Lms moodle tizimlari va ularning tavsifi



Yüklə 0,7 Mb.
tarix14.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#89466
akt prezintatsiya

Masofaviy o`qitish tizimi haqida dastlabki tushunchalar. Ma’lumki, har bir ta’lim muassasasi o`z ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqqan holda, o`zining virtual axborot ta’lim muhitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot ta’lim muhitini yaratishning hojati qolmagan, chunki Web muhitiga moslashgan har xil turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab kelayotgan xodimlarning hamkorlikda ishlashlari, shuningdek, ta’limga yo`naltirilgan fondlar tomonidan qo`llab-quvvatlanishi natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan. Bu o`quv modulimizda masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli dasturlar majmuasining tahlili keltiriladi. O`quv modulida keltirilgan dasturiy majmualar tahlili ko`p yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasidir. Masofaviy o`qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o`qitish vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim shaklidir. Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o`quv shart-sharoitlari va o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`proq mustaqil ravishda shug`ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog`liq emas.

LMS MOODLE TIZIMLARI VA ULARNING TAVSIFI


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə