakllari va mazmuni vazifalari, ikkinchi tomondan ko’nikma, zaruriy bilimlar va 
malaka, tayyorgarlik ko’rish mazmuni bilan belgilanuvchi hujjat uning 
professiogrammasi hisoblanadi. Kutubxonachi foydalanuvchilarga kutuxona-axborot 
xizmati ko’rsatish jarayonida o’ziga yuklatilgan ma’suliyati vazifasini bajarish uchun 
oliy o’quv yurtiga yoki kollej dasturi xajmiga muvofiq keluvchi malaka, bilimlarga 
va ko’nikmaga ega bo’lishi darkor. Kutubxonachi foydalanuvchilarga kutubxona-
axborot xizmati ko’rsatish jarayonida quyidagilarni bilishi talab etiladi: -har bir 
foydalanuvchining ehtiyoji va qiziqishidan kelib chiqqan holda, alohida yondashuv 
asosida eng sara adabiyotlarni tavsiya qilish; -bosma nashrlar haqida chuqur 
ma’lumotga ega bo’lish, manbalarni taqqoslash asosida taxlil qila bilish, turli 
ommaviy tadbirlarni o’tkaza bilish malakasini egallash -kutubxona fondini va 
kataloglarini chuqur o’rganganligi, bibliografik qidiruv asosida manbalarni tezkorlik 
bilan topish, ko’plab axborotlar oqimi va bosma nashrlar orasidan eng maqbulini 
aniqlay olish -turli ko’rgazmalar tashkil etish, tezkor axborot yetkazishning turli 
usullarni qo’llay bilish, bibliografik sharhlar tashkil etish -o’z bilimi, tajribasi, 
ko’nikma va malakasi orqali foydalanuv-chilarga ta’sir o’tkazish yo’li bilan ularda 
mutolaa madaniyati va axborot madaniyatini shakllantirish, bundan tashqari 
kutubxonachi: -axborot yig’ish, tanlash va tahlil qilish, yetkazish, bibliografik 
ma’lumotlardan foydalanish usullaridan -foydalanuvchilarni o’rganish, ular bilan 
ommaviy va yakka tartibda ishlash usullaridan -kutubxona-axborot xizmati, 
bibliografiya, mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va x.k...lar bo’yicha ilmiy-
tadqiqot olib borish va shu bilan bir qatorda kutubxonachi quyidagi sifatlarga ega 
bo’lishi kerak:
- Tafakkur sifati: turli-tuman, ziddiyatli axborotlardan ob’ektivlikka yaqin 
hulosa chiqara bilish asosida tezkor harakatchanlik , muammoning mohiyatini anglay 
bilash, hodisalar, voqealarni tanqidiy taxlil qilish. Ma’lumotlar oqimidan kerakli 
axborotni ola bilishdan iborat;
- Diqqatlilik sifati bu- faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga tezlik bilan o’ta 
olish qobiliyati;
- Iroda sifati: har qanday zaruriy ishga o’z-o’zini majbur qila olish ko’nikmasi;
- Kommunikativ sifati: o’z kasbdoshlari va foydalanuvchilarga fikrini erkin 
hamda tushunarli bayon qila olishi, ishchanlik ruhida suhbat olib borishi, har bir 
foydalanuvchining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yakka tartibda 
yondasha olishi zarur.
Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda XXI asr boshlaridan kutubxonachilik ishida 
yangi ixtisosliklar hamda mutaxassislik ya’ni, kutubxona-axborot sohasi bibliograf-
analitik, menedjeri kutubxonachi-texnolog, biblioterapevt, axborot bo’yicha broker, 
ma’lumotlar bazasi bo’yicha masalahatchi, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar 
bilan ishlash bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
63
http://oac.dsmi-qf.uz


zamonaviy kutubxonachi zaruriy bilimlardan tashqari pedogogik-psixologik, elektron 
texnologiyalar, axolining barcha tabaqalarini mutolaaga jalb etish metodlarini ham 
yuksak darajada o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Kutubxonachining asosiy vazifasi 
muayyan xududda yashovchi aholining, ayniqsa, imkoniyati cheklangan shaxslarning 
xullas, har bir foydalanuvchining qiziqishi va ehtiyojini yaxshi bilishi zarur. 
Kutubxonachi yosh va umumiy psixologiyasi, konfliktologiyasi bo’yicha bilimlarga 
ega bo’lishi hamda uni amaliyotda qo’llay olishi, elektron axborot bilan ishlay olishi 
va uni foydalanuvchilarga tavsiya etish shakllari va metodlarini ham yaxshi 
o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Avvalo, kutubxonachi mutolaa va axborot madaniyatini 
chuqur egallagan holdagina o’z bilimini, ko’nikma va malakasini foydalanuvchilarga 
yetkazish orqali jamiyatning mutolaa va axborot madaniyatini oshirishga o’z hissasini 
qo’shadi. Bundan tashqari kutubxonachi nutq madaniyati va notiqlik qobiliyatiga, 
san’atiga ega bo’lishi kerak. U o’z foydalanuvchilari hamda kasbdoshlari bilan 
uzluksiz ravishda muloqotda bo’lganligi tufayli nutqi ixcham, ma’noli, oxangdor, 
muayyan ritm, intonatsiya va diksiya, temp, yoqimli ovoz tembri chastotali bo’lishligi 
muhim ahamiyatga ega. Nutqning jarangdorligi, so’zlashganda pauza, mantiqiy 
urg’uga rioya qilishlik uning ta’sirchanligini oshiradi. Kutubxonachi nutqi uning 
tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko’rinishi bo’lib, unga ham ruhiyat, ham 
nafosat singdirilgan bo’lishi zarur. Nutqda aytilmoqchi bo’lgan fikr foydalanuvchilar 
tomonidan to’liq anglanishi, ularga muayyan ta’sir o’tkazishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Hozirgi kunda har bir kutubxonada auditoriyaning diqqat e’tiborini qaratish, 
foydalanuvchilarni qiziqtirish, ular ongiga ta’sir ko’rsatishning xilma-xil usul va 
vositalari mavjud: turli ekran va sahna vositalari, yuz va qo’l harakatlari, ko’rgazmali 
qurollar, suratlar, texnik vositalar, qolaversa eng an’anaviy usul bo’lgan oddiy doska 
ham yordam berishi mumkin. Ammo, nutqning ta’sirchanligi, foydalanuvchilar 
ruxiyatiga ta’siri birinchi navbatda kutubxonachining til boyligidan foydalanish 
mahoratiga, nutqning ko’rkamligiga bog’liqdir. Chunki, nutq tovushlarida, so’zlardan, 
gaplardan tashkil topadi. Kutubxonachi nutqining ishonchliligini oshirish orqali 
foydalanuvchilarga ta’sir etish darajasini o’z-o’zidan oshiradi. Nutq madaniyati 
ko’nikmalari tarbiya, madaniyatning umumiy darajasi, insonning muayyan shaxsiy 
sifatlari bilan bog’liq bo’ladi. Imidj tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak: ingliz 
tilidan tarjima qilinganda “obraz” ma’nosini anglatadi. Imidj yordamida jamiyatda u 
yoki bu kasb egasini qanday bo’lishi kerakligi aniqlashtiriladi. Kutubxonachi imidji u 
kutubxona faoliyati bilan bog’liq vazifalarni amalga oshirganligi nuqtai nazaridan 
kutubxona imidji doirasida aniqlanadi. Kutubxonachi imidjining asosiy vazifalaridan 
biri bu- uning hatti-harakati, nutqi, qiyofasi, kasbiy yetukligi va ma’naviy olami, 
muloqot orqali foydalanuvchilar ongida samimiy va mehribon maslahatchi obrazini 
yaratishdir. Umuman olib qaraganda, kutubxonachi imidji uning ichki hamda tashqi 
xususyatlarining kutubxona-axborot xizmati jarayonida namoyon bo’lishidir. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
64
http://oac.dsmi-qf.uz


Mutaxassislarning fikriga ko’ra inson imidjining 80% tashqi ko’rinishi, imo-
ishoralari, hatti-xarakatlaridan, 20% esa so’zlashuvidan iboratdir. Biroq, shu narsani 
unutmaslik kerakki, so’z qolgan 80%ni ham qamrab olish imkoniyatiga egadir.
Demak, muloqotni tashkil eta bilish qobiliyati kutubxonachi imidjida alohida 
o’rin tutar ekan. 
Xulosa qilib aytganda, kutubxonachi xodimlar kutubxona-axborot jarayonining 
yetakchi ishtirokchisi sifatida ilmli, zakovatli yosh avlodni tarbiyalashda, jamiyatdagi 
barcha sohalarga oid adabiyotlarni zamonaviy talablar asosida, foydalanuvchilarning 
ma’naviyatini yuksaltiruvchi adabiyotlarni taqdim etib, eng avvalo milliy g’oyaga oid 
adabiyotlar, milliy-madaniy merosni va tarixiy manbalarni foydalanuvchilarga 
tavsiya etib, kitobxonlarning dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladigan, ruhiy-
ma’naviy oziq beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqib, foydalanuvchilarning 
mutolaa madaniyatini tarbiyalashda, ularni nashr mahsulotlari va axborot bilan 
ta’minlash tizimida samarali xizmat ko’rsatadilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə