Laboratoriyada ishlash qonun-qoidalari va texnika xavfsizligi



Yüklə 44,55 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü44,55 Kb.
#166017
  1   2   3   4   5
1 LABORATORIYA ISHI LABORATORIYADA ISHLASH QONUN QOIDALARI VA TEXNIKA




LABORATORIYA ISHI №1
LABORATORIYADA ISHLASH QONUN-QOIDALARI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI


Darsning maqsadi:
1. Laboratoriyadagi xavfsizlik tеxnikasi qoidalari bilan tanishish.
2. Biologiya laboratoriyasida ko‘p qo‘llaniladigan asbob-uskunalar bilan tanishish.

Biologiya fani darslarida bioorganik moddalar va ularning shakllari, tirik organizmlar to‘qimalarida amalga oshadigan Biologik jarayonlarni o‘rganishda, fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaning oshirishda, talaba laboratoriya sharoitida tajribalar qo‘yish uchun turli organizmlardan kerakli organlarni ajratib olish texnologiyasi, oqsillarni aniqlash uslublari, uglevodlarni aniqlash metodlari, yog‘larga hos sifat reaksiyalarini, vitamin va gormonlarni aniqlash, nuklein kislotalarni gidroliz qilish, oksidlanish-qaytarilish fermentlarining faolligini aniqlash malakalariga ega bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlarini bajarish davomida talabalar kimyoviy jarayonlarni amalga oshirishga imkon beradigan jihozlar va vositalar bilan tanishib, ularning qanday maqsadlarda ishlatilishini bilib olishi zarur bo‘ladi.


Har bir talaba o‘zining doimiy ishlash joyiga ega bo‘lishi, ish xonasini doim ozoda va saranjom tutishi, ish xonasini doim ozoda va saranjom tutishi, mazkur laboratoriya mobaynida ishlatilmaydigan asbob, idishlar, kimyoviy moddalar, kitob-daftar ba boshqalar bo‘lmasligi lozim. Tajriba boshlashdan ilgari talaba laboratoriya ishi uchun zarur asbob va reaktivlarni bilib, ro‘yxat qilib oladi.
Laboratoriyada asosiy ish qurollari: elektroplitka, eritmalar va reaktivlar uchun javonlar, analitik tarozi va boshqalar bo‘lishi kerak. Tajribaga kerakli asbobning ishga yaroqliligini, unga zarur bo‘lgan hamma jihozlarni sinchiklab tekshirilib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajariladi.
Tajriba o‘tkaziladigan laboratoriya birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan dori-darmonlari bo‘lgan aptechka va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tajriba tamom bo‘lgach, idishlarni yuvib, tozalab o‘z joyiga tartib bilan qo‘yish kerak. Bu idishlardan foydalanishni osonlashtiradi, keyingi tajribaga tayyor bo‘lib turadi, vaqt tejaladi. Yuvilgan idishlar ustki tomonidan toza sochiq bilan artilgan xrom, xlorid kislota eritmalari bilan yuviladi, so‘ng distillangan suv bilan chayqab, quritgich shkafida quritiladi.
Quruq reaktiv va eritmalarning tozaligiga , saqlanishiga alohida ahamiyat berish shart. Reaktivlar solingan idishlarning og‘zini ochiq qoldirish mutlaqo mumkin emas. Reaktivlarni analitik torozilarda tortilganda toza, quruq shisha idishlarda, buyuksda hamda kichik kimyoviy stakanchalarda tortish ma’lum. Konsentrlangan kislotalar va 25 % li ammiak eritmasini ishqalangan tiqinli shishada saqlash kerak. Ustidan shisha qalpoq yopib qo‘yiladi. Eritmalar shkafda saqlanadi. Ishlanadigan xonada konsentrlangan kislotalar ozginadan (1-2l) havosi tortiladigan javon tagida, isitgich asboblardan uzoqroqda saqlanadi. Karbonat angidrid, suvni shimadigan reaktivlar, eritma solingan idish va shishalarning po‘kaklari eritilgan parafinda shimdirib olinadi.
Eritma solingan shisha ustiga aniq va chiroyli qilib eritmaning nomi, uning konsentratsiyasi, tayyorlangangan vaqti (kun,oy,yili), talabaning ismi, familiyasi yozilgan yorliq yopishtiriladi. Eritmani pipetka bilan asosiy shishadan olinadi. Ishlatish uchun eritmadan stakanga ozgina ortiqroq quyib olish kerak. Stakanga qo‘yilgan eritmani yana qayta shishaga qo‘yish mumkin emas. Konsentrlangan kislota va ishqorlarning eritmalarini, zaharli suyuqliklarni pipetka orqali og‘izda so‘rib olish mumkin emas. Buning uchun rezina nasos yoki avtomat pipetkadan foydalaniladi.

Yüklə 44,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə