Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə10/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Xett tilidagi «vadar» va rus tilidagi «voda» va xett tilidagi «nebis» va rus tilidagi «nebesa» bir xil ma’nolarga ega. Rus tilida va xett tilida 3 sanoq soni «tri» deb talaffuz qilinadi. Xett tili rus, ingliz, yunon, litva va boshqa hind- evropa tillari bilan qarindosh bo‘lib chikdi.
Bu davrda, shuningdek, sinxron tilshunoslik, glottoxronologiya, strukturalizm va boshqa yo‘nalishlar ham taraqqiy eta bordi.
Glottoxronologiya - qardosh tillar yoshini ya’ni ularning bo‘linish tarixini aniqlash metodidir. U 1951-52 yillarda amerikalik lingvist M. Svadesh tomonidan taklif qilingan. Bu metod, shuningdek, «leksikostatistik» deb ham ataladi. Barcha tillar uchun lug‘at boyligining yangilanish tezligi deyarli bir xildir. M.Svadesh keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 215 ta so‘zdan iborat bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatidan ming yil davomida 15-24% foizi o‘zgarib, qolganlari o‘zgarishsiz qoladi.
Savollar:



  1. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining o‘rganish ob’ekti nimalardan iborat?




  1. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining asoschilari kim?




  1. Umumiy tilshunoslikning asoschisi kim sanaladi?




  1. Qiyosiy-tarixiy metod nima?




  1. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligining rivojlanish bosqichlari necha davrga bo‘linadi?




  1. Qiyosiy-tarixiy tilshunosligi tarixining qaysi davrida sotsiolingvistika, dialektologiya va dialektografiya sohalari taraqqiy qildi?

  2. «Yosh grammatiklar»ning asosiy g‘oyalariga nimalar kiradi?




  1. Glottoxronologiya nima?

  1. ma’ruza. Tipologik va chog‘ishtirma metodlarning yaratilishi va ularning qo‘llanish printsiplari

Reja:



  1. Lingvistik tipologiya haqida tushuncha.




  1. Chog‘ishtirma tilshunoslik va uning lingvistikaning boshqa sohalari bilan aloqasi.




  1. Chog‘ishtirma metodning tavsifi va qo‘llanilish tamoyillari.


  1. Lingvistik tipologiya haqida tushuncha.



Tipologiya turli fan sohalarida qo‘llanilishiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi: lingvistik va nolingvistik tipologiya.
Lingvistik tipologiya qiyosiy tilshunoslikning bir yo‘nalishi bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: a) dunyo tillarini tasniflash; b) til universaliyalari (barcha tillarda mavjud bo‘lgan lingvistik hodisalar), dominantalari (dunyo tillarining aksariyatida mavjud bo‘lgan til hodisalari), frekventaliyalar (dunyo tillarining ba’zilarida uchraydigan til faktlari) va unikaliyalar (dunyo tillarining faqat bir yoki ikki tiliga xos bo‘lgan til hodisalari)ga asos solish; v) til shakllarining turlarini barpo etish; g) qiyoslanayotgan tillar uchun metatillarni ishlab chiqish (Yusupov, 2013, b. 6).

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə