Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə54/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Matn va diskurs tushunchalari va ularning o‘zaro farqlari.



Tilshunoslikning matn lingvistikasi va diskurs tahlil kabi yo‘nalishlarida ma’lum til birliklari o‘rganish ob’ekti sifatida tadqiqot maydoniga olib chiqilar ekan, ob’ektning mohiyatini ishonarli va muvaffaqiyatli yoritishda tadqiqotchidan munosib tadqiqot usulini tanlash va undan samarali foydalanish zarurati talab etiladi.
Avvalambor, matn va diskurs tushunchalarini o‘zaro farqlash lozim. Mazkur ikki tushuncha qator olimlar tomonidan ta’riflangan va o‘zaro farqlari tushuntirilgan. Ba’zi manbalarda matn asosan yozma nutq, diskurs esa og‘zaki nutq shakli sifatida ta’riflansa-da, ularning farqini to‘la ochib berishda ushbu fikr etarli emas, albatta. Ilmiy adabiyotlarda ularning farqi atroflicha yoritilgan.
Matnga berilgan umumiy ta’riflardan biri shuki, u kommunikativ nutqning har qanday ko‘rinishi hisoblanadi va hajm jihatdan ancha yirik bo‘ladi. O‘zbek tilshunos olimasi D.Xudoyberganova o‘z ishida matnga jahon ilmiy hamjamiyatida quyidagicha ta’rif berilayotganini qayd etadi: matn faqat til tizimi unsurlarining nutqqa ko‘chirilishi jarayoni mahsuli sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan muloqot shakli, o‘zida muayyan intellekt egasining bilimlarini, lisoniy tafakkurini aks ettiruvchi mental qurilma. D.U. Ashurova va M.R. Galievalarning ta’kidlashicha, matn, avvalambor, uni tadqiq etish maqsadi va yo‘nalishidan kelib chiqib ta’riflanishi zarur, zero, matn mohiyatiga ko‘ra juda murakkab va ko‘p aspektli hodisadir. Ularning fikricha, matnning asosiy xususiyatlari quyidagicha: formal bog‘liqlik, semantik bog‘liqlik, axborotga boylik, intentsionallik (kommunikativ maqsad va pragmatik intentsiya), situatsionallik, tekstual modallik.
S. Ticher va boshq. e’tirof etishicha, diskurs og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanilgan til bo‘lib, ijtimoiy faoliyatning bir shaklidir. Ishtimoiy faoliyat sifatida u ma’lum ijtimoiy tuzilma, institut, voqea-hodisa yoki vaziyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni voqelantiradi. Diskurs ma’lum ijtimoiy qatlam, ularning o‘ziga xosligini, ijtimoiy holat va bilimlar ob’ektini shakllantiradi. Muxtasar qilib aytganda, diskurs ma’lum real voqelikni gavdalantiradi.
Demak, ta’kidlash joizki, matn va diskurs o‘zaro farqli tushunchalar bo‘lib, o‘z xususiyatlariga ega. Har ikkisi ham, og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin, ikkisi ham nutq ko‘rinishi, ammo qayd etish joizki, matn kommunikativ nutqning har qanday ko‘rinishiga ishora qilsa, diskurs kommunikativ nutqning ishtimoiy xoslangan shakli bo‘lib, harakatdagi matn, faoliyatdagi yoki amaliyotdagi matnga ishora qiladi. Matn tahlili uning mohiyatini yoritish imkonini beradi. Bunda tahlilga tortilgan til birligining mohiyatini atroflicha yoritish va izohlashda tahlil usullaridan
samarali foydalanish zarur. Matn tahlilini amalga oshirish uchun qator tadqiqot usullari mavjud bo‘lib, ular matn turi, tahlil etilayotgan til birligining xususiyati, tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib tanlanadi.

  1. Matn tahlili metodlari.



Matn tilning sintaktik birligi sifatida o‘z tahlil metodlariga ega. Ya’ni, tahlil metodlari tadqiq etilayotgan til birligining mohiyatini yoritishda mazkur birlikning xususiyatidan kelib chiqib tanlanadi. D.U. Ashurova va M.R. Galievalarning e’tirof etishicha, tadqiqot usullaridan quyidagilar matn tahlili uchun samarali qo‘llanishi mumkin: lingvistik kompensatsiya, komponent tahlil, assotsiativ maydon usuli, stilistik eksperiment usuli, supraliner tahlil usuli, pragmatik tahlil usuli, kategorizatsiya usuli, modellashtirish usuli, kontseptual tahlil, kontseptologik tahlil, kognitiv-metoforik tahlil, kognitiv modellashtirish (freym tahlil, kognitiv xarita), madaniyatlararo tahlil va korpus tahlil usullari. Ta’kidlash joizki, ushbu tahlil metodlari matn tahlilini amalga oshirishda matnning turi, tabiati va mohiyatiga ko‘ra, turli nuqtai nazardan yondashadi. Shuningdek, O.V. Mitina, A.S. Evdokimenkolar matnni tahlil qilishda quyidagi tadqiqot usullarini sanab o‘tadi: intent-tahlil, kontent-tahlil, fonosemantik tahlil, diskurs tahlil, narrativ tahlili, matnni ekspert baholash, grafematik tahlil, morfologik tahlil, sintaktik tahlil, semantik tahlil.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə