Lingvistika linguistics


sotsunlar .   Uchub-uchub



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

sotsunlar

.  

Uchub-uchub

 shu muhitning ichida

Yuksak yеrga qo‘nmoq yеrin ko‘zladim. 

Agar sening hollaringni anglamasa, boqmasa

Oqsun

 tinmay ko‘zlarimdan sening uchun qon yoshim.

Biz shul yеrda qishin-yozin 

o‘lturub

O‘tkaramiz umrimizni yеr 

surib

1

.

Bu shundan darak beradiki, Navoiy, Lutfiy kabi klassik adib- 

larimiz ijodini qunt bilan o‘rgangan Elbek ham o‘sha davr adiblari 

qatori klassik adabiyot an’analaridan chiqib ketolmas edi. Xuddi 

mumtoz mutafakkirlarimiz singari lab ohangi talablariga amal qili- 

Misollar tadqiqotchi Sh.Bobomurodovaning Elbek asarlari bo‘yicha to‘plagan xrestoma- 



tiyasidan olindi. 

 

13



Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari


shi lozim edi. 

Ashurali Zohiriy ham lab ohangining o‘zbek tilida to‘liq  bo‘l-

masa-da, mavjudligini e’tirof etadi: 

“Bizda  lab  ohangi  bor.  Lekin 

qirg‘iz va ozarbayjonlilardag‘i singari yoki singarmo‘nizm qoidasi      

singari “boshdan oyog‘g‘acha” qat’i bir yo‘lda emas. Ko‘pincha (fe’llar

-

da) o‘zak bo‘g‘umlardag‘ina bor”

 [Жамолхонов, Умаров  2017, 304].

Olimning  fikricha,  lab  ohangi  asosan  fe’llarda  faqat  o‘zak-

da amal qilishini aytadi va quyidagicha misol keltiradi: 



“Masalan, 

o‘qu, to‘qu, cho‘qu, no‘qu (oqu, toqu, coqu, noqu ). Bularning avvalg‘i 

bo‘g‘imidag‘i “o‘” (“o”) cho‘zg‘usi, keyingi bo‘g‘imda ham o‘tru kelishni 

talab qilsa-da, o‘z avjidagina emas, balki pasaygan avjda o‘tru talab 

qiladur. Shuning uchun ularni “o‘qo‘, to‘qo‘... (oqo, toqo…)” deb yozib 

bo‘lmaganga o‘xshash “o‘qi, to‘qi” (“oq, toq”) deb yozib bo‘lmaydur. 

Negakim, bularning oxirida avvalg‘i bo‘g‘imdag‘i o‘truning zo‘rg‘a 

yеtib kelgan “quvvati bor”. “Yetib kelgan quvvati bor” degach, uni “o‘qi, 

to‘qi...” (oq, toq...) nusxasida, “zo‘rg‘a еtib kelgan” degach, uni avvalgi 

bo‘g‘imiday “o‘” (o) bilan yozib bo‘lmaydur”

 [Жамолхонов, Умаров 

2017, 304]. Ya’ni, ikkinchi bo‘g‘indagi unli tovush birinchi bo‘g‘inda- 

gi tovushga nisbatan kuchsizroq talaffuz qilingani uchun “



o‘qi

” tarzi- 

da emas, balki “

o‘qu

” tarzida talafuz qilish va yozishni tavsiya qiladi. 

Olim lab ohangi faqat fe’lning o‘zagida amal qilishini,  bundan 

chekinish holatlari borligini aytadi, “m” qo‘shimchasi bilan ismga     

aylantirilgan fe’llarda ham yuqoridagidek yozilishi lozim degan fikr- 

ga keladi: “



Keyingi bo‘g‘imda bo‘ladurg‘on ikkinchi bir o‘rin: “uzum, 

tuxum, to‘ruq, qutul, nuqul” (uzum, tuxum, toruq, qutul, nuqul) singari 

“m” (m) qo‘shimchasi bilan ismga aylandurg‘on so‘zlarda ham yuqo-

ridag‘i so‘zlarg‘a o‘xshash so‘zlarda “m” (m)dan ilgari o‘tru talab qila

-

durlar

” [Жамолхонов, Умаров  2017,  304].

Bunday qoidaning kiritilishiga “m” yasovchi qo‘shimchani 

“m” egalik qo‘shimchasidan farqlash lozimligi sabab qilib ko‘rsatila- 

di. Agar shunday qilinmasa, egalik olmoshlarining birinchi shaxs 

qo‘shimchasini fe’llardan yasalgan ismlardan ajratib bo‘lmay qola- 

di, bu esa chalkashliklarga olib kelishi mumkin, maqsadimiz yozuv 

yo‘llari, sarf (morfologiya) qoidalarini iloji boricha soddalashtirish, 

osonlashtirish kerak, degan xulosaga keladi olim. Shu bilan birga, 

fe’llarga qo‘shilib, ism, sifat yasovchi “q” (q), “k” (k) qo‘shimchalari 

birinchi bo‘g‘inida lablangan unlilar bo‘lganda, yuqoridagi qoida aso- 

sida yozilishi aytiladi. Masalan, “



ko‘ruk, tuzuk, bo‘luq, yuluq, buzuq, 

yuguruk (koruk, tyzyk, boluq, juluq, buzuq, jygyryk)

” kabi.


Lekin -dir, -tir, -lik affikslarini lab unlisi qatnashgan asosdan 

so‘ng -dur, -tur, -luk (o‘qutur, tugukluk) tarzida yozishni taklif etgan 



14

Inomjon  AZIMOV


Qayum Ramazon fikriga e’tiroz bildiradi va qo‘shimchalarga lab gar- 

moniyasining ta’siri yo‘qligini etiborga olib, morfologik tamoyil aso- 

sida doim 

-dir,    -tir,  -lik

  holida  yozishni  tavsiya  etadi”  [Нурмонов 

2012, 350].  

Lab ohangi bo‘yicha turli fikrlar, bahsli qarashlar bo‘lishi bilan 

birga, jadidlar yagona milliy til me’yorlari bo‘yicha bir fikrga kelishi 

lozim edi. Shuning uchun ham 1929-yildagi imlo konferensiyasida 

Q.Ramazonning taklifi bilan ba’zi bir istisnolar bilan lab ohangi qoi- 

dasi tilda ikkinchi bo‘g‘ingacha saqlansin, degan qaror qabul qilinadi. 




Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə