Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə6/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Induktsiya va deduktsiya metodlarini tushuntirib bering.




  1. Analiz va sintezning farqini ochib bering.




  1. Ilm-fanda faraz metodi.




  1. Ideallashtirish va approksimatsiya.




  1. Konstrukt deganda nima tushuniladi?




  1. Mavhumlashtirish va tenglashtirish bilim olish vositasi sifatida.




  1. Modellashtirish metodi nimadan iborat?

  1. ma’ruza. Qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari

Reja:



  1. Bobo tilni (prototil) aniqlashga bo‘lgan harakatlar.




  1. Yangi davr tilshunosligida tillarning kelib chiqishi xaqidagi nazariya.




  1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik rivojlanish bosqichlari.


  1. Bobo tilni (prototil) aniqlashga bo‘lgan harakatlar.



Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning boshlangich kurtaklarini Gumanizm va Uygonish davrlari, XVII asr, J.B. Viko (1668-1744) faoliyati va XVIII asrlar tilshunosligini qamrab olgan yangi davr g‘oyalaridan izlash zarur. Yangi davr Evropa tillarini o‘rganishning qizg‘in faollashuvi bilan xarakterlanadi. O‘sha paytda harf va tovushni mos tushirishga yo‘naltirilgan ko‘pgina orfografik islohotlar amalga oshirila boshlandi va tovushlar (ya’ni tilning ikkilamchi qismlarga bo‘linishi)ga nisbatan e’tibor kuchaydi. Birlamchi bo‘linish borasida esa, yangi grammatikalar yaratilishiga qaramasdan, ularda biror bir yangi fikrlar uchramadi. Shuningdek, so‘z turkumlarini Aristotel va Varron kabi tahlil qilish an’anasi davom etdi.
Bu davrda mamlakatlararo aloqalar rivoji natijasida o‘rganilayotgan tillar doirasi kengayib bordi. Tillarning kelib chiqishi haqidagi etakchi g‘oya «bobo til» sifatida qadimgi ivrit tilini e’tirof etib, tillarning taraqqiy etishi haqidagi monogenetik qarashni targ‘ib qildi. Bu qarashni asoslash maqsadida tillardagi lug‘at tarkibining yaqinligini e’tiborga olishgan.
Bobo tilni (prototil) aniqlashga bo‘lgan boshqa harakatlarni ham kuzatish mumkin. Masalan, Djambulariy Florentsiya dialektining etrusk tiliga bog‘liqligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Van Gorp esa Odam Atoning tili tevton, ya’ni flamand tili bo‘lgan deb hisoblaydi va hokazo.
Tillarning o‘xshashligi va qarindoshligi haqidagi fikrlar ham ko‘pincha aralashib ketadi. Evropada haqiqiy komparativizm Kaninisus arablarga allaqachon ma’lum bo‘lgan semit tillari qarindoshligi haqidagi fikrni tarqatgandan so‘ng shakllana boshladi. Piza qadimgi suriya tili va bask tillarini qiyoslaydi. 1599 yilda I.Yu.Skaliger o‘z asarida «xudo» so‘zining shakllaridan kelib chiqqan holda tipologik klassifikatsiyani tuzadi.
Umumiy nazariyalarga kelganda esa, Bekon, Skaliger va Franchesko Sancheslarni eslab o‘tish mumkin. Bekon til va tafakkur munosabatini falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Yuliy Tsezar Skaliger 1900 yilgacha va undan keyinroq bo‘lgan davrlarda tuzilgan mumtoz grammatika asarlarining «g‘oyaviy otasi» hisoblanadi. Xuddi ana shu davrda (XVII va XVIII asrlar) keyingi qiyosiy tarixiy tadqiqotlarga asos solingan.


  1. Yüklə 125,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə