Logopediya


Aqli zaif о‘quvchilarda bog‘lanishli nutqning buzilishi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə21/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Logopediya

Aqli zaif о‘quvchilarda bog‘lanishli nutqning buzilishi.Kо‘pgina mualliflarning ishlarida aqli zaif bolalarda bog‘lanishli nutqning sekinlashgan holda rivojlanishi va о‘ziga xos sifatlari bilan xarakterlanishi keltiriladi. Ular uzoq vaqt situativ nutqda va savol-javob bosqichida tо‘xtalib qoladi. Bu bolalarda mustaqil fikr bayon qilishga о‘tish juda qiyin hisoblanadi. Kо‘pchilik hollarda yordamchi maktablarning yuqori sinflarigacha chо‘ziladi. Mustqil fikr bayon qilishning hosil bо‘lishi jarayonida aqli zaif о‘quvchilar kattalarning yordamiga muhtoj bо‘ladilar. Aytib kо‘mak berish yoki savol tarzida berish zaruriyati seziladi. Ayniqsa, bu bolalar uchun kontekstli nutq shakli qiyin hisoblanadi. Situativ nutq, ya’ni kо‘rgazmalilikka, aniq situatsiyaga (holatga) tayangan nutq nisbatan yengilroq amalga oshiriladi.
Mustaqil nutqning rivojlanmay qolishida dialogning tо‘liq shakllanmaganligi muhim rol о‘ynaydi. Ma’lumki, dialogik nutq monologik nutqdan oldin shakllanadi va uning rivojlanishini tayyorlab beradi. Aqli zaif bolalar kо‘pincha biror bir voqeaning mazmunini aniq bayon qilishning zaruriyatini tushunib yetmaydilar, ya’ni ular suhbatdoshiga (suhbat mazmuniga kо‘ra) moslasha olmaydilar.
Mustaqil fikr bayon qilishlar uzuq-yuluq bо‘ladi. Hikoya qilishda mantiqiy tartib, qismlar orasidagi aloqa buziladi. Bog‘lanishli matnlar kо‘pincha fragmentlardan iborat bо‘ladi, yagona bir butunlikni tashkil qilmaydi va bayon qilishning qisqaligi bilan xarakterlanadi. Aqli zaif bolalarda bog‘linishli nutqning shakllanishidagi ortda qolish sabablaridan biri ularning nutqiy aktivligi juda zaif va tezda holdan toyishi hisoblanadi. Monoligik nutq jarayonida hikoyani konkretlashtirish va rivojlantirish bolaning о‘zi tomonidan amalga oshiriladi. Ba’zi bir hollarda, xususan, bolalarda hikoyalash mavzusiga qiziqish uyg‘onganda, mustaqil fikr bayon qilish xarakterli ham о‘zgaradi: hikoya mazmuni kengayadi, gaplardagi sо‘zlar soni ham ortadi. Shunday qilib, mustaqil fikr bayon qilishda motivatsiya (sabab-sharoit) katta rol о‘ynaydi.
Aqli zaif bolalarda bog‘lanishli fikr bayon qilishning о‘ziga xosligi topshiriqning xarakteridan, mustaqil fikr bayon shaklidan kelib chiqadi. Mustaqil hikoya qilishga qaraganda, aqli zaif bolalarda, qayta sо‘zlab berish yengil amalga oshiriladi. Lekin ularning qayta sо‘zlab berishlari ham qator о‘ziga xosliklarga ega. Masalan, ular matnning kо‘pgina muhim qismlarini tushurib qoldiradilar, mazmunni soddalashtirib bayon qiladilar, vaqt, makon, sabab-oqibat munosabatlarida tushunmovchiliklar namoyon bо‘ladi. Kо‘pincha ular matnda bо‘lmagan voqea-hodisalarni, detallarni qо‘shib yuboradilar.
Mustaqil nutqning shakllanishi va leksik-grammatik qurilishning buzilishlarini tо‘g‘irlash bо‘yicha logopedik ishlarning о‘ziga xosligi.Leksikaning rivojlatirilishida logopedik ishlarning о‘ziga xosligi.Logopedik-korreksion (tо‘g‘irlash) ta’sir qilish jarayonida lug‘at boyligini oshirish, sо‘z ma’nosini aniqlash, semantik maydon va leksik tizimni shakllantirish bо‘yicha ish olib boriladi. Sifatlar, fe’llar va predikativ lug‘at alohida e’tiborga molik bо‘ladi.
Yordamchi maktablarning quyi sinflarda olib boriladigan ishlar о‘yinlardan foydalanilgan holda, kо‘proq iste’mol qilinadigan fe’llar hisobiga lug‘atni boyitish bilan boshlanadi («Kim qanday ovoz beradi», «Kim qanday ovqatlanadi» va hokazo).
Sifatlarni egallash rang, shakl, hajmni anglatuvchi sо‘zlardan boshlanadi. keyinchalik balandlik, qalinlik, uzunlik, kenglik, og‘irlik va mazani anglatuvchi о‘zlashtirish davom ettiriladi.
Keyinroq otlardan yasalgan sifatlarni о‘rganish ustida ishlar olib boriladi. Shuningdek, semantik jihatdan murakkab bо‘lgan sо‘zlar – sifatlar о‘zlashtiriladi. (masalan, insoniy fazilatlar-anglatuvchi sifatlar).
Predikativ lug‘atni rivojlantirish bilan bir vaqtda nominativ lug‘atni boyitish bо‘yicha ishlar davom ettiriladi. Umumlashtiruvchi xarakterga ega bо‘lgan sо‘zlarni о‘zlashtirish alohida ahamiyatga ega. Ular bolalarning analitik-sintetik va umumlashtirish operatsiyalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Lug‘atni boyitish olmoshlar, son, ravish va boshqa sо‘z turkumlari hisobiga ham amalga oshiriladi.
Aqli zaif bolalarning lug‘atini boyitishda sinonim sо‘zlarni aniqlab о‘rganish ham tavsiya etiladi.
Yordamchi maktablarda sо‘z ma’nolarini aniqlash ustida olib boriladigan ish, atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq. Predmetlarni tasniflash (turlarga ajratish) nutqdan tashqari bо‘lgan (nutqiy bо‘lmagan) reja asosida (masalan, rasmlarni ikki guruhga bо‘lib ajratish), shuningdek, nutqdan foydalanilgan holda olib boriladi. Masalan, kо‘rsatilgan barcha predmetlarni bir nom bilan aytish. Bolalarni turli toifadagi predmetlarni о‘rganishi va о‘zlashtirishlariga yordam beradigan yozma ma’lumotlar va rasmlar tavsiya etiladi.
Sо‘z ma’nosi ustida, uning aniq ma’nosidan asta-sekinlik bilan grammatik ma’nosiga о‘tish va uni о‘zlashtirishga alohida о‘rin ajratiladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə