Laboratoriya mashg`ulotning ishlanmasi Ko`rish sezgisi va idroki va uning o`rganish metodlari



Yüklə 13,91 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü13,91 Kb.
#137671
1-Lab.ya Ko`rish sezgisi va idroki

Laboratoriya mashg`ulotning ishlanmasi

Ko`rish sezgisi va idroki va uning o`rganish metodlari.




Maqsad: Metodika orqali ko`rish sezgisining ko’r dog’ini topish.
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi


Tajribaning borishi: Ko’r dog’ini topish uchun qora rangli kartochkalaridan foydalaniladi. Bu kartochkalarda ikki cheti va o’rtasida kichik oq doirachalar belgilangan ko’rib dog`ni topish uchun kartochkani qo’zdan 25-30 santimetr uzoqlikda tutib, o’ng ko’zini yumib, chap ko’zi bilan rasmning o’rtasidagi oq doirachaga qaraladi. Rasmning chap tarafidagi doiracha esa qo’rish maydoniga tushib turadi. Rasmni oldiga va orqaga dam-badam asta sekin surib, shunday masofaga keltiramizki, bu davrda qo’rish maydoniga tushib turgan chap tomondagi doiracha ko’rinmay qoladi.Buning sababi shuki, chap tomondagi doirachalardan kelayotgan nur ko’zning ko’rish dog’iga tushib qoladi. Agar chap ko’zni berkitib, o’ng ko’z bilan qaralsa, o’ng tomondagi doiracha qo’rinmay qoladi. Tajriba vaqtida ko’zni chalg’itmaslik kerak, chunki ko’zning salgina chalg’itish ko’rish dog’ini ham xolatini o’zgartiradi.
Bu tajriba orqali ko’rish jarayonidagi kolbacha va tayoqchalar roli isbotlanadi. Ko’zning to’r pardasidagi ko’r dog qismida na tayoqchalar na kolbachalar yo’q, shuning uchun seziluvchanligi ham yo’q.
Tajriba 2. Ranglarni aralashish qonunini quzatish.
Uchta ranglar aralashish qonunlari mavjud.
1. Birinchi qonunga binoan spektrda joylashgan hamma ranglarni bir xil proportsiyada qo’shishdan ok rangni xosil qiladi.
2. Ikkiichi qonunga binoan spektrda joylashgan har bir rang o’zini bitta ko’shimcha rangi bilan malum proportsiyada ko’shilishi oq rangni hosil qiladi (masalan: sariq rang bilan ko’k rangni 3:2 proportsiyada aralashtirsak ok rang hosil bo’ladi; qizil rang bilan yashil rangni 3:2 proportsiyada aralashtirsak oq rang hosil bo’ladi).
3. Uchinchi qonunga binoan spektrga joylashgan biror xromatik rangni ikkinchi xromatik rang bilan ma’lum proportsiyada aralashtirsa, ular o’rtasida joylashgan uchunchi rang kelib chiqadi (masalan: ko’k rang bilan qizil rangni 3:1 proportsiyada aralashtirsak binafsha rangi hosil bo’ladi; qizil rang bilan sariq rangni 3:1 proportsiyada, aralashtirganda zarg’aldoq rangi hosil bo’ladi).
Yüklə 13,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə