Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI 
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI 
Babajanov A.R., Haqberdiyev O.E., Sulaymanova M.X. 
LANDSHAFTLI YER TUZISH 
(o‘quv qo‘llanma) 
Toshkent-2019



OO‘MTVning 04.10.2019 y. № 892 sonli buyrug‘iga asosan 
chop etishga tavsiya etilgan. 
O‘quv qo‘llanmada landshaftlar, ularni tarqalishi, murakkab landshaftlik 
sharoitida tuproq eroziyasi, shuningdek tuproq eroziyasini bartaraf etish yoki 
kamaytirishga imkon beradigan yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga 
oshirish yo‘llari yoritilgan. 
Kitob 5410700- Yer tuzish va yer kadastri ta’lim yo‘nalishining talabalariga 
mo‘ljallangan. 
Taqrizchilar:
Jo‘raev D.O.
- “TAQI “Geodeziya va kadastr” kafedrasi dotsenti, 
texnika fanlari nomzodi
Musaev I.M.
- TIQXMMI “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi 
mudiri, dotsent. 
________________________________________________________________ 
Babajanov A.R., Haqberdiyev O.E., Sulaymanova M.X.
Landshaftli yer tuzish.
O‘quv qo‘llanma. T., TIQXMMI, 2019, 101 bet 
________________________________________________________________ 
© TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI 
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI – (TIQXMMI), 2019 y 



Kirish 
Yer – O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, davlat mulkidir. Rasmiy 
ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonning umumiy yer maydoni 2018 yilning
1 yanvar holatiga 44892,4 ming gektarni tashkil etadi. Ushbu maydonlarning yarmiga 
yaqinini, ya’ni 45,3 foizini asosiy yer toifalaridan biri hisoblangan qishloq xo‘jaligi yer 
maydonlari tashkil etadi. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi insonlar uchun oziq-ovqat, 
sanoat uchun esa xom-ashyo yetishtiradi. Shunday ekan, mamlakatning oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish, shuningdek yer mulkdorlari va ijarachilarining qishloq xo‘jaligi yerlaridan 
intensiv foydalanishga investitsiya kiritish, yerlar unumdorligini saqlash va oshirish, 
umuman yerlarning resurs sifatidagi funksiyasini yanada kuchaytirish imkoniyatlarini 
yaratish bugungi bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inini tashkil etadi.
So‘ngi yillarda qishloq xo‘jaligining yer maydonlaridan maqsadli va samarali 
foydalanmaslik, ularni tarmoq ichida va tarmoqlararo taqsimlash va qayta 
taqsimlashning samarasizligi, yerlarni noqishloq xo‘jaligi uchun iqtisodiy va 
texnologik asoslanmasdan o‘tkazilishi va eng achinarlisi, yerlar unumdorligining 
pasayib ketayotganligi tez-tez kuzatilmoqda. Bunday pasayish qishloq xo‘jaligi 
yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida ularning meliorativ holatini yomonlashuvi, 
tuproqlar tarkibining buzulishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomonda, yerlarni shamol 
va suv ta’sirida yemirilishi yoki shamol va suv eroziyasiga uchrashi natijasida ro‘y 
bermoqda.
Qayd qilish zarurki, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil 
etish tizimida eroziyaga qarshi kurashish tadbirlari muhim o‘rin tutadi. 
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda mamlakat qishloq 
xo‘jaligi yerlarining 90,0 foizga yaqini turli darajalardagi shamol va suv eroziyasiga 
xavfli hisoblanadi. Respublikamizning faqat 21,3 mln gektar yer maydoni shamol 
eroziyasiga (deflyatsiya) xavflilik, 1,6 mln gektari suv eroziyasiga xavflilik mavjud. 
Ushbu yerlardi tarqalgan tuproqlarni eroziyalanishidan muhofaza qilish bo‘yicha turli 
tadbirlarni amalga oshirish, xususan, shunday tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan 
yer tuzish sxemalari va loyihalarini ishlab chiqish, asoslash hamda amaliyotga joriy 



etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan,
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 
davlat kadastri davlat qo‘mitasi foaliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarorida ham ushbu muammoni ijobiy hal qilishga qaratilgan vazifalar 
tegishli davlat idoralariga yuklatilgan. Shulardan kelib chiqqan holda, mamlakat 
iqtisodiyotini innovatsion isloh qilish va modernizatsiyalash sharoitida qishloq 
xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, uning yer maydonlaridan foydalanish 
samaradorligini barqaror tarzda oshirib borish va bunda maydonlarni eroziyaga qarshi 
tadbirlar asosida tashkil etish eng muhim ustivor masalalardan biri bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini landshaftlik xususiyatlarini o‘rgangan holda u 
hududlarda tarqalgan tuproqlarda ro‘y berayotgan deflyatsiya va suv eroziyasiga qarshi 
kurash tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda ichki yer tuzish loyihalarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish bo‘yicha bilimlar “Landshaftli yer tuzish” fanida 
to‘plangan. Ushbu fan 5410700 – “Yer tuzish va yer kadastri” bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishining 4 kursida o‘tiladi. Qishloq xo‘jaligi hududlarining landshaftlik 
xususiyatlari va bu bilan bog‘liq bo‘lgan eroziya jarayonlari, ularga qarshi turli-tuman 
tadbirlar asosida qishloq xo‘jalik yerlarini ichki tashkil etish loyihalarini ishlab 
chiqish, shuningdek bunday loyihalarni amalga oshirish masalalari aynan ushbu fanda 
o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan, fanni yuqori sifatli o‘quv adabiyoti bilan ta’minlash 
maqsadida ushbu o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi.
O‘quv qo‘llanmasi mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlandi. Unda dotsent, i.f.n. 
Babajanov A.R (kirish, 2-3 boblar), dotsent, b.f.n. Haqberdiev O (1 bob), katta 
o‘qituvchi Suleymanova M.X. (4 bob) lar qatnashdilar. O‘quv qo‘llanmasi uchun 
materiallar to‘plash, ularni qayta ishlash va uni texnik rasmiylashtirishda magistrlar 
Abdurahimova M. va Patiddinov F. lar ishtiroq etishdi. O‘quv qo‘llanmasi 
to‘g‘risidagi fikr va mulohazalarinigizni quyidagi manzilga yuborasiz: 100000, 
Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, Toshkent irrigatsiya va qishloq 
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Yerdan foydalanish” kafedrasi

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə