Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə55/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Matn tahlili usullarining rang-barangligi matn tahlili birliklari, ularning o‘zaro munosabatlari, mazkur birliklarning mental va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqligi kabi omillarga bog‘liq. Tahlil birliklari umuman olganda butunning barcha asosiy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, boshqa komponentlarga bo‘linmaydigan birlik hisoblanadi. O.V. Mitina, A.S. Evdokimenkolarning qaydicha, matn tahlilining psixolingvistik birliklari quyidagilar bo‘lishi mumkin: sub’ektning til haqidagi qarashlari, lingvistik qobiliyatning onglilik, motiv va intentsiyadagi aksi va h.k. Demak, matnni tahlil qilishda tahlil birliklari tadqiqot maqsadidan kelib chiqib o‘rganiladi. Bunda psixolingvistik nuqtai nazardan matn tahlili birliklariga misollar yuqoridagicha keltirilishi mumkin.

  1. Matn tahlillarining qo‘llanilish printsiplari.



Intent tahlil. Matnda muallifning intentsiyalari (sub’ektiv munosabati)ni o‘rganish usulidir. Muallif intentsiyasi ushbu tahlil usuli yordamida samarali aniqlanadi. Zero, muallifning individual uslubi va tili uning intentsiyasini aniqlash uchun etarli emas. Ushbu metod o‘zining izchil bosqichlariga ega: muhokama etilgan mavzu va masalalarni tanlash; ob’ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash; tasvir vositalarni mahfiylashtirish; ob’ektlar guruhini baholash; qo‘lga kiritilgan qiymatlarni o‘rta darajaga keltirish; har bir ob’ektning asosiy qiymatini ma’lum parametrlar yordamida aniqlash.
Kontent tahlil. Ushbu tahlil metodi matn kontentini ham sifat ham miqdor nuqtai nazardan tahlil qilish imkonini beradi. So‘zlarning distributsiya chastotasi, so‘z birikmalar distributsiya chastotasi va shu kabi boshqa matn birliklari o‘rganiladi. Kontent tahlilning turli usullari mavjud. PROTAN har qanday matnni tahlil qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan kontent tahlil
tizimi bo‘lib, tadqiqotchiga ikki masalani echish imkonini beradi: matnning strukturasini aniqlash (semantik lug‘atlar yordamida); matndagi asosiy mavzu va g‘oyalarni aniqlash (matn tahlii birliklari o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ma’lumotga asoslangan holda).
S. Ticher va boshq.ning e’tirof etishicha, dastlab, kontent tahlil matn mazmunining komponentlarining tadqiqiga, ya’ni matndagi so‘zlarning nisbiy chastotasini o‘lchashga nisbatan qo‘llangan bo‘lsa-da, hozirda matning sintaktik, semantik va pragmatik aspektining tahlilini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Xususan, qayd etiladiki, kontent tahlil kommunikatsiyaning kontent-axborot qismini ob’ektiv, tizimli va kvantitativ ravishda tahlil qilish usulidir. U ma’lum axborot xususiyatlarini tizimli va ob’ektiv aniqlash orqali xulosalar shakllantirish usulidir.
Fonosemantik tahlil. Ushbu tahlil usuli matn yoki so‘zni uning kontentidan qati nazar, tovush tomonini o‘rganadi. Bunda ma’lum matn yoki so‘zning fonemalar tizimi ularning standartlashgan bahosi bilan qator o‘rinlarda solishtiriladi. Ushbu metodning natijasi standartlashgan semantik maydondagi reyting shkalasining profili bilan belgilanadi. Ammo ushbu metodning natijalari shubhali va ishonchsiz chiqishi ham mumkin. Buning asosiy sababi tahlil birliklari o‘ziga xoslik darajasining nihoyatda yuqori ekanligi bilan izohlanadi.
Vaal fonosemantik tahlil usuli sifatida so‘z yoki matnning kitobxonga fonetik ta’sirini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda psixofiziologik mexanizm shaxs ongiga so‘z yoki matn fonetikasining emotsional ta’sirining asosi hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan, tayyor matnlarni tahlil qilish mumkin bo‘lib, bunda matn muallifining individual va psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoni mavjud.
Diaton fonosemantik tahlilning bir turi bo‘lib, matnning yashirin xususiyatlarini tahlil qilish imkonini beradi: fonosemantik, ritmik va struktural.
Diskurs tahlil. Ushbu tahlil usuli matn yoki boshqa nutqiy tuzilmalarni ma’lum ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar va madaniy-tarixiy sharoitlarda sodir bo‘lgan nutq faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadi. Ushbu metod jamiyat va madaniyat rivojlanishi davrida ma’lum tarixiy davr mobaynida ijtimoiy kommunikatsiya strukturasidagi til tadqiqiga e’tibor qaratadi.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə