Loyiha ishi tayyorladi: Abduvahobov Azimjon Mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish



Yüklə 2,07 Mb.
tarix07.01.2022
ölçüsü2,07 Mb.
#82695
Bajardi Jumanazarov Xayrullo




LOYIHA ISHI

Tayyorladi: Abduvahobov Azimjon

Mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish

Reja:


  1. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati.

  2. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari.

  3. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish



  1. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati. Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar mavjud. Ularni bartaraf qilish muammosi Prezidentimiz Islom Karimovning diqqate’tiborida bо‘lib kelmoqda. Yurtboshimizning konsepsiyasiga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin. Bular muhim qarash bо‘lib, hozirgi ma’naviymafkuraviy faoliyatimizda metodologiya vazifasini о‘tamoqda. Xо‘sh, fikrga qarshi fikr bilan qanday kurash olib bormoq kerak, degan savol tug‘iladi. Avvalo, har bir kishida mustaqil fikrlash imkon qadar kengroq dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va ma’lumot darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega. «Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz fazandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bо‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida ma’fkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki, yoshlarimiz milliy о‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham, ularga о‘z ta’sirini о‘tkaza olmaydi»

Insonda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur, bu birinchidan. Mafkuraviy immunitet shaxs ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga hizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimidir.

Demak, insonda birinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish lozim. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun о‘ziga xos xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. “Avesto”da: “Bilim – kо‘zning chirog‘i” deb uqtirilgan. Buning ma’nosi shuki, faqat bilim vositasida inson mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bо‘lishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam bir yoqlama g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “Fikrga qarshi faqat fikr tamoyilining mazmunidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «har bir inson hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ana shunday fikrlarni unib-о‘sib kelayotgan yoshlarning ongiga singdirish ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning otaona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatida, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir»



Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bо‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi

Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bо‘shliqni bartaraf etish biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usuli va yо‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qо‘llaniladi. Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatgan, eski zamonlardan qolib ketayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq sо‘z yuritishimiz zarur. Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch о‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qо‘rqituv, zо‘rlik yо‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida ma’naviy yо‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asosiy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Mamlakatda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urg‘u-aymoqchilik, ekologik muammolar, “ommaviy madaniyat” tajovuzi va hokazolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon bо‘layotir. Ayniqsa о‘rta asr xalifaligini qayta о‘rnatish g‘oyasi hamda xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm markazlari orqali moddiy-g‘oyaviy ta’minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bо‘lib turibdi. О‘ziga xos ma’naviy tahdidlardan yana biri «ommaviy madaniyat» hodisasi hisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» – bir guruh shaxslar tomonidan о‘ylab topilgan va ongli ravishda targ‘ib qilinadigan, biror millat madaniyatiga daxli bо‘lmagan g‘oyalar, odamlar va udumlar yig‘indisidan iboratdir. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida haqiqat va xolislikdan yiroq bо‘lgan, faqat g‘arazli siyosiy manfaatlarni kо‘zlaydigan bunday qarashlar hech kimga naf keltirmasligi va hech kimning obrо‘siga obrо‘ qо‘shmasligini ta’kidlab о‘tar ekan, bu haqda shunday degan edi: “Kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan sо‘ng jamiyatda paydo bо‘lgan g‘oyaviy bо‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini о‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Yot g‘oyaga qarshi biz о‘z olijanob g‘oyamizda maktablarimizda, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, oliy о‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bо‘lgan zararli intilishlarga, xuruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar erkin fikrlarini aytishga о‘rganishlari kerak. Biror shaxs insonda ezgulikka nisbatan yovuzlikning ustuvor bо‘lishini isbotlab bergan emas. Aksincha, insonning beg‘ubor bolalik davri uning ongida ezgulik tuyg‘usini shakllantiradi. Shu ma’noda inson ongi yovuz va johil g‘oyalardan himoya qilinishi kerak. Himoya tizimida bu ish milliy g‘oya asosida inson ongida ezgulik, adolat, haqiqat va mas’uliyat g‘oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik, jaholat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy g‘oyaga ega inson yovuz g‘oyalarni farqlay oladi, bu “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya”tamoyilining mazmunidir. Zero, milliy mafkuramizning maqsad va vazifalari quydagilar bilan belgilangan: 1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish. 2. Shu g‘oya atrofida uyushtirish. 3. G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. 4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish. 5. G‘oyaviy tarbiyalash. 6. G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. 7. Harakat dasturlari bilan bog‘liq.



G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashga intilish hissi inson qalbida e’tiqod, odam qalbidagi dunyoqarash о‘zо‘zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.Chunki eng kuchli qirg‘in qurollari ishlab chiqilgach, sayyoramizni bir necha marta yо‘q qilib yuborishga qodir bо‘lgan yadroviy bombalar zaxirasi tо‘planib qolgan paytda zо‘ravonlik va jaholatga yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Shu boisdan ham mafkuraviy immunitetni shakllantirish hususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish kо‘nikmalaridir. Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz qalbida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bо‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ma’rifat vositasida kurashish deb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi. Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy tahdidlarni asosli fikr, g‘oya va ma’rifat bilan bartaraf etish masalasini ilgari surdi. Bu muhim va ahamiyatli konsepsiyadir. Chunki fikr, g‘oya va ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi. Shu sababli Prezidentimiz ma’naviy qadriyatlar masalasiga alohida diqqat qaratadi. Unga kо‘ra, ma’naviy qadriyatlarga tayanib milliy о‘zlikni saqlab qolish mumkin. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qoidalarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, о‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ma’naviyat nafaqat xalqimizning kо‘pmingyillik tarixi, ijtimoiy taraqqiyotning barcha jabhalariga bevosita ta’sir kо‘rsatgan, ayni chog‘da xalqimiz mentaliteti ham ma’naviy qadriyatlar asosida shakllangan va Sharq sivilizatsiyasi bevosita ma’naviyat, ilm-fan, axloq, ruhiy poklik asosida yuzaga kelgan. Xuddi shu jihatdan ham Sharq insoniyat taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasiga о‘ziga xos madaniyat va ma’rifat olib kirgan. Ma’naviyat о‘z navbatida jamiyatning ham umumiy manzarasiga, ham har bir shaxs intellektual-ruhiy qiyofasiga mutanosib ta’sir kо‘rsatadi. Fuqarolarning ma’naviy-ma’rifiy darajasi esa, о‘z navbatida, jamiyatning umumiy holatini о‘zgartiradi. Yangilangan axloqiy yetuklik va ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotini belgilaydi va yalpi taraqqiyotning yangidan-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi. “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” Albatta bunday omildan barqarorlikni ta’minlashda о‘rinli foydalanish talab etiladi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim-tarbiya tizimi oldiga qator vazifalarni qо‘yadi: Birinchidan, о‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, daxldorlik, vijdon uyg‘oqligi, fidoyilik, el-yurtga sodiqlik, davlat siyosatiga xayrixohlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga alohida e’tiborni kuchaytirish zarur. Ikkinchidan, о‘quvchi –yoshlarda ozd shaxs va erkin fuqaroning asosiy jihatlarini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ular atrofda bо‘layotgan turli voqealarga, g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan о‘z mustaqil fikrini bildirpa olishlari lozim. Ular mafkuraviy xurujlarning ta’siriga, sirtmog‘iga tushub qolmasliklarini ta’minlash davr talabidir. Uchinchidan, ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi о‘rni beqiyos. Chunki odamning kundalik hayotiy faoliyatining moddiy va ma’naviy asoslari birbiriga uyg‘unlashib borishiga erishish talab etiladi. Bozor munosabatlariga о‘tish davrida jamiyat a’zolarining о‘z salohiyati va iste’dodini rо‘yobga chiqarish uchun ularga birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhiti, ham qonuniy, ham amaliy shart-sharoitlar yaratib berdik. Tо‘rtinchidan, istiqlol tufayli о‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari: ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan uyg‘un rivojlanib borishini ta’minlashga keng e ’tibor qaratish lozim.

  1. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari.

Shu bilan birgalikda ma’naviy qashshoqlashuv axborot xurujiga va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladigan ma’naviy immunitetni zaiflashuviga olib keladi. Har qanday g‘oyaviy - mafkuraviy taxdidga qarshi turadigan ma’naviy immunitetni shakllanishi axloqiy tarbiyani kuchayishiga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda qonunga rioya qilish, hamda, tartibintizomni о‘rnatish muhim rol о‘ynaydi. Qonunga rioya qilish, adolatni qaror toptirish odamlarda daxldorlik xissi bо‘lishini talab qiladi. Agar odamlarda loqaydlik kayfiyati kuchli bо‘lsa, qonunga rioya qilishni ta’minlash murakkablashadi. Odamlardagi befarklik hissini bartaraf qilish ma’naviyatning yuksalishi bilan bog‘liq. Ma’naviyati yuksak odamning irodasi kuchli bо‘lib, u adolatsizlikka befarq qarab tо‘ra olmaydi. U jamiyatda dahldorlik hissi bilan yashaydi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotiga tо‘siq bо‘ladigan adolatsizlikni bartaraf qilish odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotish demak. Odamlar о‘zlaridagi befarklikdan halos bо‘lib, daxlodorlik hissi bilan yashashlari uchun ma’naviyat yuksalishi lozim. Chunki ma’naviyat inson irodasini mustahkamlaydi iroda esa kuchli ma’naviy immunitetni shakllantiradi. Ma’naviy tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri — odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotishdan iborat. Buning uchun befarklikni sabablarini topish lozim bо‘ladi. Xо‘sh befarqlikni sababi nimada? Befarklikni sababi nodonlik, egoizm va kolonial davr bulib xisoblanadi. Kolonial davr bu asosan sovetlardan keyingi makondagi davlatlarga taallukli. Chunki usha zamonlarda jamiyatda biror bir muammo paydo bulsa u muammoni markaz xal kilishi kerak bо‘lgan. Sovetlarga qadar muammoni podsho hal kilishi kerak bо‘lgan bо‘lsa, sovetlar zamonida Moskva hal qilishi kerak bо‘lar edi. Biz endi mustaqil davlat ekanligimizni anglab olishimiz va unutmasligimiz lozim. Befarklikni sabablaridan yana biri - egoizm ya’ni о‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qо‘yishdir. Agar odam о‘zida egoizmni jilovlay olsa befarqlikdan xalos bо‘lib daxldorlik hissi bilan yashaydi. Boshqacha qilib aytganda u о‘z manfatini jamiyat manfatiga xizmat qildira oladi. Faqat о‘z manfaatini о‘ylab yashaydigan, egoizmi kuchli bо‘lgan odam adolat bilan razolat urtasidagi kurashda befarq bulib yashaydi. Chunki u razolatni tazyikiga uchrab tinchligi buzilishidan qо‘rqadi. Befarqlikni sabablaridan yana biri nodonlik ekanligini tushinish uchun oldin nodonlik nima ekanligini anglab olish lozim. Nodonlik bu bilmaslik. Nimani bilmaslik? Befarklik oqibatida razolat g‘alaba qozonishini, kimningdir huquqlari paymol qilinishini va xuddi shunday holat ertaga о‘zi bilan takrorlanishi mumkinligini bilmaslik. Agar inson befarklik oqibatida kimningdir hukuqlari paymol qilinishini va ertaga shunday holat о‘zi bilan takrorlanishini bilsa, u xech kachon befark bulmaydi. Muammoning murakkabligi shundaki inson oliy ma’lumotli, hatto fan doktori, professor bо‘lishi mumkin, lekin, ayni bir paytda nodon bulishi xam mumkin. Nodon bulmaslik uchun axlokiy tarbiya negizida ma’naviyat yuksalgan bulishi lozim. Axloqqa rioya qilishni ta’minlovchi kuch - bu avvalo jamoatchilik fikridir. Ammo axloq faqat jamoatchilik fikri bilan mavjud emas. Odamning tabiiy tuyg‘ulari va tarbiya jarayonida shakllangan burch hissi muayyan axloqiy xattiharakatga olib keladi. Axloqiy meyorlar yoki tamoyillar odam ongida buyruq shaklida paydo bо‘ladi va kishilarni ezgu ishlar qilishga undaydi, yovuzlikdan, razolatdan asraydi. Bunday buyruqlar «Tuhmat qilma», «Yolg‘on sо‘zlama», «О‘zgalar takdiriga befarq bо‘lma», «Boshiga kulfat tushgan odamga yordam ber», «Zaif, nochor odamlarni qо‘llab-kuvvatla» va shu kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo ushbu buyruqlar qandaydir tashqi ta’sirdan emas, balkim insonning e’tiqodidan, ichki sabablar asosida kelib chiqishi lozim. Masalan, «Tuhmat qilma» degan buyrukda bir odam boshqa odamga tuhmat qilmasligiga ijtimoiy zarurat borligini anglab yetishi kerak. Agar odamlar о‘rtasida tuhmat, yolgon gapirish kо‘paya borsa, bunday jamiyat boshqarib bо‘lmaydigan son-sanoqsiz ziddiyatlardan iborat bо‘lib qoladi va muqarrar halok bо‘ladi. Shu о‘rinda Muhammad payg‘ambar (a.v.s.)ning quyidagi hadislarini eslash lozim. Hadisda shunday deyiladi: «Shariatga qarshi borish, ota - onaga itoat qilmaslik va yolgon gapirish, tuhmat qilish gunohi azimdir» 1 . Demak, axloqiy tamoyillar kishi ongida buyruq shaklida paydo bо‘lib, о‘sha buyruqni bajarish uchun ijtimoiy zarurat borligini anglatadi. Ammo biz bu zaruratni burch sifatida idrok etib, shu ishdan kо‘zlangan maqsadni qabul qilamiz va ma’qullaymiz, unga yetish uchun harakat kilishga tayyorligimizni bildiramiz. Shunday qilib, axloqiy meyorlar odamning xatti-harakatini, faqat, obyektiv qoidalar bilangina emas, balki burch, vijdon talablari bilan ham tartibga solib turadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, axloqiy xatti-harakat insoniy jamiyat taraqqiy etib borishi bilan boyib boradi va shuning uchun axloq har doim ham rasm bо‘lgan qoidalarga bо‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik, yangilikka intilishlik yoki qahramonona xatti-harakat yangi fikrni, ya’ni axloqiy mezonni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, Milliy istiqlol g‘oyasining inson qalbiga singdirilishi unda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi maqsadida xizmat qiladigan mas’uliyatni shakllantirishi mumkin. Bu mas’uliyat fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda о‘tmish ajdodlari va kelajak avlod oldida javobgarlikni, burchni his qilish tuyg‘usini hosil qiladi. Bunday burch esa odamlarni jamiyat manfaati yо‘lida fidokorona xatti-harakatlarga undaydigan ma’lum bir axloqiy meyorlarni yuzaga keltirib ma’naviy immunitetni mustahkamlaydi. Demokratik davlatdan fuqarolik jamiyatiga о‘tish jarayonida tarbiya jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki jamiyatni tartibga soluvchi ijtimoiy regulyator bо‘lgan axloq о‘z-о‘zidan shakllanmaydi. Biz doimo boy ma’naviy merosimizni, urf-odat, an’analarimizni zamon talablaridan kelib chiqib boyitib borishimiz lozim. Ana shunda biz fuqarolik jamiyati sharoitida yashay oladigan, yetuk fuqarolik munosabati shakllangan va yuksak ma’naviyatga ega bо‘lgan kishilarga ega bо‘lamiz. Bu esa ozod, obod va farovon jamiyat kurishning muhim omilidir. Zamonamiz mohiyati bо‘lgan fuqarolik jamiyatining shakllanishida va xalqimiz hayotini farovon qilishda yuksak ma’naviyat asosiy me’zon hisoblanadi. Yuksak ma’naviyatning shakllanishida esa axloqiy tarbiya asosiy omildir. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asaridagi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini odamlar ongiga va qalbiga singdirish bosh maqsadimiz bо‘lgan farovon jamiyatni kurishga xizmat qiladigan yuksak ma’naviyatni shakllantiruvchi manba bо‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. Chunki asarda ma’naviyatning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyati tо‘liq yoritib berilgan. Buni ma’naviyatga berilgan tugal ta’rifdan ham kо‘rsak bо‘ladi: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon - e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir» 1 . Ushbu ta’rifdagi ruxan poklanish va kalban ulgayish g‘oyalari buyuk Ibn Sinoning ulug‘ Tangri inson yuragida ikkita bо‘shliq yaratdi, shundan chap bо‘shligini ruhga о‘rin qilib yaratdi degan sо‘zlari bilan uyg‘unlashib ketganligi uni naqadar tugal va mukammalligini kо‘rsatib turibdi. Jamiyatda ma’naviy immunitetni mustahkamlaydigan axloqiy tarbiyani rolini yanada oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: -Jamiyatni ilm va ma’naviyat boshkargan taqdirdagina tartib, tarakkiyot va farovonlikni ta’minlash mumkin. Ma’naviyat jamiyat tarakkiyotini asosiy sharti bulgan ijtimoiy tartibni о‘rnatishda va har qanday tashqi tahdidga qarshi tura oladigan ma’naviy-immunitetni shakllanishida muxim axamiyatga ega. - Jamiyatda ma’naviyatni qadr topishi hokimiyat tizimida ma’naviyatni yuksalishiga bog‘liq. Hokimiyatni ma’naviy yuksalishi esa saylov jarayonida nomzod kо‘rsatishga ma’naviy salohiyat asosiy mezonlardan biri bо‘lishiga bog‘liq. Chunki ma’naviyatni qadrlash uchun о‘sha odamning о‘zida ma’naviyat yuksak bо‘lishi lozim. - Jamiyatda ma’naviy yuksalish О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarlaridagi g‘oyalarni odamlar ongi va qalbiga singdirilishiga bog‘liq. Bu borada davlat va fuqarolik jamiyati о‘rtasida ijtimoiy xamkorlik alohida axamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fukarolik jamiyatini shakllanish jarayonida odamlarning xuquqlari ortishi oqibatida xulqni erkinligi kengayishi va u esa о‘z navbatida tо‘g‘ri yо‘ldan og‘ish holatlarini keltirib chiqarishi ushbu jarayonda ijtimoiy ahlok negizida ma’naviyatni yuksalishini taqozo etadi. Bizning mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ma’naviyatni yuksaltirishga qodir, yetuk ma’naviy salohiyatga ega bо‘lgan xalq va lider mavjuddir. О‘tmishga sadoqat, hozirgi kunga kadr va kelajakka umid bilan karash xalkimiz ma’naviy immunitetini yengilmas kuchga aylanishini muhim omilidir.



  1. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar. Bugungi kunda Prezidentning ta’biri bilan aytganda “Mafkura poligonlari yadro poligolaridan ham kо‘proq kuchga ega” 15 . Shu bois mafkuravy tazyiq masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Ma’lumki, sovuq urush tugagandan sо‘ng sobiq sovet mafkurasi barham topdi va о‘rnida g‘oyaviy bо‘shliq shakllanish havfi paydo bо‘ldi. Bu esa ma’naviy sohadagi ishlarni jonlantirishni talab etadi. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin. Dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning о‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni о‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Biror-bir hudud yoki mamlakatda paydo bо‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning mafaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Shu ma’noda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir” 1 , - deb ta’rif beradi Prezidentimiz. XX asrning 80-90 yillari va XXI asr bо‘sag‘asiga kelib dunyoning siyosiy manzarasi tubdan о‘zgardi, ikki qutbli dunyo barham topdi. Nisbiy muvozanat buzildi. Dunyodagi ikki qutbning biri bо‘lgan sotsialistik lager tarqalib ketdi. Uning eng katta va totalitar tuzum bо‘lgan asosiy davlati-sobiq ittifoq о‘tmishga aylandi. Bu davlatning о‘rnida mustaqil davlatlar yuzaga keldi. Bu davlatlar о‘z milliy davlatchilik an’analarini tikladi.
    Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tomoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir. Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar orzusi bо‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviy manzarasida turli vositalar orqali о‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajavuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy ekstremizm kabi siyosiy, kuchlar va oqimlar ham bor. Bunday g‘ayriinsoniy, bugungi g‘oyalar xalqlar boshiga sо‘ngsiz kulfatlar keltirib, insoniyatning tinchligi, osoyishtaligini buzib, odamlar ongiga turli balolar yog‘dirmoqda. Afg‘onistonda 25 yildan ortiq davom etayotgan birodar kushlik urushi, Bolqon mintaqasida mustahkam tinchlik о‘rnatishga haligacha erishilmagani ana shunday bugungi g‘oyalarning ta’siri oqibatidir. XX asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib bordiki, bu jarayondan о‘zini tо‘la ajratib olgan birorta davlat yо‘q deb tо‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bо‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan tо‘liq javob olishimiz mumkin. “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini kо‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim. Eng yomoni bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni, ayniqsa, yoshlarni о‘zi tug‘ilib о‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bо‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilgani bilan xavflidir. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar uning ta’siriga kо‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa kо‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga о‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shunday jarayonlarning har bir mamlakatga о‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini о‘rganish lozim. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur о‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, ma’naviyatini “tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qо‘yish” bilan barovar bо‘lar edi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari о‘tkazgan va о‘tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalari sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...bugungi zamonda mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kо‘proq kuchga ega” 1 dir. Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga bnrilayotgan bilimlar obyektiv, voqelikni tо‘liq va tо‘g‘ri aks ettirishi, jamiyat taraqqiyotiga, Vatan va halq manfaatlariga, qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bо‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bо‘ladi. Ularni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga munosib zarba beradi. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bо‘lib, u о‘z mohiyatiga kо‘ra, yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularning yо‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar, g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini о‘z ichiga oladi.

Hozirgi davrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alariga bо‘linishi geografiya darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonnning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud davlatlarning chegaralarini xisobga olgan holda ham yer yuzining hududiy bо‘linishini ham bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga, axborot oqimining tezlashuvi davridamiz. Bunga shak-shubxa yо‘q. Ammo tarixda mavjud chegaralarni о‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun sonsanoqsiz urushlar bо‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib yorganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kо‘proq bir davlat ichida, ikki davlat о‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bо‘lishi mumkin edi. Tо‘g‘ri, aytaylik, Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki о‘rta asrlardan boshlab Yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari kо‘lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‘i kerakka о‘xshaydi. XX asrda rо‘y bergan ikkita jahon urushida о‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada о‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi о‘z maqsadlari yо‘lida о‘zgartirmoqchi bо‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimida bunday tahdidlarga qarshi kurashda quyidagi vazifalarni asosiy e’tiborni qaratish zarur: Birinchidan, Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan sodir etilayotgan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish hissi ba’zilarni tark etmayapdi. Uning zararli oqibatlarini, kо‘zlangan maqsad-manfaatlarni, uni amalsha oshirish usul va vositalarini keng tahlil etib borish zarur. Ikkinchidan, milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni kо‘zlayotgan, xalifalikni tiklashga, uning tо‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar xamon uchraydi. Bu hol aynan millat sifatida о‘zligimizni anglashga yо‘l qо‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. О‘zbekiston dunyoviy kо‘p konfessiyali, kо‘p millatli davlat. Undagi taraqqiyot ijtimoiy hamkorlik, milliy totuvlikka bog‘liq ekanini ta’kidlash zarur. Uchinchidan, mafkuraviy profilaktika bilan bog‘liq ma’rifiy chora-tadbirlar tizimini yanada kuchaytirish talab etiladi Tо‘tinchidan, mafkuraviy immunitetni yuksaltirish, uni tashkil etuvchi elementlarni yanada qaror toptirish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish ustida tinimsiz ishlash talab etiladi.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, inson o’zligini anglashi dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo’lmasdan , dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o’rganish va bilish doimo izlanishda bo’lsa albatta “Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha oladi.

Ma’naviy dunyosi yuksak, teran bilimli odam hayot yo’llarida o’zini yo’qotmaydi, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata oladi, o’zgalarning ta’siriga berilmaydi. Ma’naviy qashshoq insonning jaholat komiga tushishi oson. Biz bugungi kun yoshlari teran fikrlamog`imiz kerak. Har xil insonlar qatoriga qo`shlimasligimiz o`z fikrimizga ega bo`lmog`imiz kerak. Fikrga qarshi – fikr, g‘oyaga qarshi – g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat orqali kurash g‘oyasi shiori ostida barchamiz bahamjixat bo‘lib, milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga yanada chuqurroq singdirishimiz va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari: 1. Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996. 2. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Asarlar, 2-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996. 3. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar, 3-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996. 4. Karimov I. A. Havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. Asarlar, 6-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1998. 5. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Asarlar, 10-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2002. 6. Karimov I. A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. Asarlar, 13-jild. –T.:«O‘zbekiston», 2005. 7. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.:«Ma’naviyat», 2008. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, uni O‘zbekiston sharoitida bartaraf etishning yo‘llari va choralari – Toshkent, O‘zbekiston, 2009. 8. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent.: «O‘zbekiston», 2011.
Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə