Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə58/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Ushbu uslubning tabiiy kuzatish usulidan farqi shuki, bunda tadqiqotchi ob’ektga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, yuqoridagi savollarga javob topish uchun tadqiqotchi sharoitni – eksperiment jarayonini – zaruriy asbob-uskuna yoki jihozlar bilan bevosita nazorat qiladi.
Eksperimental tahlil tilshunoslik sohasida lingvistik ifodalanish (linguistic representations) va lingvistik qayta ishlash (linguistic processing) masalalarini hal etishda qo‘llanilmoqda. Eksperimental tahlil turli ma’lumotlardan birlishtirilgan dalil ta’minlash va chigal yoki murakkab hodisalarni sinash imkoniyatini beradi. U nafaqat lingvistik ifodalanishning mohiyatini ochib berishda, balki bunday ifodalanishlarni so‘zlovchi, tinglovchi va o‘quvchi tomonidan manipulyatsiya qilinganda va foydalanilganda zarur bo‘ladigan hisob-kitoblarni ham ta’minlashda ahamiyatlidir.

  1. Tajriba-sinov ishlarining qo‘yilishi va bosqichlari.



Eksperiment o‘tkazish bosqichlari. Eksperiment bu tadqiqot gipotezasini sinash uchun o‘tkaziladigan jarayon. U quyidagi bosqichlardan iborat: gipotezani shakllantirish; eksperiment loyihasini belgilash; ishtirokchilarni topish va eksperiment o‘tkazish; ma’lumotni tahlil qilish va sharhlash.
Tadqiqot gipotezasini shakllantirish. Bunda tadqiqot savollaridan o‘lchab ko‘rish, sinab ko‘rish yoki baholash mumkin bo‘ladigan tadqiqot gipotezasi shakllantiriladi. Gipoteza ikkita darajada bo‘lishi mumkin: tadqiqot gipotezasi (biz sinashni xohlagan narsa) va eksperiment gipotezasi (biz amalda sinagan narsa). Tadqiqot gipotezasi tadqiqot savoliga nisbatan aniqroq bo‘ladi va asosan ha/yo‘q qabilidagi savol bo‘ladi yoki adabiyotlar tahlilining natijasi bo‘ladi. U ikki va undan ortiq o‘zgaruvchan hodisalar (variables) o‘rtasidagi munosabat sifatida tuziladi. Ushbu munosabat haqida bashoratlar ishlab chiqadi (agar – u holda). U tushuntiruvchi xususiyatga ega bo‘lish kerak va sohta yoki qalbaki xususiyatga ega bo‘lishi ham mumkin. Eksperiment gipotezasi tadqiqot gipotezasini yoki tasdiqlaydi yoki inkor etadi. U o‘lchanadigan yoki baholanadigan o‘zgaruvchan hodisalar yoki o‘zgaruvchilar (variables) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. O‘zgaruvchan hodisalar o‘rtasida sinab ko‘riladigan munosabatlarni aniqlashtiradi.
Masalan, tadqiqotchi ikkita son so‘z turkumining semantikasini o‘rganar ekan, bunda bittasining sematikasi ikkinchisiga qaraganda ancha murakkab tuzilishga ega. Bu gipoteza hisoblanadi. Buni tadqiq etish uchun dastlab tobe va mustaqil o‘zgaruvchilarni aniqlash talab etiladi. Zero, har qanday eksperimental tadqiqotning maqsadi bir element (mustaqil o‘zgaruvchi) yoki elementlarning boshqa element (tobe o‘zgaruvchi) yoki elementlar (odatda bitta bo‘ladi)ga qay tarzda ta’sir qilishini tadqiq etishdan iboratdir. Tadqiqotchi gipotezani tekshirish/sinash uchun mustaqil o‘zgaruvchi tomonidan aniqlangan guruhlar (qaysiki ikkita son o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatuvchi)ni manipulyatsiya qiladi. Bu erda mustaqil o‘zgaruvchi son so‘z turkumidir. Bunda bir son so‘z turkumi va ishtirokchilar xulq-atvori (behavior or outcome) taqqoslansa, ikkinchi son so‘z turkumi bilan boshqa ishtirokchilar xulq-atvori taqqoslanadi. Bunda son so‘z turkumining har biri mustaqil o‘zgaruvining darajasini namoyon etadi. Har bir darajani sinab ko‘ruvchi eksperimental jarayonning segmenti shart-sharoit deb ataladi. Tobe o‘zgaruvchilar eksperimentning natija o‘lchagichlaridir. Tilshunoslikda keng tarqalgan tobe o‘zgaruvchilarga reaktsiya vaqti (RV) va ko‘z nigohi yo‘nalishini o‘z ichiga oladi.
Gipotezani sinab ko‘rish. Har qanday eksperiment gipotezasi bilan birga nol gipoteza ham bo‘lishi mumkin. Nol gipoteza quyidagi ikki holat bilan izohlanadi: unga ko‘ra, a) o‘zgaruvchan hodisalar o‘rtasida munosabat mavjud emas va b) qo‘lga kiritilgan har qanday natija bu tasodifiydir. Eksperiment eksperiment gipotezasini sinab ko‘radi. Bunda eksperiment gipotezasining rostligi isbot qilinmasdan, balki nol gipotezaning yolg‘on ekanligini isbotlashga uriniladi. Ya’ni, eksperiment nol gipotezaga qarshi dalil yig‘adi. Xulosalovchi statistika ma’lumotlarni nol gipotezaga qarshi taqdim etadi. Bunda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, gipoteza qanchalik darajada nolga teng, yoki olingan natijalar qay darajada tasodifiy kabi savollarga javob topiladi. Shuningdek, bunda p-qiymat formatida ish olib boriladi, ya’ni psixologiyada 0.05 eng kichik qiymat sifatida qaraladi. Shunda agar p < 0.05 бўлса, у ҳолда ноль гипотеза инкор этилади. Агар ноль гипотеза инкор этилса, эксперимент гипотезаси маълумотнинг маъқул изоҳи/шарҳи сифатида қабул қилинади.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə