Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə5/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Mavhumlashtirish kuzatish natijalariga asoslanadi va ushbu natijalarni aniq bir yondashuv asosida umumlashtirishdan iboratdir.
Predmet va hodisalarning botiniy (bevosita kuzatuvdan yashirin holdagi) xususiyatlarini bilish uchun shakllantiriladigan «nomoddiy» mavhum ob’ektlarni konstrukt deb atashadi.
Konstrukt nazariy bilim va voqelik o‘rtasida vositachilik vazifasini o‘taydi. Nazariy bilim voqelikni konstrukt doirasida in’ikos ettiradi va bunday in’ikos bevosita tajribaviy in’ikosga nisbatan to‘liqroq bo‘ladi. Ushbu in’ikosning haqiqatga qay darajada mosligi esa, dastlabki o‘rinda nazariy xulosaning mantiqan asoslanganligi bilan bog‘liq va nihoyat, u tajribada sinovdan o‘tib, o‘z tasdig‘ini topadi.
O‘rganilayotgan ob’ektning ideallashtirilishi uni o‘rganish sharoiti, muhiti bilan bog‘liq holda kechadi. Ammo ushbu sharoitni doimo real yaratish imkoni bo‘lmaydi, ana shunday hollarda tadqiqotchi fikriy tajriba amaliga murojaat qiladi. Bunday tajribaning mohiyati shundaki, biz ob’ektni faqatgina fikran tasavvur etilayotgan ideal sharoitda ko‘rishga harakat qilamiz.
Umuman olganda, fikran tajriba «shunday bo‘lsa nima bo‘lar edi...» qabilidagi tafakkur harakatlarining barchasida sodir bo‘ladigan hodisadir va u tilshunoslikda keng qo‘llaniladi. Bunday holda tadqiqotchi, agar u tadqiq qilinayotgan tilni etarli darajada yaxshi bilsa, bevosita nutqiy muloqot jarayoni matnlaridan material yig‘ib o‘tirmasdan, fikran tajriba o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu tajriba jarayonida til birliklarini (so‘z, grammatik shakllar va boshqalar) fikran muayyan nutq vaziyatlarida qo‘llanishini tekshirib ko‘radi va shu asosda tadqiq qilinayotgan tilning ichki tuzilishi haqida to‘liq ma’lumot yig‘ish imkoni vujudga keladi.
Kuzatiladigan ob’ektlarni ilmiy bilishning bevosita uslublaridan yana biri modellashtirishdir. Modellashtirish (qoliplashtirish) ehtimolli tenglashtirish (approksimatsiya) amalining bir turidir. Bunda biror bir qiymat boshqa oddiyroq, ko‘proq ma’lum bo‘lgan qiymatga tenglashtirilgan
holda ifodalanadi.


Odatda, modellashtirish amaliga biror bir ob’ektni bevosita tadqiq qilish yoki uni tasavvur etish qiyinlashsa (chunki uning ayrim xususiyatlari o‘ta yashirin holda mavjud bo‘ladi) murojaat qilinadi. Bunday holda ob’ektning o‘rniga uning modeli, ya’ni soddalashtirilgan ramzi o‘rganiladi.
Modellardan bilish faoliyatida foydalanish mantiqiy o‘xshatish amali bo‘lib, uning vositasida bir predmetning xususiyatlari, munosabatlarini bilish «ushbu predmetning boshqa predmetlar bilan o‘xshashligi mavjudligini bilish bilan bog‘liqdir».
Modellashtirish turli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: moddiy, fizik, matematik, mantiqiy va hokazo. Bu modellar tuzilishida model va asliyatning o‘xshashligi, teng tomonlari inobatga olinadi.
Savollar:



  1. Tahlil metodi bu nima?




  1. Metodika va metodologiya tushunchalarining o‘zaro farqi nimadan iborat?




  1. Metodologiyaning muhim vazifalariga nimalar kiradi?




  1. Bilishning asosiy vositalarini sanab bering.




  1. Kuzatish bu nima?




  1. Tajriba-sinov metodi nima maqsadda qo‘llaniladi?





  1. Yüklə 125,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə