Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə2/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Fan sohasida qo‘llaniladigan bilishning vosita va amallari umumlashmasi ilmiy tadqiqotlar metodini tashkil qiladi. Tadqiqot metodi, albatta, o‘rganish uchun tanlangan ob’ektga monand tarzda turli xil bo‘lishi mumkin. Shuning bilan birgalikda, tadqiq metodining tanlanishi tadqiqotchining borliqqa (ob’ektga) bo‘lgan munosabati bilan ham belgilanadi. Keyingisi alohida e’tiborga loyiq, chunki ilmiy tadqiqot yoki ilmiy tafakkur metodologiyasini belgilaydi.
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning yig‘indisi esa ushbu fanning tadqikot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy metodologiyaning ma’lum bir pog‘onasi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy jihatdan asoslash lozim.
Metodologiya inson bilish faoliyatining vositalari, maqsadi va nazariy asosini aniqlab beradi. Metodologiya doirasida tadqiqotchi voqelikdagi turli hodisalarni tahlil qilish tamoyillarini tanlaydi, tadqiqot jarayonida erishilgan natijalarni o‘rganish va baholash usullaridan foydalanadi.
«Falsafa» qomusiy lug‘atida metodologiya tushunchasi ikki yo‘nalishda ta’riflanadi:



  1. Biror fanda tadbiq etiladigan tadqiqot usullarining majmui;




  1. Ilmiy bilish va dunyoni o‘zgartirish metodi haqidagi ta’limot. N.Shermuhamedova aytganidek, «Fan metodologiyasi samarali bilish faoliyatining umumiy tamoyillarinigina belgilab berishga qodir, ammo u tadqiq qilinayotgan ob’ektni bilishning muayyan yo‘llarini belgilab bera olmaydi». Har bir ob’ekt tadqiqi alohida yondashuvni, maxsus usul va vositalar majmuasidan foydalanishni talab qiladi. Shu sababli metodologiyani tahlil tamoyillari va metodlari tizimi haqidagi ta’limot sifatida ta’riflash ma’qulroq. Uning doirasida ilmiy izlanish va bilim olishning nazariy asosi, umumiy yondashuv tamoyillari belgilanadi.


  1. Metodologiyaning muhim vazifalari.



Metodologiyaning muhim vazifalaridan biri bilim manbaini aniqlashdir. Ushbu masalaning echimini falsafadan izlamoq darkor, zero, falsafiy nuqtai nazaridan har qanday bilim manbai ob’ektiv voqelik va uning inson ongidagi aksidir.
Borliqning inson ongidagi aksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita («ko‘zgudek toza») bo‘lishi mumkin emas. Bu aks bilish sub’ektining ob’ektga munosabati ta’sirida bo‘ladi, ammo ushbu ta’sir doirasi inson imkoniyatlariga bog‘liq, ma’lum chegarada kechadi.
Gnoseologiyada hissiy bilish jarayonida yuzaga keladigan obraz va bilish ob’ekti o‘rtasidagi munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratiladi: «Hissiy bilish shakllari to‘g‘risida tashqi dunyo
obrazlari sifatida gapirilganda, «obraz»ga, ob’ektga moslik xos emas, balki ob’ektga uning muvofiqligi xos ekanligini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. «Obraz» – oynadagi nusxa emas, lekin «belgi» ham emas, balki narsaga xos in’ikosdir».
Borliqning inson tomonidan idrok etilishi, bu idrok sezgi organlari yoki biror bir asbob vositasida bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo sub’ektivdir. Lekin bu bilan voqelik to‘g‘risida ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘lish mumkin emas, biz bilayotganimiz voqelik bo‘lmasdan, faqatgina his-tuyg‘u, sezish natijasidir degan xulosaga kelish noto‘g‘ridir.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə