Lingvistika linguistics



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

larining  yorilishiga  sabab  bo‘lg‘on  bu  “so‘z”  chindan  imlomizning           

butinlig‘in saqlash uchun еlim va tilimizning ko‘rkini oshirish uchun 

bir bezakdir. Bu qalinliq va ingichkalik ohangi bizning tilimizning 

jonidir, yiqilmas qo‘rg‘onidir. Buni bilmagan turk xalqi yo‘q desak,   

yanglishmaymiz. Bas, bizning demakchi bo‘lg‘onimiz o‘zbek tilin

-

ing sufati, ya’ni uning bezagi – singarmo‘nizm masalasi naq ana shu 

adabiy, jonli tilimiz masalasidir. Bunga qarshi bo‘lg‘onlar shubhasiz, 

shu tilning grajdanlik huquqig‘a  zarba bergusidurlar”

 [Жамолхонов, 

Умаров 2017,  207].

Botu, Miyon Buzruk kabi jadid namoyandalarining singarmo- 

nizm tilning rivojiga to‘sqinlik qiladi, til chetdan so‘z olish bilan rivoj- 

lanib boradi, bu so‘zlarni singarmonizm ramkasiga solish yaramaydi, 

degan fikrlariga qarata  

“Biz chetdan so‘z olinmasin demaymiz. Olin

-

sin, lekin o‘z qolibimizga solinsin, deymiz. Bu vaqt tilimizning o‘sishi 

o‘z yo‘li bilan borar va yuksalish yulduzi unga kulib qarar deb o‘ylay

-

man. Bo‘lmas ekan, tarix, madaniyat, deb javrashidan bo‘lak narsaga 

yaramay qolamizmi, deb qo‘rqaman. Mana bizning tilak, o‘z tilimizni 

ishlab so‘zlarni jonli qilish, bo‘lmag‘onlarini chetdan oling‘onda  ularni 

tilimizning temir qonunig‘a bo‘y egdirish kerak”,

 deydi [Жамолхонов, 

Умаров 2017,  210].

Yuqorida ta’kidlangani kabi Ashurali Zohiriy, Botu, Miyon 

Buzruklar  o‘zlashgan so‘zlarni singarmonizm qonuniga bo‘ysun-

dirmaslik masalasini ilgari surgan bo‘lsa, Elbek singari jadid ma’ri-

fatparvarlari o‘zbek tilida qo‘llanishda bo‘lgan barcha so‘zlar maz-

kur qoidaga amal qilinishi shartligini aytadi: “



Singarmo‘nizm o‘zbek 

tilining tub sufati. Uning birdan bir bezagi, hatto yiqilmas qo‘rg‘oni 

bo‘lg‘ondan, u yuz pirasant saqlansin.  Eski so‘zlar, qo‘shma ism

-

lar, istar turkiy,  istar chet so‘zlar bo‘lsin, biri ikkinchisiga tobe 

10

Inomjon   AZIMOV 


tutilmasin, chunki ular har biri ayrim so‘z bo‘lg‘onidan o‘z butun

-

lig‘in  saqlay  ola  biladir.  Singarmo‘nizmcha  o‘zgarish  yolg‘iz  bir  so‘z                                                                               

ichida  yoxud  yarim  so‘z,  ya’ni  qo‘shimchalarning  o‘zidan  oldingi                       

so‘zga  qo‘shilg‘onidag‘ina  mumkindir.  Chet  so‘zlar  istisnosiz  singar- 

mo‘nizm qoidasiga tobe tutilsin. Ruslarda “o” bilan kelgan so‘zlar biz

-

da mutlaq “o‘” bilan o‘qilishi lozim. Misollar: ko‘rurt – kurort, pro‘letar 

– proletar, o‘krug – okrug kabi. Ba’zi chet so‘zlarining oxirida uchray-

durg‘on metallist, jurnalist, kommunist kabi so‘zlarning so‘ngg‘idag‘i 

“t” butunlay chiqarilsin, bizcha: metallis, jurnalis, kommunis ravish- 

larida o‘qilishi tegish

” [Жамолхонов, Умаров 2017, 304].

Imlo qoidalarini belgilashda ikkinchi munozarali masala “lab 

ohangi” masalasi edi. Fitrat, Qayum Ramazonlar qoida tuzishda, bir 

tomondan, turkiy tillar ta’siriga berilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, 

ular ko‘proq mumtoz asarlar tilini e’tiborga oldilar. Ular o‘zlarining 

til saboqlarida “

tub so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida o‘tru (ya’ni, o‘,u) 


Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə