|
 Kuyish tasnifi, termik kuyish
|
səhifə | 1/2 | tarix | 19.01.2023 | ölçüsü | 29,44 Kb. | | #98787 |
| амалий машгулот (1) 4-mavzu Ma`naviyat, ruhiyat, Вазиятли масала мавзу№4, амалий машгулот, 1. Djt terapevtik ta\'siri asosida nima yotadi , Nazorat savollar-29 (2), 1, №2 вазиятли масала жабовсиз (1) (1), Tadbir bayonnomasi
Kuyish tasnifi, termik kuyish
Kuyish. Yuqori harorat (termik kuyish) kimyoviy moddalar (kimyoviy), elektr toki (elektrdan) va nur energiyasi (nurdan) tasiridan kelib chiqqan toqimalarning shikastlanishiga kuyish, deyiladi. Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi. Òermik kuyish. Òermik kuyish badanga yuqori harorat (alanga, qaynagan suv, yonib turgan va issiq suyuqliklar, gazlar, chog bolgan va eritilgan metallar va hokazo)ning bevosita tasiridan paydo boladi. Shikastlanishining ogir-yengilligi tasir qilayotgan haroratning balandligi, tasir qilish muddati, kuygan sohaning katta-kichikligi va kuygan sohaga bogliq. Bosim ostidagi alanga va bug tasirida, ayniqsa, ogir kuyish hodisalari yuz beradi. Bu holda atmosfera bilan tutashadigan ogiz boshligi, traxeya va boshqa azolar kuyishi mumkin. Aksari qol-oyoq, koz, kamroq gavda va bosh kuyadi. Kuyishning ogir-yengilligi uning qancha joyga tarqalganligiga va tananing qanday chuqurlikda shikastlanganligiga bogliq. Kuygan soha nechoglik katta va shikastlanish chuqur bolsa, bemor hayoti uchun xavf-xatar shunchalik katta boladi. Òananing 1/3 qismi kuyganda kopincha bemor halok boladi. Shikastlangan sohaning chuqurligiga kora, kuyishning tort darajasi farq qilinadi (54, 55, 56-rasmlar). I darajali kuyish (eritema) terining qizarishi, shishi va ogriq bilan yuzaga chiqadi. Kuyishning bu yengil darajasi terida yalliglanishning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Yalliglanish hodisalari birmuncha tez (36) kunda otib ketadi. Kuygan sohada pigmentatsiya qoladi, keyingi kunlarda terining post tashlashi kuzatiladi. ! 181 II darajali kuyish pufaklar paydo bolishi bilan xarakterlanadi (bullyoz shakl). Kuyishning bu darajasida birmuncha yalliglanish yuzaga chiqadi. Òalaygina suyuqlik yuzaga chiqishiga kora, u epidermis ostiga yigiladi va epidermisni kochirib pufaklar hosil qiladi. Pufaklar kuyishdan keyin bir necha daqiqa otgach, bazan esa, ertasiga paydo bolishi mumkin. Òerining yuza qatlami (epidermal) qavati jonsizlanadi. Pufak yorilganda terining tiniq qizil sorgichsimon qavati korinadi. Kuyish asoratsiz otganda 46-kunga kelib, pufakchadagi suyuqlik sorilib ketadi. Yangi yosh epidermis avvaliga pushtirangli va oson shikastlanadigan bolib qoladi. 1015 kun otgach, bemor batamom tuzaladi. Pufakchalarga infeksiya tushganda tiklanish protsesslari keskin buziladi va kuygan soha asta-sekin anchagina muddatdan keyin tuzaladi. III darajali kuyishda terining hamma qatlamlari nekrozga uchraydi (jonsizlanadi). Òeri hujayralaridagi oqsil va qon ivib, qattiq postloq hosil qiladi, postloq ostida shikastlangan va jonsizlangan toqimalar boladi. Uchinchi darajali kuygan soha chandiq bolib, ikkilamchi tartibda bitadi. Shikastlangan joyda granulatsion toqima rivojlanadi, u biriktiruvchi toqima bilan almashinib, chuqur joylashgan yulduzsimon chandiq hosil qiladi. IV darajali kuyish (komirlanish) toqimaga juda yuqori harorat (volt yoyi alangasi, erigan metall) tasirida paydo boladi. Bu kuyishning eng ogir shakli, bunda teri, muskullar, paylar, suyaklar va boshqalar shikastlanadi. Kuyishning III va IV darajasi sekin 54-rasm. Kuyishning I darajasi. 55-rasm. Kuyishning II darajasi. 56-rasm. Kuyishning III darajasi. 182 bitadi va kuygan sohani terini kochirib otkazish yoli bilangina bekitish mumkin. Kuyish ogir umumiy hodisalar keltirib chiqaradi. Bu hol bir tomondan, markaziy asab sistemasidagi ozgarishlar (ogriqdan shok yuz berishi), ikkinchi tomondan qondagi va ichki azolar funksiyasidagi ozgarishlar (intoksikatsiya) sababli yuzaga keladi. Òermik kuyishda birinchi yordam korsatish. Birinchi yordam shikastlangan kishiga yuqori harorat tasir qilishini toxtatishga qaratilishi lozim: yonayotgan kiyim-boshni ochirish, shikastlangan kishini yuqori harorat zonasidan chiqarish, tana yuzasidan tutab turgan va qizigan kiyim-boshni yechib tashlash kerak. Alanga olgan kiyim-boshni (ayniqsa, unga tez alangalanadigan suyuqlik tushgan bolsa), avvalo, suv sepib ochirish, shikastlangan kishini qalin matoga (poyandoz, korpa, chopon, palto va hokazo) orash songra uni olib tashlash kerak. Shikastlangan kishini xavfli xonadan olib chiqish, tutayotgan va qizigan kiyimlarini yechishda qopol harakatlar qilib teri qoplamlariga ziyon yetkazmaslik uchun ehtiyot bolish kerak. Kiyimni tez yechish uchun qirqish mumkin. Kiyim-boshni, ayniqsa, yilning sovuq davrida hammasini yechish tavsiya etilmaydi, chunki sovqotish organizmga travmaning umumiy tasirini keskin kuchaytiradi va shok avj olishiga imkon beradi. Birinchi yordamning navbatdagi vazifasi kuygan yuzaga infeksiya tushishining oldini olish uchun quruq aseptik boglam bilan kuygan yuzani tez vaqt ichida bekitishdan iborat. Boglamni steril bintdan qilish yoki individual paketdan foydalanish maqsadga muvofiq. Maxsus steril yara boglov materiali bolmaganda kuygan yuzani issiq dazmolda dazmollangan top-toza ið-gazlama parchasi bilan bekitish mumkin. Spirt, aroq, etakridin eritmasi, laktat (rivanol) yoki kaliy permanganatga hollangan boglam qoyish mumkin. Bunday boglamlar ogriqni birmuncha kamaytiradi. Birinchi yordam korsatayotgan kishi kuygan yuzani qoshimcha shikastlantirishi va ifloslantirishi va shikastlangan kishiga xavf tugdirishini yaxshi bilishi kerak. Shuning uchun kuygan sohani hech narsa bilan yuvmaslik, unga qol tekkizmaslik lozim. Igna sanchmaslik va pufakchalarni sitmaslik, kuygan joyga yopishgan kiyim parchalarini kochirmaslik, shuningdek, kuygan yuzaga biror yog (vazelin, hayvon yoki osimlik moyi va boshqalar) surtmaslik va poroshok sepmaslik kerak. Surtilgan yog (poroshok) jarohatning tuzalishiga imkon bermaydi va ogriqni kamaytirmaydi, biroq infeksiya kirishini osonlashtiradi, bu hol, ayniqsa, xavfli bolib 183 shifokor yordamini, kuygan joyni birlamchi jarrohlik tozalashni qiyinlashtiradi. II, III, IV darajali qattiq kuyish hollarida umumiy hodisalar, shok juda tez rivojlanadi. Shikastlangan kishini ogriq kam bezovta qiladigan vaziyatda yotqizish, issiq qilib orash, kop suyuqlik berish lozim. Kuygan kishini transportda kasalxonaga olib borishdan oldin transport immobilizatsiyasini qilish shart. Immobilizatsiya tananing kuygan qismlari terisining imkon boricha tortilgan holatda turishini taminlash kerak. Bemorni yaxshisi maxsus mashinalarda olib borish kerak, ular bolmaganda har qanday transportdan foydalanish, bemorga maksimal osoyishta va qulay sharoit yaratish lozim. Sovqotish bemor ahvolini keskin ogirlashtirishni shok hodisalari avj olishiga yordam berishni unutmaslik kerak. Shuning uchun travma yuz bergan paytda to bemorga malakali shifokor yordami korsatilguncha uni qunt bilan kuzatish, issiq tutish, issiq ichimliklar berish zarur. Òanasining kop joyi kuygan kishini transportda juda ehtiyotlik bilan, kuymagan tomoniga (yonboshi bilan, qorni bilan va hokazo) yotqizib olib borish kerak. Bemorni kochirib yotqizishni qulay qilish uchun uning tagiga pishiq mato (brezent, korpa) solish kerak. Shundagina bemorda yangi ogriq paydo qilmay, uni palas bilan birga kotarib zambilga yotqizish mumkin. Òransportirovka qilishda shok profilaktikasi boyicha tadbirlar otkazish, shok boshlanib bolganda esa, shokka qarshi tadbirlarni korish zarur. Kimyoviy kuyish. Kimyoviy kuyish badanga konsentrlangan kislotalar (xlorid, sulfat, nitrat, sirka, karbol kislotalar, zar suvi) va ishqorlar (oyuvchi kaliy va oyuvchi natriy, nashatir spirt, sondirilmagan ohak), fosfor va ayrim ogir metallarning tuzlari (kumush nitrat, rux xlorid va hokazo) tasirida paydo boladi. Shikastlanishning ogir-yengilligi va chuqurligi kimyoviy moddaning turiga va konsentratsiyasiga, tasir qilgan muddatiga va tushgan joyiga bogliq. Shilliq pardalar, chot oraligi va boyin terisi kimyoviy moddalar tasiriga juda ham chidamsiz, oyoq panjasining tagi va kaftlar ularga birmuncha chidamli. Konsentrlangan kislotalar tasirida va shilliq pardalarda tezda aniq chegaralangan toq jigarrang yoki qora quruq strup hosil boladi, konsentrlangan ishqorlar esa, chegaralari noaniq kulrang-qongir nam strup hosil qiladi. Birinchi yordam. Kimyoviy kuyishda birinchi yordam kimyoviy moddaning turiga bogliq. Konsentrlangan kislotalardan kuyishda (sulfat kislotadan tashqari) kuygan yuzani 1520 daqiqa sovuq suv oqimi bilan yuvish zarur. Sulfat kislota suv bilan ozaro tasirga 184 kirishganda issiqlik ajratib, bu kuyishni kuchaytirishi mumkin. Ishqoriy eritmalar: sovunli suv, 3 % li soda eritmasi (1 stakan suvga 1 choyqoshiqda) bilan yuvish yaxshi tasir korsatadi. Ishqorlardan kuygan joylarni suv oqimidan obdon yuvish, songra 2 % li sirka yoki limon kislota eritmasi (limon suvi) surtish lozim. Shundan song kuygan yuzaga aseptik boglam qoyish, kuyishda surtilgan eritmalarda hollangan boglam boglash mumkin. Fosfor tasiridan kuyishning kislotalar va ishqorlardan kuyishdan farqi shundaki, fosfor havoda alangalanib, ham termik, ham kimyoviy (kislota) tasir etib kuydiradi kuyishning ikki turi sodir boladi. Òananing kuygan qismini suvga solib turgan yaxshi, suv ostida fosfor qoldiqlarini chop, paxta kabi narsalar bilan olib tashlanadi. Fosfor bolakchalarini kuchli suv oqimi bilan ham yuvish mumkin. Yuvilgandan song kuygan yuzaga 5 % li mis kuporasi eritmasi surtiladi, songra kuygan yuzani steril quruq boglam bilan bekitiladi. Yog mazlar qollanishi man qilinadi, chunki ular fosforning sorilishiga imkon beradi. Radiatsion (nurli kuyish). Ionli nurlanish tasirida organizmda otkir va surunkali hamda mahalliy va umumiy shikastlar kuzatiladi. Nurdan otkir kuyishning tort darajasi farqlanadi (57-rasm). 57-rasm. Nurli kuyish (radiatsion) darajalari: aeritema; bpufakchalar hosil bolishining boshlanishi; dpufakchalar; eeroziya. a b d e 185 1. Erta eritema. Birinchi kuni uning belgilari malum boladi, 23 haftadan song teri quriydi, yengil pigmentatsiya boladi, soch butunlay tokiladi. 2. Eritematoz dermatit. Bu terining otkir yalliglanishini korsatadi, ogriq, kuyish belgilari, pigmentatsiya paydo boladi, soch tokiladi. 3. Bullyoz dermatit. Nurlanishdan bir hafta otgach ogriq kuzatilib, rangsiz pufakchalar paydo boladi, epiderma kochib, soch tokiladi. 612 kun ichida teri bitishi ham, ammo oylab davom etishi ham mumkin. 4. Gangrenali dermatitda 23 sutkadan song qichitadigan eritema paydo boladi. Songra epidermis nekrozga uchraydi. Yiringli boshliqlar hosil bolib, ularni faqatgina plastik operatsiya bilan yopish mumkin boladi. Nurdan shikastlanishning yana bir asorati genlarga tasir qilib, ularni mutatsiyaga olib kelishi va irsiy kasalliklarga sabab bolishidir. Birinchi yordam. Zudlik bilan bemorni nur tasir qilayotgan joydan olib chiqish kerak boladi va shoshilinch ravishda kasalxonaga jonatiladi. Otkir nur kasalligini davolashda suyak iligi transplantatsiya qilinadi. Odatda, katta yoshli odamda 15000 ml suyuqligi borligini hisobga olib, 500 ml.lik kochirib otqaziladi. Nafas yollari kimyoviy kuyganda birinchi yordam. Fosfororganik birikmalar (tiofos, xlorofos)dan zaharlanish eng kop uchraydi, u nafasga olinadigan havo tarkibida ingalatsion yol bilan va enteral ovqat mahsulotlari bilan birga organizmga tushishi mumkin. Shilliq pardalarga tushganda ularni kuydirishi ehtimol. Kasallikning yashirin davri 1560 daqiqaga choziladi. Song asab sistemasining zararlanish simptomlari paydo boladi: kop solak oqadi. Balgam ajraladi, bemor kop terlaydi. Nafas olish tezlashadi, uzoqdan eshitiladigan shovqinli xirillash bilan chiqadi. Bemor bezovta, qozgalgan holatda boladi, tez orada oyoq muskullari tortishadi, peristaltika kuchayadi. Birmuncha keyinroq muskullar, jumladan, nafas muskullari falajlanadi. Nafas toxtashi asfiksiya va olimga olib keladi. Birinchi yordam zaharli kimyoviy vositalardan nafas olish natijasida kelib chiqqan zaharlanishlarda birinchi yordamning asosiy vazifasi zararlangan kishini statsionarga tezlikda olib borishdan iborat. Imkoniyat bolsa, bemorga 68 tomchi 0,1 % li atropin eritmasi yoki 12 belladonna tabletkasi berish zarur. Nafas olish toxtagan taqdirda, tinimsiz suniy nafas oldirish kerak. Zaharning 186 meda-ichak yollariga tushishi natijasida vujudga kelgan zaharlanishda medani aktivlangan komir qoshilgan suv bilan yuvish zarur. Òuz surgi beriladi. Òeri va shilliq pardalarga tushgan zaharli kimyoviy vositalarni suv oqimi bilan tozalash lozim. Ogiz boshligi kimyoviy kuyganda birinchi yordam. Konsentrlangan kislotalar va oyuvchi ishqorlardan zaharlanishda (ichib qoyilganda ) qisqa vaqt ichida ogir holat yuzaga chiqadi. Bu hol birinchi galda ogiz boshligi, yutqun, qizilongach, meda, kopincha hiqildoqning ham kop kuyishi, keyinroq surilgan moddalarning hayotiy muhim organlarga (jigar, buyrak, opkayurakka) korsatilgan tasiri bilan tushuntiriladi. Shilliq pardalar teriga qaraganda nozikroq boladi, shuning uchun ular tezroq va chuqurroq yemiriladi va nekrozga uchraydi. Ogiz-lab shilliq pardasi kuyadi va qora qotir (chaqa) bolib qoladi. Sulfat kislotadan kuyishda chaqa qora rangli, nitrat kislotadan kuyishda kulrang sariq rangli, xlorid kislotadan kuyishda sargimtir yashil rangli, sirka kislotadan kuyishda kulrang oq boladi. Ishqorlar toqimalarga oson kiradi va shuning uchun toqimalarni chuqur shikastlaydi. Kuygan yuza juda yumshoq, rangi oqimtir, tez parchalanadigan boladi. Kislota yoki ishqor ichib qoygan bemorlarni ogzida, tosh orqasida, epigastriyasida kuchli ogriq paydo boladi. Bemorlar ogriqning zorligidan ozlarini qayerga qoyishni bilishmaydi. Deyarli hamma vaqt azob beradigan, kopincha qon aralashgan qusish sodir boladi. Òezda ogriqdan shok paydo boladi. Hiqildoq shishib, keyinroq asfiksiya rivojlanishi mumkin. Kislota yoki ishqor katta miqdorda qabul qilinganda yurakning sustlashishi, kollaps rivojlanadi. Nashatir spirtdan zaharlanish ogir otadi. Shikastlanishning bu turida ogriq sindromi bogilish bilan otadi, chunki nafas yollari ham zarar koradi. Birinchi yordam. Birinchi yordam korsatuvchi kishi zaharlanish qaysi moddadan roy berganligini bilishi kerak, chunki yordam korsatish usullari ana shunga bogliq. Konsentrlangan kislotalardan zaharlanishda qizilongach va medaning teshilish simptomlari bolmasa, avvalo, medani yogon zond orqali 610 litr iliq suvga kuydirilgan magneziya (1 litr suvga 20 gr) qoshib yuvish zarur. Magneziya bolmaganda yuvish uchun ohakli suvdan foydalanish mumkin. Medani yuvish uchun soda ishlatish taqiqlangan. 187 Medani oz-ozdan yuvish, yani 45 stakan suv ichib, songra atayin qustirish zaharlangan kishi ahvolini yengillashtirmaydi, bazan esa, aksincha, zaharning sorilishiga imkon beradi. Zond orqali yuvishni amalga oshirib bolmasa, bunday bemorlarga sut, osimlik yoki hayvon moyi, tuxum oqsili, shilliqli damlama va boshqa orab oladigan vositalarni berish mumkin. Karbol kislota va uning unumlari (fenol, lizol)dan zaharlanishda sut, yog-moylar berish mumkin emas. Bu holda kuydirilgan magneziyali suv va ohakli suv ichirgan yaxshi. Mazkur moddalar boshqa kislotalardan zaharlanishda ham foydalidir. Ogriqni kamaytirish uchun epigastriya sohasiga sovuq suv yoki muz solingan xaltachani qoyish mumkin. Konsentrlangan ishqorlardan zaharlanishda ham medani tezda 610 litr iliq suv yoki 1 % limon yoki sirka kislota eritmasi bilan yuvish lozim. Medani zaharlanishidan song dastlabki 4 soat ichida yuvish lozim. Birinchi yordamning asosiy vazifasi zaharlangan kishini davolash muassasasiga olib borishdan iborat, bu yerda unga shoshilinch shifokor yordami korsatiladi. Qizilongach yoki meda perforatsiyasiga shubha qilinganda (qorinda qattiq ogriq, tosh orqasida chidab bolmaydigan ogriq) zaharlangan kishiga suyuqlik ichirish va medasini yuvish mumkin emas. Koz kimyoviy kuyganda birinchi yordam. Kozning kimyoviy kuyishi boshqa azolarning kimyoviy kuyishidan xavfliroq. Chunki bunda koz olmasini kuyishi korish funksiyasini toliq yoqotadi (korlikka olib keladi), shikastlanmagan tomonda esa, korish funksiyasini birmuncha vaqtdan keyin pasayishiga olib keladi. Kozning kimyoviy kuyishi kuchli ogriq, bazida chidab bolmas darajadagi ogriqqa, koz yoshi oqishiga, korish funksiyasining otkir buzilishi, bazan esa, qisqa muddatli hushdan ketish holati kuzatiladi. Birinchi yordam. Kimyoviy kuyganda birinchi yordam kozni oqar suvda yuvishdan boshlanadi. Buning uchun qovoqlar ochilib, 1015 daqiqa davomida xona haroratidagi suv shpris (yoki shunga oxshash rezina ichak) bilan yuviladi. Kozlarni yuvishda iliq suv ishlatish mumkin emas, bunda kimyoviy moddalar issiq suv tasirida tezroq sorilishi mumkin va kuyishni ogirlashtiradi. Kozlar kimyoviy kuyganda ikkilamchi infeksiya tushish xavfi katta boladi. Buning oldini olish uchun kozlarni xona haroratidagi suv bilan yuvgandan song steril quruq aseptik boglam qoyish kerak boladi, bint gir aylantirib orab mustahkamlangach, keyingi 188 oram bosh tepasi va peshana boylab pastga tushiriladi va yuqoridan pastga tomon chap kozni bekitadigan qiyshiq oram qilinadi, songra bintni ensa orqali otkazib, pastdan yuqoriga tomon ong kozni bekitadigan qiyshiq oram qilinadi. Buning natijasida keyingi hamma oramlari qanshar sohasida kesishib, har ikki kozni bekitadi va tobora pastga tushaveradi. Bintlash oxirida boglamni gorizontal doira shaklida orash bilan mustahkamlanadi. Bemorni tezda statsionarga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|