Лойиҳа матни 433341-(437398)



Yüklə 264,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.02.2022
ölçüsü264,01 Kb.
#83869
1   2   3   4
Лойиҳа матни - 433341-(437398)

2. Mazkur Qaror bilan:

har  bir  shaharcha,  qishloq,  ovulda,  shuningdek,  shaharlar,  shaharchalar,

qishloqlar  hamda  ovullardagi  har  bir  mahallada  (keyingi  o‘rinlarda  -mahalla)

yoshlar yetakchisi joriy etilganligi;

mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari belgilanganligi;

yetakchilar  o‘ziga  biriktirilgan  mahallalardagi  faoliyatining  asosiy

yo‘nalishlari  belgilanganligi;

yetakchining  tavsiyasi  asosida  ko‘rsatiladigan  yordam  turlari

tasdiqlanganligi;



e-qaror.gov.uz

14.02.2022

2

Yoshlar  ishlari  agentligi,  uning  hududiy  boshqarmalari  va  bo‘limlari

tuzilmalarida mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari

tashkil etilganligi;

Davlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari

va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorga (direktor o‘rinbosariga) birinchi

prorektor (direktorning birinchi o‘rinbosari) maqomi berilganligi;

Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorning ma’naviy-ma’rifiy

ishlar  bo‘yicha  o‘rinbosari  yoshlar  masalalarida  idoralararo  hamkorlik  va

yetakchilar  faoliyatiga  ko‘maklashish  uchun  mas’ul  deb  hisoblanishi

belgilanganligi;

yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar

soniga mutanosib ravishda belgilanganligi;

mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha

respublika  komissiyasi  tasdiqlanganligi  va  komissiyaning  asosiy  vazifalari

belgilanganligi;

yetakchilarni  ularning  vazifa  va  faoliyat  yo‘nalishlari  bilan  bog‘liq

bo‘lmagan yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz

aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi inobatga olinsin.

         3. 

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha

shahar komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin va uning asosiy vazifalari

etib quyidagilar belgilansin:

yetakchilarning  faoliyatini  samarali  tashkil  etish,  ularga  o‘z  lavozim

vazifalarini  lozim  darajada  amalga  oshirishi  uchun  uslubiy  ko‘maklashish;

mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla - shahar -

viloyat - respublika” boshqaruv tizimini yaratish bo‘yicha ishlar samaradorligini

nazorat qilish;

yetakchilar  faoliyatida  vujudga  keladigan  muammolarni  hal  qilish

yuzasidan  idoralararo  hamkorlikni  ta’minlash.

4.

 

Shahar hokimining birichi o‘rinbosari G‘.Elamanov, shahar hokimining



o‘rinbosari K.Ashurov:

Yoshlar  masalalari  bilan  shug‘ullanish  va  hududlarda  ushbu  faoliyatni

muvofiqlashtirishga shaxsan mas’ul etib belgilansin;




Yüklə 264,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə