Leksikologiya va semasiologiya



Yüklə 57,43 Kb.
tarix22.11.2017
ölçüsü57,43 Kb.
#11388

Aim.uz

Leksikologiya va semasiologiya
R e j a :

  1. Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha.

  2. So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni.

  3. So‘zning tovush va ma`no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi.

  4. Semasiologiya – so‘z va iboralarning ma`nolarini o‘rganuvchi soha.

  5. So‘z va uning ma`nosi.

  6. So‘z ma`nolari o‘rtasidagi munosabatlar.

  7. Omonimlar va ularning turlari.

  8. 5.Sinonimlar va ularning tiplari.

  9. Antonimlar.

  10. Tabu va evfemizmlar.


Tayanch iboralar: luғat tarkibi yoki leksika, leksikologiya, semasiologiya, tilning ifoda plani, tilning mazmun plani, nominatsiya nazariyasi yoki onomasiologiya, leksik stilistika (uslubiyat), etimologiya, frazeologiya, onomastika, toponimika polisintetik tillar, minimal sintaktik birlik, semantik belgilar, sozning aktsent kurilishi, sozning morfemik tuzilishi, atama, sozning leksik ma`nosi, predmet va tushuncha, nominativ vazifa, kontekst (matn), nutk vaziyati, sozning grammatik ma`nosi, turdosh otlar, atoqli otlar, denotativ aloqa, segnifikat, struktural aloqa, semema, leksema, sema, konnotativ ma`no, semantik yoki tushuncha maydoni, kontekstologiya (matnshunoslik).

Leksik ma`no, luғaviy ma`no, so‘zning asosiy (to‘ғri) ma`nosi, so‘zning ko‘chma ma`nosi, polisemiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifaviy ko‘chish, so‘z ma`nolarining kengayishi yoki torayishi, omonimlar, haqiqiy omonimlar, omofonlar, omograflar, omoformalar, to‘liq omonimlar, to‘liq bo‘lmagan omonimlar, ekspressiv uslubiy bo‘yoqlar, sinonimiya, absolyut sinonimlar, semantik tip, matniy sinonimlar, uslubiy sinonimlar, sinonimik qator, sinonimika, antonimlar, leksik va grammatik antonimlar.
Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z tilning asosiy va markaziy birligi hisoblanib, tildagi so‘zlarning jami leksikani (luғat tarkibini) tashkil etadi. Tilshunoslik fanining til leksikasini o‘rganuvchi bo‘limi leksikologiya (grekcha lexis-«so‘z»va logos-«ta`limot») deyiladi.

Tilning luғat tarkibiga aloqador barcha birliklar (mas., so‘zlar, frazeologizmlar) luғaviy birliklar deyiladi. Luғaviy birliklar anglatgan ma`nolarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ma`lum tematik turlarga bo‘linadi. Bunda asosiy vazifani birliklarning luғaviy ma`nosi bajaradi. Leksik ma`no esa, yuqorida ta`kidlanganidek, umumlashtirish xususiyatiga egadir.

Leksikologiyada so‘zlar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha o‘rganiladi:

1. So‘zning semantik qurilishi.

2. So‘zlarning shakl va ma`no munosabatlari.

3. Leksikadagi so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashgan so‘z ekanligi.

4. Qo‘llanishiga ko‘ra so‘zlarning umumiy yoki chegaralanganligi.

5. Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi.

6. So‘zlarning emotsional-ekspresiv bo‘yoq yoki stilga munosabati.

Boshqacha aytganda, tilning leksikologiyasini o‘rganish juda keng soha bo‘lib, u so‘zlarning hosil bo‘lishi, luғat tarkibining boyishi va nutqi, ishlatilishi, ma`nolarning o‘zgarishi, torayishi va kengayishi, turli atamalarning qo‘llanilishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. SHu tufayli leksikaning turli tomonlarini o‘rganuvchi alohida sohalar mavjud.

O‘zbek tilidagi luғaviy birliklarning ayrim tematik turlarini ko‘rib o‘tamiz.
Semasiologiya til birliklari (til ishoralari)ni ma`no jihatdan o‘rganadi. Til birliklarining, birinchi navbatda, leksik birliklarining semantik qurilishini va u bilan boғliq masalalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi. YA`ni u tilning barcha ma`no anglatuvchi birliklarini o‘rganadi.

Leksikografiya tilshunoslikning luғat tuzish ishi bilan, uning nazariy masalalari bilan shuғullanuvchi bo‘limi hisoblanib, unda til tarkibidagi so‘zlarni ma`lum tartib va maqsad asosida (alfavit tarkibida, nutqda ishlatilish darajasi va shu kabilarga ko‘ra) yozma ravishda to‘plab luғat tuzish masalalarni o‘rganadi.

Onomasiologiya leksikologiyaning luғaviy birliklarini nomlash va tushuncha anglatish printsiplari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi bo‘lib, narsa va hodisalarga nom berish jarayonini qamrab oladi.

Etimologiya so‘zlarning kelib chiqishi masalalari bilan shuғullanadi. YAsama, qo‘shma so‘zlar va xorijiy tillardan o‘zlashtarilgan ma`nolar bilan ham qiziqadi. etimologiya so‘zning har ikki tomonini, ya`ni shakli va ma`nosini hisobga oladi. So‘zlarning «biografiyasi»ni, kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon-haqiqiy, logos-ta`limot) deyiladi.

So‘zlarning haqiqiy va birinchi asl ma`nolari va shakllari til tarixi, boshqa tillar va dialektlardagi shu so‘z to‘ғri kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash asosida aniqlanadi. Bunda so‘zlarning avvalgi ma`nosi va formalari chuqur o‘rganiladi. So‘zlarning kelib chiqish tarixi tarix, arxeologiya, geografiya, antrapologiya, madaniyat va san`at kabi qator fanlar yordamida aniqlanadi.

«Etimologiya» termini tilshunoslikda ikki ma`noda ishlatiladi. Leksikologiyaning ma`lum tilda so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi sohasi ma`nosida hamda biror so‘zning birinchi asl ma`nosi va shakli ma`nosida.

YAngi so‘zlarning kelib chiqishini aniqlash oson, lekin eski so‘zning qachon paydo bo‘lgani va qaysi tildan yoki shevadan olinganini bilish ancha qiyin. Biror so‘zning kelib chiqishini aniqlashda shu so‘z qardosh tillardagi so‘zlarning tovush qurilishi va ma`nolari bilan qiyoslanadi. Misollar: arxitektor-quruvchi-haykal quruvchi va binoning loyihasini chizuvchi.

Tilning luғat tarkibiga faqatgina so‘zlar emas, balki turғun bo‘lib qolgan so‘z birikmalari ham kiradi. Tarkibi ancha murakkab bo‘lgan turғun birikmalar frazeologizmlar yoki frazeologik birikmalar (iboralar) deb ataladi.

Tilshunoslikning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi frazeologiya (grekcha phrasis-ibora, logos-so‘z, tushuncha, ta`limot) deyiladi

Frazeologizmlar ham tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi doirasida o‘rganiladi

Frazeologizmlarning tarkibida nechta so‘z ishtirok etishiga qaramasdan, ular yagona umumiy ma`no bilan birlashada va emotsional-ekspressiv ma`no ifodalaydi. Frazeologizmlar badiiy adabiyotlarda obrazli va ta`sirchan ifoda vositasi sifatida mahsuldor qo‘llaniladi.

Frazeologizmlar uch xil bo‘ladi:

- frazeologik qo‘shilmalar

- frazeologik butunliklar

- frazeologik chatishmalar.

Tarkibidagi bir so‘z to‘ғri, ikkinchi so‘z esa ko‘chma ma`noda bo‘lib birikkan iboralar frazeologik qo‘shilmalar deyiladi: hordiq chiqarmoq, so‘zida turmoq, holdan toymoq kabi.

Tarkibidagi so‘zlarning ma`nosi va grammatik jihati birikib, umumiy ko‘chma ma`no beruvchi iboralar frazeologik butunliklar deb ataladi: ko‘kka ko‘tarmoq-maqtamoq, eti suyagiga yopishgan-ozғin kabi.

Tarkibidagi so‘zlarning ma`nolari bilan ibora ifoda etgan ma`no o‘rtasida hech qanday leksik aloqa sezilmagan frazeologizmlar frazeologik chatishmalar deyiladi: sichqonning inini ijaraga olmoq, sichqonning ini ming tanga bo‘lmoq, oyoғini tirab olmoq kabi.

Frazeologik qo‘shilma va butunliklar so‘zlarni o‘zaro biriktirish yo‘li bilan yasalgan yaxlit iboralar bo‘lib, ularning tarkibidagi ba`zi komponentlarni almashtirish mumkin. Biroq frazeologik chatishmalarning komponentlarini almashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Xuddi leksikada bo‘lgani kabi, frazeologiyada ham omonimiya, sinonimiya, antonimiya kabi hodisalar mavjud. Omonimiya: boshiga ko‘tarmoq; sinonimiya: kayfi buzuq-ta`bi tirriq; antonimiya: ko‘ngli joyiga tushmoq-yuragiga ғulғula tushmoq kabi. Polisemiya: o‘ziga kelmoq, xushiga kelmoq; qo‘lga tushmoq-asr tushmoq kabi.

Frazeologizmlar semantik tomondan umumlashgan ko‘chma ma`no ifodalasa, grammatik tomondan ularning butunligi komponentlarning o‘zaro birikuvi va gapda ham shu tartibni saqlab qolish uchun izohlanadi.



Onomastika atoqli otlarni o‘rganadigan fan bo‘lib, antroponimika (odamlarning ismini ilmiy jihatdan o‘rganadi), toponimika (geografik nomlarni o‘rganadi), etnonimika (millatlarning nomlarini o‘rganadi)dan tarkib topadi.

Terminologiya. Tilda shunday so‘zlar borki, ular fan, texnika, adabiyot, san`at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma`noda ishlatiladi. Bunday so‘zlar terminlar deb ataladi. Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb yuritiladi. Mas., tilshunoslik fani o‘z terminlariga ega: unli, undosh...

Terminlarning ko‘p ma`noda ishlatilishi fan uchun ijobiy xususiyat sanalmaydi. CHunki bir terminning turli fanlarda har xil ma`nolarda qo‘llanishi ba`zan noaniqliklarga olib kelishi mumkin.

Terminlarning asosiy (ma`nolari) belgilari ularning bir ma`noliligi (monosemantik ekanligi), neytral, alohida emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega emasligi, biror fan va texnika sohasiga tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Ba`zan terminlar badiiy asarlarda stilistik talabga ko‘ra ishlatilishi mumkin.

Termin uchun kontekstning bo‘lishi shart emas.

Har bir fanning o‘z terminlar tizimi mavjud.

Terminlar bir-ikki so‘zdan va so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin.

Kelib chiqishi jihatdan terminlar har bir tilning ichki resurslariga xos va boshqa tillardan o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. Ichki resurslarga misol: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol.

O‘zbek tilida chet tillardan o‘zlashgan terminlar juda ko‘p. Mas., meditsina, biologiya, ximiya, fizika... sohalarida.

Ko‘pgina terminlar ular ifodalaydigan tushuncha va jismning nomi bilan butunlay boғlanmaydi. Mas., gagarinit, iravdit.

Har bir fan va texnika sohasiga tegishli alohida terminologik luғatlar mavjud: tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fan sohalarida. Ular bilan tilshunoslikning leksikografiya sohasida atroflicha tanishiladi.

Tilning hozirgi holati va uning tarixiy bosib o‘tgan yo‘li jihatdan leksikologiya 2 turga: sinxronik (zamonaviy) va diaxronik (tarixiy) leksikologiyaga ajratiladi.

Tilning luғati tasnifiy va qiyosiy o‘rganilishi mumkin. Ayrim olingan tilning luғat boyligini har tomonlama o‘rganish tavsifiy leksikologiya, ikki yoki undan ortiq tillarning luғat boyligini qiyosiy o‘rganish qiyosiy leksikologiya deb yuritiladi.



Grammatik distributsiya deganda bir turkumdagi so‘zning boshqa turkumdagi so‘zlar bilan birika olishi tushuniladi. Leksik-semantik distributsiyada so‘z ma`nolarining bir-biriga mos kelish-kelmasligi tushuniladi.
So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni. «So‘z fonetik jihatdan shakllangan bir butunlikdir: fonema va morfemalar so‘zning asosiy birliklari, so‘zlar mustaqil birlik bo‘lib, o‘z urғusiga ega. Urғu so‘zning fonetik jihatdan butunligini ta`minlab, undagi tovushlarni birlashtiradi va shu bilan birga, nutq jarayonida bir so‘zni ikkinchi so‘zdan farqlash uchun xizmat qiladi. So‘zning butunligini ko‘rsatuvchi bir dalil pauzadir», - deydi M. Irisqulov.

Nazarimizda, bu ta`rif birmuncha tarqoqdir. CHunki ta`rifda so‘zning barcha muhim tomonlari o‘z ifodasini topishi kerak. SHu ma`noda so‘zni quyidagicha izohlash mumkin:

So‘z borliqdagi hodisa va narsalarning ma`nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakllangan va jamiyat a`zolari tomonidan bir xil tushuniladigan, tovush shaklida ifodalangan mustaqil va markaziy til birligidir.

Til qurilishida so‘z alohida o‘rin egallaydi. SHuning uchun ham u faqat leksikologiya va semasiologiyada emas, balki boshqa sohalarda ham ilmiy tadqiq etiladi.

So‘zning grammatik jihatini olib qaraylik. Tilning eng kichik ma`noli birligi hisoblangan morfema oraliғida so‘zning ma`noli qismlari: o‘zak, suffiks va hokazolar qaralsa, mustaqil so‘z formasidagi gaplar (masalan, nominativ gaplar: qish, sovuq, qoronғi kabi) sintaktik jihatdan alohida gap turlari sifatida izohlanadi.

Ko‘rinadiki, so‘z qurilishi va semantik jihatdan ma`noli qismlarga bo‘linish xususiyatiga ega. Bir morfemali va ko‘p morfemali so‘zlarning o‘zagi mustaqil ma`noga ega bo‘ladi. Demak, so‘z mustaqil ma`noga ega bo‘lgan birlikdir.

Demak, so‘z shakli (tovush shakli) va mazmun birligiga ega bo‘lib, semantik va grammatik yaxlitlikni o‘zida mujassamlashtiruvchi birlikdir. U til qurilishida shakl va ma`no jihati bilan to‘rt bosqichda ilmiy tahlil etiladi:

a) fonologik jihatdan so‘zning fonemalar tarkibi va uning aktsent (urғu) qurilishi o‘rganiladi;

b) morfologik jihatdan so‘zning morfemik tuzilishi ilmiy tahlil qilinadi;

v) leksik jihatdan so‘zning atama birlik ekanligi, ya`ni nom qo‘yish bilan boғliq tomoni qaraladi;

g) semantik jihatdan so‘zning turli ma`no tomoni tadqiq etiladi.

Ko‘rinadiki, so‘z til qurilishining barcha sohalari bilan boғliq.

So‘zning fonetik qurilishi haqida oldingi darslarda bahs yuritganmiz.

Xo‘sh, uni morfologik jihatdan o‘rganish nima uchun kerak?

So‘zlar alohida olinganda ma`lum bir ma`noni anglatishga xizmat qilsa-da, keng ma`nodagi fikrni ifodalay olmasligi mumkin. Ana shunday paytda, garchi so‘zga ikkilamchi bo‘lsa-da, grammatik vositalarga ehtiyoj tuғiladi. Ular so‘zlarni boғlashga, ularning shaklini o‘zgartirishga, binobarin ma`noning o‘zgarishiga ham xizmat qiladi.

SHu nuqtai nazardan so‘z ham, gap ham qurilmadir. Ular ma`lum tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.

Bir qarashda betartibdek tuyulgan so‘zlar aslida o‘zlarining leksik va grammatik xususiyatlariga ko‘ra turli so‘z turkumlariga ajratiladi.

Leksik xususiyati deganda uning ma`nosi negiz yasovchi elementi nazarda tutiladi. Grammatik xususiyati esa so‘zning grammatik shakli, ya`ni qanday grammatik qo‘shimchalar olishi, gapda qanday gap bo‘lagi bo‘la olishi va nihoyat so‘zlarning bir-biri bilan birika olishi kabilar hisobga olinadi.

So‘zning boshqa so‘zlar bilan birikishi, ya`ni distributsiyasi so‘zlarning grammatik va leksik-grammatik nuqtai nazaridan qaralishi kerak.
So‘zning tovush va ma`no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi. So‘zni tashkil etuvchi tovushlar predmetning qiyofasi bo‘lmay, uning ishorasidir. Narsa ishorasi bo‘lmish so‘zning tovushlar yiғindisi - shartli va ixtiyoriy emas. Unga odamlar tashqaridan o‘z hohish irodalariga qarab ta`sir o‘tkaza olmaydilar.

B.A.Golovinning ushbu gapi diqqatga sazovordir: «Kishilarnig ongida ham so‘zning, ham narsaning fizik va moddiy tuzilishi aks etadi. Demak, narsa bilan so‘zning qiyofasi bizning ongimizda birlashib bir butunlikni tashkil etadi».

So‘zning fizik qiyofasi bilan u anglatgan narsaning fizik qiyofasi o‘rtasidagi boғlanish birligini ma`no deb ataymiz.

Demak, ma`no borliqdagi predmetni aks ettiradi, so‘zning moddiy tomoni esa predmetning ishorasi bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi zamon tilshunosligida so‘zning ma`nosini signifikat atamasi bilan so‘z anglatayotgan hodisani esa denotat atamasi orqali ifodalanadi.

SHunday qilib, so‘zlar bir-biri bilan boғlangan uch jihat: shakl, narsa (hodisa) va mazmundan tashkil topadi.

So‘z va u atagan narsa o‘rtasida bevosita boғlanish yo‘q. Hozirgi zamon fanining xulosasi shu. Qadimgi YUnonistondagi oqimlar - anologistlar bor degan, anomalistlar - yo‘q degan.

So‘z va tushuncha. So‘zning leksik -semantik xususiyatlari uning leksik, grammatik va semantik jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.

YUqorida ta`kidlanganidek, qadimiy tilshunoslikda so‘z va nom o‘rtasida moslik bor deb qarash ham mavjud edi.

So‘zning aytilishi bilan predmet yoki hodisa o‘rtasidagi boғlanish uning ma`nosini yuzaga chiqaradi.

So‘zlar aslida turli struktural ko‘rinishlarga egadir. SHu tufayli so‘zning predmet va tushuncha bilan boғlanishini shartli ravishda qaramoq zarur. CHunki barcha so‘zlar ham predmet, hodisa yoki belgining nomini atamaydi, ya`ni hamma so‘zlar nominativ funktsiyaga ega emas. (So‘z turkumlari bo‘yicha qaraganda ma`lum bo‘ladi).

So‘z ma`lum nutq vaziyatida yoki matnda o‘zining konkret shakliga ega bo‘ladi.

So‘z biror tushuncha, predmet, hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so‘z tushuncha va predmetning aynan o‘ziga hech to‘ғri kelmaydi.

Ayrim olingan so‘zga tegishli bo‘lib, boshqa so‘zlardan farqlay oluvchi ma`no shu so‘zning leksik ma`nosi deyiladi. O‘z leksik ma`nosidan tashqari predmetlik va harakat ma`nolarini ifoda qilinishi grammatik ma`nosidir. Grammatik ma`no so‘zning leksik ma`nosiga orttirilgan qo‘shimcha ma`nodir.

Barcha so‘zlar o‘z aytilishi, ya`ni tovushlar birikmasi yoki bir tovushdan iborat bo‘lgan material tomoniga ega. So‘zning material tomoni u ifoda etgan predmetning belgisi deb qaraladi. Til esa ana shunday belgilarning alohida tizimidir.

Tilning mazmun planida so‘zning asosiy ma`nosi semema termini bilan ataladi, ifoda planida esa leksema deb yuritiladi. Masalan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so‘zlari turli leksemalar bo‘lib, «harakat qilmoq»ni ko‘rsatuvchi bir sememaga birlashadi. Ammo bu so‘zlarning har biri alohida semasiga ega. Semalar bir so‘zning ma`nosini boshqa so‘zlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Semalar predmet va hodisalarga tegishli bo‘lgan ichki va tashqi belgilar yordamida aniqlanadi va ular nutq jarayonida oydinlashadi.

Semasiologiya – so‘z va iboralarning ma`nolarini o‘rganuvchi soha. So‘zning semantik qurilishi shu so‘zga xos ma`no (ma`nolar va qo‘shimcha stilistik ma`nolar)dan iborat bo‘ladi.

YUqorida qayd qilganimizdek, so‘zning semantik qurilishi va u bilan boғliq hodisalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi.

Har qanday so‘z shakl va ma`no butunligiga egadir: uy, daraxt, suv, havo va h.

Tildagi barcha so‘zlar ma`noli bo‘lsa-da, lekin ular ma`noning eng umumiy xususiyatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi. Masalan, tildagi so‘zlarning asosiy qismi ob`ektiv borliqdagi narsa, belgi yoki harakat haqidagi tushunchani bildiradi: paxta, tuproq, oq, ushlamoq kabi.

Boshqa so‘zlar esa, ya`ni yordamchi so‘zlar (bilan, uchun, va, agar), shuningdek, undov va taqlid so‘zlar (eh, ura, lip-lip) tushuncha ifodalamaydi. Tushuncha ifodalaydigan so‘zlargina leksik ma`noga ega bo‘ladi.

YUqorida ta`kidlaganimizdek, so‘zning ob`ektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma`lumot leksik ma`no deyiladi.

Leksik ma`noli so‘zlar narsa, belgi yoki harakatning konkret (aynan) o‘zini emas, balki ular haqidagi tushunchani ifodalaydi.Tushuncha esa narsa, belgi, harakat kabilarning kishi ongidagi in`ekosidir.

So‘zlar leksik va grammatik ma`nolaridagi umumiylik va o‘xshashlik alomatlari bilan ma`lum tipga bo‘linadi. Masalan, qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlar, xursandchilik va xafachilikni bildiruvchi so‘zlar, turli hissiyot va boshqalarga tegishli so‘zlar alohida leksik-semantik guruhlarni tashkil etadi. Ularni tadqiq etishda «semantik yoki tushuncha maydoni» nazariyasidan, kontekstdan va leksemalarning birikuvidan (bu ko‘pincha «valentlik»deyiladi) foydalaniladi.

Har bir leksik ma`no muayyan bir so‘zga tegishli bo‘ladi. O‘zi anglatgan narsaga nisbatan olingan leksik ma`no umumlashtirish xususiyatigi egadir. Bu xususiyat luғaviy ma`no deyiladi.

So‘zlarning umumlashgan yoki konkret ma`nolari kontekst yordamida aniqlanadi.

So‘zning semantik qurilishidagi qo‘shimcha ottenkalar emotsional-ekspressiv bo‘yoq va stilistik belgidir.

Emotsional–ekspressiv ottenka so‘zning leksik ma`noga qo‘shimcha tarzda sub`ektning his-tuyғusi, kayfiyati va shu kabi turli munosabatlarni ifodalash xususiyatidir.

Leksik ma`no so‘zning semantik qurilishida albatta bo‘ladi. emotsional-ekspressiv ma`no so‘zning qurilishida bo‘lishi ham bo‘lmasligi ham mumkin: novcha, naynov.



Stilistik belgi ham semantik strukturada albatta bo‘ladigan komponent emas: ozod, hur, sarbast.
So‘z va uning ma`nosi. So‘zlarning tildagi ma`nosi ularning nutqdagi ma`nosidan farq qilishi mumkin. So‘zlarning tildagi ma`nosi doimiy barqaror bo‘lsa, nutqdagi ma`nosi o‘zgaruvchan, barqaror mavzu bilan uzviy boғlangan bo‘ladi.

Leksik ma`noni narsa va hodisalar munosabatiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. Atash ma`nosi.

2. Ko‘rsatish ma`nosi .

3. To‘ғri ma`no.

4. Ko‘chma ma`no (istiora-metafora, metonimiya, snekdoxa).

Ko‘rinadiki, so‘zlarni to‘ғri (asosiy) va ko‘chma ma`noda ishlatish mumkin bo‘ladi. So‘zning asosiy (to‘ғri) ma`nosi bevosita shu so‘zning atama vazifasi bilan boғliq bo‘ladi: tulki. So‘zning o‘zi ifoda etayotgan predmet yoki tushuncha bilan boғlanmay, shu narsaning biror belgisi yoki holati bilan boshqa narsaning shunday belgisini ifodali qilib ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan ma`nosi ko‘chma ma`no deyiladi: u tulki, erkin xo‘roz.
So‘z ma`nolari o‘rtasidagi munosabatlar. So‘zlar bir yoki birdan ortiq ma`noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma`nolilik hodisasi monosemiya, ko‘p ma`nolilik hodisasi esa polisemiya deb ataladi. Har ikkala hodisa ham so‘zning semantik qurilishiga xos hodisalardir.

Til hodisasi sifatida monosemiyaning emas, balki polesemiyaning o‘rganilishi ko‘proq nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Umumiste`moldagi so‘zlarning asosiy qismi ko‘p ma`nolidir.

Polisemiya deyarli barcha so‘z turkumlariga xos hodisadir: til-yazik, til-dushman asiri, til-dehqonchilik tili – sir.

Ko‘p ma`nolilik (polisemiya) ikki asosiy yo‘l bilan paydo bo‘ladi: 1) so‘zning yangi ma`no (ma`nolar) kasb etishi natijasida; 2) ko‘p ma`noli so‘zdagi yoki ko‘p ma`noli affikslar vositasida so‘z yasalishi natijasida: er-zemlya, er-maydon, er-joy, er-(boshqa erda gaplashaman) o‘rin, vaqt, holat.



Er so‘zi dastlab, xuddi boshqa so‘zlar kabi bir ma`noli bo‘lgan. Uning hozirgi tildagi ma`nolari esa shu so‘z semantik qurilishining taraqqiyoti natijasidir.

Polisemantik so‘z qancha ma`noga ega bo‘lmasin, bu ma`nolar o‘zaro boғlangan bo‘ladi. Xuddi shu xususiyat ko‘p ma`noli so‘zni omonimlardan farqlaydi. Polisemantik so‘z ma`nolari orasidagi aloqa uzilsa (yo‘qolsa), omonim vujudga keladi: gap.

Til taraqqiyoti jarayonida, uning barcha sohalarida va hodisalarida bo‘lgani kabi, so‘zning semantik qurilishida ham o‘zgarish bo‘ladi: a) yangi ma`no paydo bo‘ladi; b) ma`no yo‘qoladi.

So‘z ma`nosining rivojlanishi sifat va miqdor o‘zgarishiga, hattoki tildan umuman tushib qolishiga olib keladi: uchmoq-ko‘z, varrak-samalyot, osh-palov kabi.

So‘zlar bir-biriga o‘xshashligi, yaqinligi va nutq situatsiyasida (kontekstda) ishlatilishiga ko‘ra ma`nolarini o‘zgartirishi mumkin. So‘zning ko‘chma ma`nolarda ishlatilishi barcha tillar uchun xosdir. So‘z ma`nosining ko‘chish usuli to‘rt xil bo‘ladi: metafora, metonimiya, snekdoxa, funktsional ko‘chish (pero-ғoz pati-po‘lat qalam).

Til tarkibidagi leksik ma`nolar doimo o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ayrim so‘zlar anglatgan ma`nolariga ko‘ra bir-biriga yaqin, boshqalari esa bir-birini inkor etadi, qarama-qarshi ma`no anglatadi. Bu nuqtai nazardan sinonim va antonim so‘zlar farqlanadi. So‘zlar shakl nuqtai nazardan ham ma`lum munosabatda bo‘ladi.

SHundan kelib chiqib, til birliklarining quyidagi tiplari mavjud: a) omonimlar; b) sinonimlar; v) antonimlar. Bulardan tashqari omofonlar, omograflar, paronimlar singari so‘z tiplari ham mavjudki, ular bilan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili»ning «Leksikologiya» bo‘limida batafsil tanishiladi.
Omonimlar va ularning turlari. Talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma`nosi bir-biridan tubdan farq qiluvchi so‘zlar: kuya, sir, chang, boғ, tortmoq, yozmoq, chopmoq.

Ularga grammatik shakllar - qo‘shimchalar qo‘shilganda ham omonimlik xususiyatlarini saqlab qolishi mumkin: ot-ism, ot-hayvon, yozmoq-pisat’, yozmoq-raskrit, nakrit’ kabi.

Omonimlarni yuzaga keltiruvchi vositalar: a) har xil talaffuzli, fonetik qurilishi farqli bo‘lgan so‘zlarning bir xil talaffuz etiladigan bo‘lib qolishi: ot, o‘t (shevada ular omonim hisoblanmaydi). b) so‘zlarning semantik taraqqiyoti: dam-nafas, hordiq, bosqon. v) so‘zlarning talaffuz jihatdan tasodifan mos kelib qolishi: bank /banka.
Sinonimlar va ularning tiplari. Fonetik qurilishi (shakli) har xil, ma`nosi esa bir xil bo‘lgan so‘zlardir: aylanmoq-kezmoq-sayr qilmoq, pedogok-muallim.

Bir umumiy (birlashtiruvchi) ma`nosi bilan o‘zaro boғlanuvchi so‘zlar guruhi sinonimik qator deyiladi.

Ko‘p ma`noli so‘zlar har bir ma`nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda bo‘lishi mumkin: bitirmoq.

1) bitirmoq-tugatmoq-tugallamoq, tamomlamoq;

2) bitirmoq-bajarmoq-ado etmoq-o‘rinlatmoq;

3) bitirmoq-tamomlamoq-tamom qilmoq-son qilmoq-sonlamoq-af qilmoq-yo‘qotmoq-yo‘q qilmoq.

Sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlar qaysidir jihatlari bilan bir-biridan farqlangani uchun tilda alohida leksik birlik sifatida yashash imkoniyatiga ega.

Sinonimik qatordagi so‘zlar asosan quyidagi hodisalar nuqtai nazaridan o‘zaro farqlanadilar:

1. emotsional-ekspressiv nuqtai nazaridan: xunuk-badbashara

2. Uslubda farqlanadi:odam-kishi-inson

3. Sinonimik qatordagi so‘zlar hozirgi adabiy tilga munosabati nuqtai nazaridan o‘zaro farqlanishi mumkin: o‘qituvchi- domla-afandi.

4. Sinonimik qatordagi so‘zlar ma`noni qaydarajada ifodalashi jihatdan ham o‘zaro farqlanadi: qiziq-ғalati-antiqa-ajayib-alomat. Neytral: qiziq. Kuchli: ajoyib, alomat, antiqa. YAxshi, durust, tuzuk (kuchsiz)

Paydo bo‘lishi:

1. So‘z o‘zlashtirish orqali

2. YAngi ma`noli so‘zlar: vazifa-topshiriq
Antonimlar. Birdan ortiq so‘zning o‘zaro antonimik munosabati ma`nodagi zidlikka asoslanar ekan, ko‘p ma`noli so‘z har bir ma`nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin: qattiq-yumshaq; qattiq-saxiy.

Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa sinonim so‘zlar bilan antonimik munosabat hosil qiladi.



Xafa-xursand-xushvaqt-xurram-xushnud. CHiroyli-go‘zal-xusndor-xusnli-xushro‘y-ko‘xli-ko‘rkam-barno-suluv-zebo-latofatli-sohibjamol; xunuk-badbashara-badburush-badqavoq-tasqara-bedavo-ta`vibeo‘xshov-beso‘naqay-sovuq-badsurat.

Antonimlar bir turkumga oid so‘zlar bilan cheklanadi.

Omofon: tub-tun, yod-yot, mard-mart.

Omograf: tol-daraxt; tol-qurilish materiali; tok-uzum. tok-elektr toki.

Paronim: fakt-pakt; afzal-abzal; amr-amir.
Tabu va evfemizmlar. Tabu so‘zi polineziya tilidan (Tinch okeanida yashovchi ko‘chmanchi elatlar tili) olingan bo‘lib, shaxsiy va diniy odatlar jihatdan biror narsani man etish demakdir.

O‘tmishda biron kishi o‘lganda marhumning nomini aytish man etilgan. Tabu etnik tushuncha bo‘lib, qandaydir predmetning, harakatning nomini aytishni man qilishdir. Bunday odatning tilga tadbiq etilishi bilan lingvistik tabu yuzaga kelgan. Mas., ilon-qamchi dasta.

Odam nutq faoliyatida nutqiy normalarga rioya qilishi lozim. Ahloqiy va madaniy jihatdan qo‘llanishi taqiqlangan yoki noqulay deb topilgan so‘zlar o‘rniga boshqa so‘z va iboralarning qo‘llanishi evfimizmlar (grekcha eupphemco-«yaxshi», «mayin gapiraman» ma`nosida) deb ataladi. Mas., o‘lmoq.

Evfimizmlarning ma`lum qismi tabu bilan boғliq bo‘ladi. evfimizmlarning ko‘pchilik qismi ahloqiy va madaniy jihatdan aytilishi noqulay deb topilgan so‘zlar o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z va iboralardir. Mas., qizamiq-oymoma, chechakgul; sil-uzun oғriq.

Ba`zi olmoshlar ham evfimizm sifatida qo‘llaniladi: u qilding, bu qilding ishni rasvo qilding.

Tabu va evfimizmlardan adabiy va badiiy asarlarda muhim tasviriy vosita sifatida foydalaniladi.





Aim.uz


Yüklə 57,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə