Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə12/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

O‘rganilmagan tillarni o‘rganish jarayoni. Bu omilning mohiyati shundaki, o‘rganilmagan tillar ya’ni, yozuvi bo‘lmagan, ma’lum xalqlarning tillari o‘rganilgan tillarning sistemalariga qiyoslab o‘rganiladi.
Tarjima fanining rivojlanishi. Qiyosiy tipologiya fanining paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan omillardan biri tarjima tilning sistemasini o‘rganish bo‘ldi. Keyinchalik, tarjima jarayonida ikki tilning sistemasini qiyosiy o‘rganish bu fannining rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Lug‘atlar tuzish jarayoni. Ikki tilli lug‘atlar (tarjima va manba tillar)ning tuzilishi ushbu fanning paydo bo‘lishini taqozo etdi.
Yangi universal metodlarning yaratilishi. Bu omil qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar sistemalarini o‘rganish, ularning farqli va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi.
Chet el tillarini amaliy o‘rganish. Xorijiy tilni o‘qitish jarayonida chet til va ona til sistemasi taqqoslanadi, ayni vaqtda ushbu taqqoslash til o‘qitish metodi sifatida qaraladi.
Tillarni nazariy o‘rganish. Turli tillar sistemalarini nazariy o‘rganish turli lingvistik masalalar (lingvistik, ekstralingvistik kategoriyalar, til va tafakkur munosabatlari, lingvistik ehtimollik)ni hal etish imkonini berdi bu esa qiyosiy tipologiya fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishini yanada kuchaytirdi.
Demak, ta’kidlash joizki, yuqoridagi omillar qiyosiyy tipologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida asosiy ahamiyat kasb etdi. Qiyosiy tipologiya ba’zi lingvistik fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda qiyosiy tipologiya o‘z yotuqlari bilan mazkur fanlarning taraqqiyotiga sezilarli ta’sir etadi. Bu fanlarning o‘zaro bog‘liqligini quyida ko‘rishimiz mumkin.
Qiyosiy tipologiya va tarjima. Bu ikki fan quyidagi umumiy vazifani bajarish nuqtasida kesishadi: ikki yoki undan ortiq tillar sistemasidagi o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash. Ya’ni, o‘rganilayotgan (chog‘ishtirilayotgan yoki tarjima jarayoni amalga oshirilayotgan) tillar sistemasidagi o‘ziga xoslik va o‘xshashlik qonuniyatlari har ikkala fan uchun ham qiziq. Shuningdek, bu ikki fanning tadqiqot metodlari va predmetlari ham o‘xshatiladi. O‘zbek tilshunos olimi J.B.Bo‘ronov mazkur ikki fanning o‘rtasidagi o‘xshashliklarni quyidagicha bayon etadi (Bo‘ronov, 1973, b. 237-38):

  1. qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi umumiy mazmun planining tarkibiy qismiga asoslanadi;

  2. qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi bajaradigan ish jarayoni o‘xshashdir, ya’ni abstraktlash (mavhumlash)dan korrespondentsiyalash (muvofiqlashuv)ga yoki analizdan sintezga o‘tadi;

  3. qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi ikki yoki undan ortiq til sistemalari yaruslararo birliklarining natijalariga asoslanib ish ko‘radi;

  4. tarjima nazariyasi va qiyosiy tipologiya qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar sistemalarini universal ravishda tadqiq qiladi.

Qiyosiy tipologiya va til o‘qitish metodikasi. J.B.Bo‘ronovning fikricha, turli tillar sistemvsini qiyoslab o‘rganish ham nazariy ham amaliy (metodik) nuqtai nazardan ahamiyatli hisoblanadi. Bunda qiyoslashning nazariy ahamiyati sifatida “har bir qiyoslanayotgan til sistemasining tipologik tahlili, struktural xusuisyati, asosiy sistema birliklarini ifoda va mazmun planida taksonomik xususiyatlarini aniqlash, har bir yarusni inventarizatsiya qilish hamda morfemalarga ajralishi bilan tanishtirish” masalalari qayd etilsa, amaliyotdagi o‘rni “qiyoslashdan olingan natijalarni o‘qitish jarayonida tatbiq qilinishi” bilan belgilanadi (Bo‘ronov, 1973, b. 257).
Ma’lumki, qiyosiy tipologiya turli tillar sistemasini ularning genetik munosabatlaridan qat’i nazar o‘rganadi. Ya’ni, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar sistemasining xususiyatlarini qiyosiy tadqiq etadi. Natijada, turli til sistemalari birliklarining adekvat va adekvatsizlik qonuniyatlarini aniqlaydi. Va bunday qonuniyatlar til o‘qitish metodikasi tomonidan foydalaniladi. Bunda til o‘qituvchisi o‘rganilayotgan chet tili birliklarini ona tili sistemasidagi birliklar bilan qiyoslab o‘rgatadi. Zaruriy o‘rinlarda interferentsiya va transpozitsiya (fasilitatsiya) masalalaridan unumli foydalanadi. Interferentsiya – chet til o‘qitish va o‘rganish jarayonida bir

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə