Madaniyat, din va ahloq sotsiologiyasi



Yüklə 107,27 Kb.
səhifə1/6
tarix20.04.2022
ölçüsü107,27 Kb.
#85692
  1   2   3   4   5   6
madaniyat din va ahloq sotsiologiyas


Aim.uz

Madaniyat, din va ahloq sotsiologiyasi.
1. Madaniyat sotsiologiyasi

2. Din va diniy munosabatlar sotsiologiyasi.

3. Ahloq sotsiologiyasining mohiyati.
«Madaniyat» (arabcha «madaniyat» — madinalik, shaharlik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik) — kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va usullari majmui. «Madina» so‘zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi — Madina shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta’lim-tarbiyani asosan Madinada olganlar. Madaniyat moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o‘zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta’lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, turmush tarzi kabilar bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi.

Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda — madaniyat tushunchasi insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining yig‘indisini aks ettiradi. Tor ma’noda — madaniyat tushunchasi jamiyatning ma’naviy-estetik turmushi darajasini ifodalash uchun qo‘llaniladi.

Madaniyat atamasi keng ma’noda qo‘llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlar majmui, biror ijtimoiy guruh yoki xalqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilik hamda turmushning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan shartlari yig‘indisini bildiradi. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra 2000 yil «Xalqaro tinchlik madaniyati yili» deb e’lon qilinganliga bejiz emas.

Sotsiologiyada «madaniyat» tushunchasi matematikadagi «sonlar», fizikadagi «gravitasiya», ximiyadaga «modda» tushunchalari kabi muhim ahamiyatga ega. Madaniyat — insonlar faoliyat natijalarining majmui o‘laroq o‘zida ikki holatni, ya’ni madaniy statikani (madaniyatning nisbatan turg‘un ko‘rinishlari) va madaniy dinamikani, ya’ni madaniyatning o‘zgaruvchan jihatini mujassamlashtiradi.

Madaniyat hodisasi XX asr boshlaridan e’tiboran sotsiologiyaning alohida yo‘nalishi sifatida tadqiq etila boshlandi. Bugungi kunga kelib, madaniyat keng tasnif doirasiga ega bo‘lgan hodisa sifatida moddiy va ma’naviy, ommaviy, me’yoriy (normativ), siyosiy, axloqiy, huquqiy, an’anaviy, mehnat-kasbiy, ishlab chiqarish va h.k. madaniyat xillariga ajratilgan holda tadqiq etilmoqda.

Madaniyat kishilarning yaratuvchilik faoliyati, maqsadli sa’y-harakatlari natijasida moddiy va ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.

Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni asosan moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi — moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq. Moddiy madaniyat moddiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq ijtimoiy faoliyatning barcha sohalari va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyat tushunchasi doirasiga texnika vositalari, uy-joylar, binolar, arxitektura obidalari, kiyim-bosh, uy-ro‘zgor buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan narsalar ham kiradi.

Ma’naviy madaniyat ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllariga ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli shakllari, ya’ni tabiiy va ijtimoiy borlik to‘g‘risidagi har xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar, ta’limotlar, ilmiy bilimlar, san’at asarlari, axloqiy va huquqiy normalar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, din va h.k. ana shunday faoliyat natijasidir.

Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Birinchidan, har ikkalasi ham madaniyatning uzviy, o‘ziga xos udumlari ekanligini unutmaslik kerak, ikkinchidan, inson faoliyatining mahsuli bo‘lgan ko‘pgina narsalar ham aqliy, ma’naviy, ham jismoniy mehnat natijasi sifatida paydo bo‘ladi.

Madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi vorisiylik an’analariga bog‘liq bo‘lib o‘zidan oldingi avlodlar yaratgan qadriyatlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi va yangi qadriyatlar yaratish yo‘lida tayanch vazifasini o‘taydi. Ana shu ikki jarayon — eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi ob’ektiv zaruriy bog‘lanish vorislik deb ataladi. Lekin bunda tarakkiyotga, xizmat qiladigan progressiv vorislikni unga to‘siq bo‘ladigan reaksion vorislikdan farqlash lozim bo‘ladi. Madaniyatga ijobiy (pozitiv) va salbiy (negativ) ta’sir etuvchi vorislik ham mavjud.

Madaniyatda an’analar omilining roli beqiyos. Xalq ma’naviy merosi, an’ana va urf-odatlar tufayli kishilarning tarixiy, madaniy tajribasi to‘planib avloddan-avlodga o‘tib boradi. Madaniy an’analar deganda, faqat marosim va urf-odatlarnigana tushunmaslik kerak. Madaniy an’analar ayni vaqtda avloddan-avlodga o‘tib boradigan; tarixan qaror topgan va ijtimoiy ongning tarkibiy qismiga aylangan g‘oyalar va bilimlar, qadriyatlar, qarashlar va tasavvurlar, xulq va did normalari va h.k. kabi omillarni ham o‘z ichiga oladi.

Madaniyat bevosita qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning turlari quyidagilar:

1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.

2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‘ladigan axlokiy qadriyatlar.

3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko‘nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.

4. Odamlar o‘rtasadagi jamoaviylik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.

5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.

Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o‘z navbatida umuminsoniy qadriyatlar, mintaqaviy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, diniy qadriyatlar turlariga bo‘linadi.

Madaniyat sotsialogiyasida ijtimoiy institutlar muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy institutlar deganda kishilarning ijgimoiy faoliyatlari tashkillanadigan va amalga oshiriladigan muassasalar va ularda ijtimoiy fe’l-atvor, harakatlarning muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Ijtimoiy institut-larning ko‘rinishlari:

muvofiqlashtiruvchi (relyasion) institutlar (jins, yosh, kasb turi, qobiliyatlarga oid mezonlarni aniqlab beruvchi ijtimoiy institutlar).

Boshqaruv(idora etish) institutlari.

3) Birlashtiruvchi; (integrativ, uyg‘unlashtiruvchi) institutlar,

4) An’analar bilan bog‘liq ijtimoiy xulqni muvofiqlashtiruvchi institutlar (odatlar, marosimlar, qarindosh-urug‘chilik munosabatlaridan iborat faoliyatlarni tashkillovchi)

5) Madaniy ijtimoiy institutlar (din, san’at, adabiyotga doir faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi).

Madaniyat sotsiologiyasida odamlarning intellektual, axloqiy, estetik fazilatlari, amaliy sa’y-harakatlariga intilish, qiziqish hamda ehgiyojlari muhim ahamiyatga ega.

Madaniyat hodisasi taraqqiyot, sivilizasiya tushunchalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bu boradagi aloqadorlik xususida ham alohida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.

«Sivilizasiya (lot. fuqarolik, fuqarolikka oid, davlatga oid degan ma’nolarni bildiradi). Bu tushunchani shotland tarixchisi va faylasufi A. Ferposson (1723-1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan bo‘lsa, fransuz ma’rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyatga xos bo‘lgan atama ma’nosida ishlatgan edilar.

Har qanday sivilizasiya:

1) muayyan ijtimoiy ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasiga,

2) rivojlanib boruvchi madaniy aloqalar, qadriyatlar, falsafiy qarashlar, odob-axloq normalariga,

3) ijtimoiy hamkorlikning pozitiv shakl va uslublariga ega.

Demak, sivilizasiya — jamiyat rivojidagi mantiqiy, progressiv bosqich bo‘lib, ijtimoiy va madaniy rivojlanish darajasi sifatida madaniyat tushunchasi bilan bevosita. bog‘liqdir.

Madaniyat sotsiologiyasi o‘z predmetini oydinlashtirishda, madaniy statika (muvozanat) hamda madaniy dinamika (rivojlanish) iboralarini qo‘llaydi.

Madaniy statika (muvozanat) elementlariga moddiy madaniyat va nomoddiy (ma’naviy) madaniyatga xos bo‘lgan omillar, erishilgan natijalar kiradi.

Madaniyat hodisasi madaniyat majmui omilini ham o‘z ichiga olgan.

Madaniyat kompleksi (majmui) madaniy ob’ektlar va xislatlarning yig‘indisi bo‘lib, unga:

madaniy reallik;

madaniy meros;

madaniy msrosning ahamiyati;

uning ob’ektiv bahosi;

madaniy universitetlar;

turmush tarzi tushunchalari kiradi.

Bundan tashqari, madaniyat sotsiologiyasida madaniy yoki ijtimoiy normalar kategoriyasi ham bo‘lib, unga odamlardagi ko‘nikmalar, did, qiliq, qadriyatlar, diniy e’tiqodlar, odatlar, an’analar, bilim va ilm, rasm-rusumlar, jamiyat a’zolarining axloq kodeksi va boshqalar kiradi.

Madaniyat shakllari.

Asosan uch turli madaniyat shakli farqlanadi:

1.Elitar madaniyat

2.Xalq madaniyati

Z.Ommaviy madaniyat


1. Elitar madaniyat (fransuzcha — «eng sara» so‘zidan olingan) — har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv jihatlarini muvofiklashtirish hamda rivojlantirish funksiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi nazariyalar dastavval Platon, Aristotel, Nisshe va boshqalarning qarashlarida bayon qilingan bo‘lib tizimli ko‘rinishga XX asr boshlarida V. Pareto, G. Moska, Mixelslar tomonidan keltirilgan. hozirgi G‘arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita hokimiyatga yo‘nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), jamiyatda eng ko‘p obro‘, maqom, boylikka ega bo‘lgan, ommaga nisbatan aqliy va axloqiy ustunlikka ega odamlar (X.Ortega-i-Gasset)„ jamiyatning noijodiy ko‘pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng malakali mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilar (texnologik determenizm)dir, deb izohlanadi.hozirgi zamon sotsiologiyasining yirik olimlari Mills, Rismen, Bell asarlarida elita nazariyasi yanada rivojlantirilmoqda.

Kiborlar (yuqori toifa axoli) madaniyati esa jamiyatning imtiyozli tabaqalariga mo‘ljallangandir. «Sanat san’at uchun» qoidasi madaniyatda nafis san’at, mumtoz musiqa, faqat kiborlargina mutoala qiladigan badiiy adabiyot namunalarini nazarda tutadi. Bunday madaniyat namunalari murakkab bo‘lib, ular maxsus intellektual-estetik maqomga ega bo‘lgan, yuksak did vakillari uchun yaratiladi.

2.Xalk madaniyati aholi orasidan yetishib chiqqan, favqulodda iste’dodga ega shaxslar tomonadan bunyod bo‘lgan madaniyat. Xalq ijodining mualliflari odatda noma’lumdir. Jumladan, afsonalar, ertaklar, dostonlar («Go‘ro‘g‘li», «Alpomish» va h.k.) shular jumlasidan bo‘lib, ular yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (qo‘shiq yoki o‘yin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayillar, xalq bayramlari) ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin.

Z.Ommaviy madaniyat — XX asr o‘rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo‘lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo‘lgan madaniyat namunalari (ommaviy estrada musiqasi, sirk va h.k.). Ommaviy madaniyat odatda kiborlar yoki xalq madaniyatiga nisbatan kamroq badiiy qadrga ega va u omma tomonidan o‘zlashtirilishiga mo‘ljallab yaratiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, milliy istiqlol g‘oyasi «Madaniyat va san’at sohalari faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga, g‘oyaviy badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yosh asarlarning yetakchi o‘rnini egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 107,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə