Lingvistika linguistics



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

Singarmonizm masalasi

Singarmonizm so‘zdagi unlilarning ma’lum nuqtayi nazardan 

bir xillashishi bo‘lib, turkiy tillarning barchasiga tegishli qonuniyat 

ekanligi mutaxassislar tomonidan aytib o‘tilgan [Миртожиев 2013, 

294-299; Маҳмудов 2006, 67-68; Неъматов 1992, 45-59].

Singarmonizmga  munosabat  masalasida  jadidlar  o‘rtasi-       

da  ham  turlicha  qarashlar  mavjud  edi.  Fitrat,  Qayum  Ramazonlar   

qoida  tuzishda,  bir  tomondan,  turkiy  tillar  ta’siriga  berilgan  bo‘lsa,              

ikkinchi tomondan, ular ko‘proq mumtoz asarlar tilini e’tiborga 

oldilar. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodini o‘zlariga dasturil- 

amal  qilgan  holda  o‘zbek  tilida  hozirda  ham  singarmonizm  qonuni-             

yati to‘la amal qiladi, unlilar yo‘g‘on-ingichkalik xususiyatiga ko‘ra 

farqlanadi va unlilar soni 8-9 ta degan fikrni ilgari suradilar. Elbek, 

Ashurali Zohiriy kabi tilshunoslar esa bu qonuniyatga boshqacharoq 

munosabatda bo‘ladi. 

Ashurali Zohiriy bu haqda shunday yozadi: 



“Singarmo‘nizm 

turk-totor tilining tabiiy tilidur. Lekin zomonning o‘tishi, jo‘g‘rofi(y) 

ahvollarning o‘zgarishi, bir qavmning boshqalar bilan aralashishi 

va  ularning  tillarining  ta’siri  orqasida  bu  xususiyat  turk  lahjalari-         

ning bir xillarida yo‘qola borg‘on (ozorboyjon, anqara turklarida). Bu 

xususiyatni saqlab qolg‘onlar: qozoq, qirg‘iz, nug‘oy, boshqirt, totor, 

turkmon va o‘zbaklardur”

 [Жамолхонов, Умаров 2017, 349].

Olim o‘zbek tilida singarmonizm hodisasi borligini shun-

day ta’kidlaydi: 



“Bizda singarmunizm yuz foiz bo‘lg‘usidur. Tilimiz

-

ga aralashg‘on ajnabiy so‘zlarni ham o‘z qoidamiz (singarmunizm

-

ga)  bo‘yin  tovlaydurg‘onlari  o‘rnig‘a  o‘z  tilimizdan  so‘zlar  topishga                                

harakat qilamiz”

 [Жамолхонов, Умаров 2017, 349].

O‘zbek tilidagi o‘zlashgan so‘zlarni ham singarmonizm qoi- 

dalariga bo‘ysundirish, ushbu qoidaga bo‘ysunmaydigan o‘zlashma 

so‘zlar o‘rniga tilimizdan so‘zlar topish lozimligini aytadi.  Lekin ba’zi 

o‘rinlarda  o‘z  fikridan  chekinish  holatlari  ham  ko‘rinadi: 



“G‘ijjak, 

g‘altak, g‘ildirak, pildiroq, yo‘lak singari o‘zlashgan forsiy so‘zlari 

(yoki forsiycha qo‘shimcha qo‘shilgan so‘zlar)ni o‘zgartmasdan   sin

-

garmo‘nizm qoidasidan mustasno qilamiz. Bu so‘zlarning “yo‘lak”dan 

9

Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari


boshqasi o‘zbekcha bilan forsiycha o‘rtasida o‘rtoq so‘zlar bo‘lib, 

“yo‘lak” va ularning ham oxirlardag‘i “ak”, “oq” qo‘shimchalari tom 

forsiychadur. Bularni singarmo‘nizmg‘a tobe qilsaq, “g‘ijjaq, g‘al-

taq,  pildirak,  g‘ildiroq,  yo‘loq”  bo‘lib  xalq  anglamaydurg‘on  nusxag‘a            

kirib ketish ehtimoli bor. Shuning uchun bundoqlarni mustasno qila- 

miz.  Bundoq  mustasno  bo‘lg‘uchilar  tilimizda  ko‘pchilikni  tashkil            

etmaydurlar” [Жамолхонов, Умаров 2017, 349].

Elbek “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1929-yil 30-yanvar 

sonida  e’lon  qilingan  “Til,  atama,  imlo  bahslari”  rukni  ostida  “Til             

imlosi  ustida” maqolasida singarmonizm bo‘yicha o‘z qarashlarini 

bayon etadi:   

 “

Singarmo‘nizm,

 - deydi adib mazkur maqolasida, - 

ko‘p 

kishilarni cho‘chitkan. Ba’zi bir kimsalarning kulgi va so‘kish to‘rva- 


Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə