Lingvistika linguistics


Key words:   Jadid, phonetics, phoneme, dialect, syngarmonism,  vowel, vocalism, alphabet.  Kirish



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

Key words: 

 Jadid, phonetics, phoneme, dialect, syngarmonism, 

vowel, vocalism, alphabet. 

Kirish

Millat  fidoiylari  bo‘lgan  jadidlarning  adabiyotshunoslik 

faoliyati keng o‘rganilgani holda o‘zbek tilshunosligiga qo‘shgan 

hissalari bo‘yicha sanoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, 

M.Qurbonova [1993], B.To‘ychiboyev [1995], M.Yo‘ldoshev [2000],    

Y.Saidov [2001], Sh.Bobomurodova [2002], T.Tog‘ayev [2006], 

Q.Qodirov [2007], Z.Abdurashidov [2019], S.Normamatov [2019], 

N.Yangibayeva [2019]larning ishlarini aytib o‘tish o‘rinlidir. Biroq 

mazkur ishlar o‘zbek tilshunosligining XX asr boshlaridagi holatini  

batafsil qamrab olgan emas. Buning uchun til muammolari bilan jid-

diy shug‘ullangan Behbudiy, Munavvar Qori, Elbek, Qayum Ramazon, 

Shokirjon Rahimiy, G‘ozi Olim, Shorasul Zunun, Botu,  Mannon Ramz, 

Otajon Hoshim, Abdulla Alaviy, Vadud Mahmud, Sanjar Siddiq, Ab-

dulla Yo‘ldosh,  Yoqub Omonlarning ilmiy faoliyatini o‘rganib, max-

sus tadqiqotlar yaratish davr talabidir.  

Jadidlar millatning millat sifatida shakllanishi, tanilishida 

ma’lum qonun-qoidalarga solingan, ma’lum me’yorga keltirilgan 

adabiy til zarurligini anglab yеtganlar. Bu haqda Elbek shunday yoza- 

di: “

Til ochundag‘i bo‘lg‘on har turli ellarning har biri uchun tangri 

tomonidan yuborilg‘on bir quroldir. Ochundag‘i butun ellarning sog‘ 

yashamog‘i yolg‘uz shu tilning ko‘lagasidaginadur. Negakim, yеr yuzi- 

da yashag‘on har bir til o‘z tili orqasidag‘ina dong‘in chiqarmoqda va 

yuksalmoqdadur. Buning teskarisin tutkan ellar yuksalmaklari tursun 

7

Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari



o‘zlarin ham yo‘qota yozmoqda va yo‘qotmishlar

” [Elbek 2001, 1].   

Shuning uchun ham o‘zbek ziyolilari oldida turgan eng kat-

ta vazifa 



 

o‘zbek tilining qonun-qoidalarini ishlab chiqish, ilmiy 

tadqiqotlar olib borish edi. Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda,  



ilmiy axtarishlar bo‘lmag‘uncha bunlarning birtasi ham bo‘lajaq 



emasdir

” [Фитрат 2006, 141]. Buning uchun xalqimizning og‘zaki 

va yozma manbalarini chuqur tahlil qilish,  ularni o‘zaro solishtir-

ib, xulosalar chiqarish orqali o‘zbek adabiy tili qoidalarini yaratish 

zarur edi: 

“Tilimizdagi tovushlarning sonlarini, cho‘zg‘i o‘runlarini 

ilmiy   suvratda yaxshig‘ina aniqlab qo‘yayiq. Tilimizning iste’dodli, 

boy bir til bo‘lg‘anini qichqirib so‘yladiq; “bu til daqqidir (qo‘poldir), 

buning o‘rnig‘a turkchaning adabiy bir shevasini olayiq” degan til bil

-

maslar bilan kurashdik  –  unlarni yеngdik. Biroq hanuz tilimizning 

belgili   qoidalarini maydong‘a qo‘ya olmadiq.  Yozuvlarimizning shak

-

liga “birlik” yangi yozg‘uchilarimizga qulayliq bermak uchun tilimiz- 

ning qat’iy qoidalarini bildirish kerak. Hamadan burun u qoidalarni 

o‘zimizningda bilishimiz lozimdir”

  [Фитрат 2006, 141].

Albatta, bu ish o‘ta murakkab, tinimsiz ilmiy izlanishlar nati-

jasida yuzaga chiqishi, o‘sha davrda mavjud bo‘lgan qarama-qar-

shiliklarni  yеngib  o‘tish  orqaligina  amalga  oshishi  mumkinligini 

tushunganlar. Buning uchun, birinchi navbatda, xalq og‘zaki ijodi na-

munalarini, mumtoz adiblarimiz asarlarini ilmiy asosda tekshirish, 

ilmiy xulosalar chiqarish lozimligi aytiladi:  “



Tilimizning sof shaklini 

daladag‘i el-aymoqlarimizda ko‘ra olamiz. Dalada  yashag‘an el-ay-

moqlarimiz orasida unlarning jon ozig‘i bo‘lib turg‘an dostonlar, ashu

-

lalar, matallar, laparlar, qo‘shiqlar bor. Shunlarning hammasini buyuk 

bir diqqat bilan yozib olish kerak, el-ulus orasida yozuv doirasig‘a kir-

gan ... kabi aristo‘krat shoirlarimizning asarlari bor. “Qutadg‘u bilig”, 

“Hibatul haqoyiq”, “Devoni lug‘atit turk”, “Muqad- dimatul adab” kabi 

eski vasiqalar bor. Shunlarning hamasini qilni qirq yorib tekshiraylik

bir-biriga solishtirib, kelishtirib, tekli, tubli natijalar olayiq. Mana shu 

yo‘lda, shu shaklda yaraqlanib maydong‘a chiqg‘animizda ko‘rilgan 

ishlar, olingan natijalar  ilmiy bo‘lib chiqadir. Kimsaningda lom-mim 

deyishiga yo‘l qolmaydir”  

[Фитрат 2006, 141]. 

Biroq bu ishlarni amalga oshirish, birinchidan, o‘ta murak-

kab, ikkinchidan, sanoqli olimlarning qo‘lidan keladigan ish emas 

edi. Bu barcha millat fidoiylarining birgalikda amalga oshirishi lozim 

bo‘lgan vazifalari edi: “



Bu ishlarning qulay bo‘lmag‘ani belgili. Bunlar 

bir kishining qo‘lidan kelmaydir. Bu yo‘lda tirishmak yangi chiqg‘an 

yigit yozg‘uchilarimizning hamalariga tushadir. Yangi o‘zbek adabi- 

yotig‘a ilmiy asos bermak, unga zamoniy, madaniy bir borliq bag‘ish-

8

Inomjon  AZIMOV


lamaq uchun mana shu yo‘llarg‘a bot kirishmak hamamizga lozimdir

” 

[Фитрат 2006, 141].



Ular, avvalo, milliy til fonetikasi qanday bo‘lishi kerak, degan 

savolni o‘rtaga qo‘ydilar, chunki o‘zbek tili boshqa turkiy tillar kabi 

uzoq asrlar davomida singarmonizm qonuniyati asosida rivojlanib 

kelgan edi.




Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə