Logistika zanjirining axborot oqimlari ustidan nazoratni tashkil etish


Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari haqida tushuncha va uning turlari



Yüklə 46,57 Kb.
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü46,57 Kb.
#117246
1   2   3   4   5   6
Logistika zanjirining axborot oqimlari ustidan nazoratni tashkil etish.

1.4. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari haqida tushuncha va uning turlari
Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi deganda ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizim doirasida moddiy oqimlarni nazorat qilish va rejalashtirishni shakllantirishning tashkiliy mexanizmi tushuniladi.
Moddiy oqimlarni boshqarishning bir qancha tizimlari mavjud:
− MRP – materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;
− DRP – resurslar taqsimlanishini rejalashtirish;
− JIT – moddiy va axborot oqimlarini «aniq vaqtida» tamoyili bo‘yicha boshqarish;
− KANBAN – «aniq vaqtida» tamoyili bo‘yicha moddiy oqimlarni operativ boshqarish axborot ta’minoti;
− OPT – ishlab chiqarishni optimallashtirish texnologiyasi.
Materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish – bu ishlab chiqarishni zarur moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi. MRP rejadagi masalalardan chetlashishlarni hisobga olgan holda aniq vaqt masshtabida buyurtmalar bajarilishini rejalashtirishni hamda ishlab chiqarish zaxiralari nazoratini amalga oshiradi. MRP ning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning kafolatli qondirilishi; zaxiralarni minimal darajada ushlab turish; ishlab chiqarishni, materiallarni xarid qilish va yetkazib berishni rejalashtirishning aniqligini oshirish.
Resurslar taqsimlanishini rejalashtirish chiqib ketayotgan tovarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi sifatida tasniflanishi mumkin. U MRP ning oyna aksi bo‘lib, xuddi shunday logika, vositalar va metodlardan foydalanadi. Tizimning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilar tegishli: taqsimot zanjirining har xil darajalarida (markaziy – pereferik omborlar) zaxiralar va kelib tushishlarni rejalashtirish; mahsulot taqsimotining axborot ta’minoti; yuk tashishni rejalashtirish. Ishlab chiqarishning asosiy grafigi talabni bashoratlash asosida shakllantiriladi. Shunday qilish DRP mahsulotni ishlab chiqarish va sotish funksiyalarini birlashtirish imkonini beradi hamda logistik xarajatlarni transport xarajatlar va tovar harakatiga ketadigan xarajatlarni qisqartirish hisobiga optimallashtiradi.
MRP va DRP itarib chiqaruvchi tizimlar turiga kiradi.
Moddiy va axborot oqimlarini boshqarishning integrallashgan tizimi ishlab chiqarish jarayoni hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan ta’minot va sotuv tizimlari bitta uzluksiz oqim sifatida namoyon bo‘ladi. Moddiy oqimlarni umumiy tizimida boshqarish, muddatlarni teskari rejalashtirish asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchi ishning tugatilgan rejasiga va grafigiga ega emas, u umuman buyurtmalar bilan emas, balki shu mahsulot iste’molchisining aniq buyurtmasi bilan bog‘langan va o‘zining ishini shu buyurtma chegarasida optimallashtiradi. Hamma bo‘linmalar uchun faqat o‘rtalashtirilgan (1 oyga) rejalar tuziladi, ularni dekadalar (kun, soat) bo‘yicha rejalashtirishni esa, detallarni topshirish muddatlarini va olingan buyurtma hajmini hisobga olgan holda ish bajaruvchilar amalga oshiradi. «Aniq vaqtida» tamoyili bo‘yicha moddiy oqimlarni operativ boshqarishning axborot ta’minoti tizimi. Buyurtma kartasi «KANBAN» iste’molchi haqida to‘liq axborotni o‘z ichiga oladi. Asosan bu axborot quyidagilardan iborat bo‘ladi: detalning nomlanishi va shifri; qadoq idishlarning spetsifikatsiyasi (xususiyati), ularning turi va ularga solinadigan detallarning soni; mahsulotni ishlab chiqaruvchi – uchastka va iste’molchi – uchastkalarning nomlanishi; mahsulotni ishlab chiqarish davomiyligini hisobga olgan holda aniqlanadigan yetkazib berish vaqti. Texnologik zanjir bo‘yicha har bir uchastka «KANBAN» kartasida ko‘rsatilgan buyurtma bo‘yicha ishlaydi. Ishlab chiqarish ustidan nazorat muomilada bo‘lgan kartalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni optimallashtirilgan texnologiya tizimi ta’minot va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradigan «tortib chiqaruvchi» mikrologistik tizimlar sinfiga kiradi. Bu tizimning asosiy tamoyili bo‘lib ishlab chiqarish jarayonida tor joylarni va kritik resurslarni aniqlash hisoblanadi. Hisobda OPT KANBANning kompyuterlashtirilgan turi hisoblanadi, ular orasida faqatgina bitta farq mavjud. OPT «ta’minot – ishlab chiqarish» logistika tarmog‘ida tor joylarni paydo bo‘lishining oldini olsa, KANBAN paydo bo‘lib ulgurgan tor joylarning samarali yo‘qotilish imkonini beradi.
Logistik tizimning samarali ishlashiga ta’sir ko‘rsatuvchi kritik resurslar sifatida quyidagilar olinishi mumkin: xomashyo va materiallar zaxirasi, tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish texnologiyasi, personal va boshqalar. OPT tizimidan foydalaniladigan korxonalar nokritik operatsiyalarni bajaradigan personalni maksimal tarzda ish bilan ta’minlashga intiladi, chunki bu tugatilmagan ishlab chiqarish zaxiralarini o‘sishini keltirib chiqaradi. Logistika nuqtayi nazaridan OPT tizimining samaradorligi mahsulot ishlab chiqarilishini oshirish, ishlab chiqarish va transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat.


Yüklə 46,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə