M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

Аsosiy vositachi
– yuridik shaxs bo‘lib, uning taklifi 
buyurtmachi tomonidan qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni 
bajaralishiga javobgar.
Taʼminotchilar
– subshartnomachilar, ular shartnoma asosida 
turli xil yetkazib berish ishlari – materiallar, uskunalar, transport 
vositalari va boshqalarni amalga oshiradi.
Ruxsatnoma beruvchilar
– tashkilotlar bo‘lib, yer maydoniga 
egalik qilish huquqi, savdo qilish, maʼlum turdagi ish hamda xizmatlar 
va hokazolar uchun ruxsat beradi. 
Hukumat tashkilotlari
– o‘z manfaatlarini loyiha ishtirokchilarida 
soliq solish yo‘li bilan qondiruvchi tomon bo‘lib, loyihani amalga 
oshirish bilan bog‘liq.
Yer maydoni egasi
– yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib, loyiha 
jalb qilingan yer maydoni egasidir. Yerga egalik qilish yoki 


20 
foydalanish huquqini shartnoma asosida beradi va buyurtmachi bilan 
aloqaga kirishadi. 
Loyihaning yakuniy mahsuloti ishlab chiqaruvchisi
hosil 
bo‘lgan asosiy foizlardan foydalanishni amalga oshiradi va yakuniy 
mahsulotni ishlab chiqaradi.
Yakuniy mahsulot isteʼmolchilari
– yuridik va jismoniy shaxslar 
bo‘lib, mahsulot sotib oluvchilari va foydalanavchilaridir, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarga talablarni 
belgilab unga talabni shakllantirishadi.
2.6. Loyihalar tahlili tuzilmasi 
 
Loyihalar tahlili
– 
xarajatlar va daromadlar hamda loyiha bilan 
bog‘liq bo‘lgan qaltislikni (tavakkalchilikni) tizimli baholash
va ochib 
berish asosida loyihalarni tayyorlash, baholash va tanlab olish usulidir. 
Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining dastlabki bosqichida, 
yaʼni uni qabul qilish yoki qilmaslik to‘g`risida qaror qabul 
qilingungacha amalga oshiriladi.
Loyiha tahlilida daromadlar va xarajatlar quyidagi 7 nuqtayi 
nazardan turib baholanadi va ular loyiha tahlilining 7 bo‘limini tashkil 
etadi. 


Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə