Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
madaniyatshunoslik

5.  Madaniyat  ekologiyasi 
–  zamrnaviy  inson  hayot  faoliyatining  barcha 
sohalarini,  jamiyatning  hamda  insonning  individual  hayotini,  tabiat  bilan  o‘zaro 
munosabatlarini qamrab oladi. Bu madaniyatshunoslik tadqiqotidagi eng yangi  va 
faol rivojlanayotgan sohalardan biri. 
Madaniyatshunoslik  fanining  asosiy  muammosi  inson  hisoblanadi,  zero 
madaniyat-  bu  inson  yaratgan  narsalardir.  Madaniyatshunoslik  insonning  olam 
bilan  faol  munosabatlarini  va  bu  munosabatlar  uning  hayot  tarzida  namoyon 
bo‘lishini, shaxsning jamiyatdagi madaniy faoliyatini, madaniyatlar tipologiyasini 
o‘rganadi.  
«Madaniyat»  atamasi  hozirgi  zamon  ilmiy  adabiyotlarida  rang-barang 
ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga 
ko‘ra  aynan  bir  ma’noni  anglatib,  lotincha  «ishlov  berish»,  «parvarish  qilish» 
ma’nosini  anglatgan.  Keyinchalik  «ma’rifatli  bo‘lish»,  «tarbiyali»,  «bilimli 
bo‘lish»  mazmunida  ishlatilgan.  O‘zbek  tilida  keng  ishlatiladigan  «Madaniyat» 
atamasi arabcha «madina» - «shaharlik» degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik 
madaniyatshunos  olimlar  A.Kreber  va  K.Klakxonlarning  1952  yildagi 
ma’lumotlariga  ko‘ra  madaniyat  hodisasiga  berilgan  ta’rif  164  ta  bo‘lsa,  so‘nggi 
adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni
2
 tashkil etadi. 
                                           
2
 Л.Ч.Кертман, История культуры стран Европы Америки. -М. 1987 . 14-бет. 


 
 
 

Madaniyat  hodisasi  tavsifiga  juda  ko‘p  izohlar  mavjud  «insoniyatni  yashash 
usuli; insonning ijtimoiy to‘laqonli faoliyati», «inson tomonidan yaratilgan muhit», 
«sotsial  organizm»,  insoniyat  yaratgan  moddiy  va  ma’naviy  qadriyatlar  majmui; 
sun’iy  –  ikkinchi  tabiat;  inson  ijodiy  faoliyati  mahsuli;  umuman  jamiyat; 
jamiyatning  ma’naviy  holati;  jamiyat  sifati;  shartli  belgilar  tizimi  yig‘indisi; 
me’yor va andozalar va hokazo. 
G‘arbiy  Evropada  madaniyat  tushunchasi  XVIII  asrning  oxiridan  e’tiboran 
hozirgi  mazmunini  kasb  etgan  bo‘lsa-da,  u  faqat  XX  asrga  kelib  ijtimoiy  va 
gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o‘rin oldi. Kishilik jamiyatining 
keng  ko‘lamli  va  doimiy  ravishda  o‘zgarib  boruvchi  ma’lumotlarini  muayyan 
tartibga  solishga  yordam  beruvchi,  umumlashtiruvchi  tushunchalarga  bo‘lgan 
ehtiyoji  madaniyatshunoslik  fanini  yaratilishiga  sabab  bo‘ldi.    Qalimgi  Rimda 
“Madaeniyat”-tushunchasi  “hayotni  ma’naviy  jihatdan  yanada  yaxshilashga  va 
tozalashga  qaratilgan  g‘amxo‘rlik”  degan  ma’noda  ham  foydalanilgan. 
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  mashhur  Rim  faylasufi-notiq  Sitseron  ham  “ruhiyat 
madaniyati”  atamasini  ishlatgan.  Evropa  xalqlari  XVIII  asrningoxirlarigacha 
“Madaniyat”  atamasi  aqlii-axloqiy  madaniyat  tushunchasi  bilan  yonma-yon 
ishlatilgan.  Ko‘rinib  turibdiki,  “Madaniyat”  tushinchasi  xilma-xil  talqiniga 
qaroamay qadimdan hozirgi kungacha o‘z mohiyatini o‘zgartirmagan.  
Hozirgi  davrdagi  madaniyatning  ilmiy  tushunchasi  insoniyat  tomonidan 
yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatning  o‘ziga xosligini 
anglashi  natijasida  vujudga  keldi.  Insoniyat  “Tabiiy”  turmush  tarzi  asosida 
yashagan davrda: ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvachilik va 
dehqonchilik  bilan  shug‘ullangan  vaqtlarida    madaniyat  to‘g‘risidagi  fikrning 
tug‘ilishi munozaralidir. Oddiy bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda insoniyat o‘z 
madaniyati bilan  “qo‘shilib” yashagan. Urf odatlar, e’tiqodlar, hayotning moddiy 
va  ijtimoiy  shakllaridan  unchalik  farq  qilmagan.  Madaniyatning  avtonomiyasi 
namoyon bo‘lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning 
ijtimoiylashuviga  erishish  talab  etildi.  SHu  asosda  madaniyat  asta-sekinlik  bilan 
insoniyatdan  tobora  ko‘proq  mustaqil  bo‘lib  bordi.  Insonning    madaniyatga 
tobe’ligi ortdi. Hozirgi postindustrial jamiyatlardagi ekologik, ma’naviy va axloqiy 
sohalardagi  mavjud  muammolar  fikrimizning  dalilidir.  SHuning  uchun 
madaniyatni  fenomen  sifatida  idrok  etish,  uning  rivojlanish  qonunlarini  tushunish 
va  shu  tushunchalar  asosida  madaniyatni  boshqarishga  o‘rganish  zaruriyat  bo‘lib 
qoldi. 
Insoniyat  jamiyati  doimiy  rivojda  bo‘lib,  u  o‘zgarib  takomillashib  boradi. 
Turli  tarixiy  davrlarda  va  xilma-xil  madaniyatlarda  odamlar  dunyoni  o‘zgacha 
anglaydilar  va  qabul  qiladilar,  o‘zlariga  xos  ravishda  tasavvurlari  va  bilimlarini 
hosil  qiladilar.  Biz  hozirgi  davrdagi  mavjud  muammolarga  o‘xshash  bo‘lgan 
to‘siqlarni  o‘tmishda  odamlar  qanday  qilib  engib  o‘tganlarini  o‘rgana  borib 
o‘tmishga  savollar  bilan  murojaat  qilamiz,  o‘tmish  bizga  javob  qaytaradi  va  shu 
bilan  o‘tmish,  hozirgi  zamon  va  kelajak  o‘rtasida  doimiy  muloqot  bo‘lib  turadi. 
Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan 
va  yaratilishi  davom  etayotgan  ma’naviyat,  ruhiyatning  o‘ziga  xosligini  anglashi 
natijasida vujudga keldi. 


 
 
 

Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning eng muhim jabhalaridan 
biridir.  Madaniyatsiz  jamiyat  bo‘lmaganidek,  madaniyat  ham  jamiyatdan 
tashqarida  mavjud  bo‘lmaydi.  Murakkab  ijtimoiy  voqelik  sifatida  madaniyatning 
o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  u  insoniyat  avlodlarining  mehnati  va  bilimlarini 
o‘ziga  singdirib  oladi,  saqlaydi  va  doimiy  boyitib  boradi.  Madaniyat  ijtimoiy 
hayotning  vorisligi,  qadriyatlarini  to‘plash  va  ularni  kelgusi  avlodlarga  etkazib 
berish bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarni ifodalaydi. 
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o‘rni, 
jamiyatning  mazmuni  va  tahlil  qilinayotgan  ijtimoiy  borliqning  xususiyatlarga 
bog‘liqdir.  Ijtimoiy  jarayon,  kishilarning  hatti-harakati,  ya’ni  sotsial  faoliyati 
madaniy  ideallarni,  qadriyatlarni,  normalarni  qator  toptirilishi  yoki  barham 
berilishida  vosita  vazifasini,  shuningdek  kishilarning  ijtimoiy  va  shaxsiy 
munosabatlarining  shaxslararo  va  guruhlararo  aloqalari  shakli  vazifasini  ham 
bajaradi. 
Madaniyat  ijtimoiy  hayotning  tarkibiy  va  funksional  jabhalarida  ifodalanadi. 
SHu  jihatdan  jamiyat  madaniyatni  vujudga  keltiradi.  Jamiyatda  vujudga  kelgan 
madaniyat  qanchalik  murakkablashib,  boyib  borsa,  uning  insonga  va  jamiyatga 
ta’siri  mukammallashib  nisbiy  mustaqilligi  kuchayib  boradi.  Masalan,  Antik 
jamiyat  allaqachon  o‘tmish,  tarixga  aylangan  bo‘lishiga  qaramasdan,  o‘sha  davr 
madaniyati hozirgi kunda  ham  o‘z  ahamiyatini  saqlab kelmoqda.  Uning  insoniyat 
va jamiyat taraqqiyotiga saboq beradigan  jihatlari beqiyosdir. SHu tufayli ham biz 
bu  davr  madaniyatini  mukammalroq    bilishga  intilamiz.  Demak,  madaniyatga 
jamiyatning  mahsuli,  faoliyat  uslubi  sifatida  qaralsa-da,  ayni  paytda  har  bir 
jamiyatni u yoki bu konkret madaniyatning shakllanish manbai tarzida e’tirof etish 
mumkin. 
Ijtimoiy  taraqqiyot  faoliyat  va  madaniyatning  o‘zaro  munosabatlarida 
o‘zgarishlarga  olib  keladi.  An’anaviy  va  industrial  jamiyatlarda  informatsion 
faoliyat  mustaqil  sohani  tashkil  etgan  bo‘lsa,  «kompyuter  inqilobi»  sharoitida 
informatsiyalar,    yangi  texnologiyalar  yaratish  alohida  turdagi  faoliyat  sifatida  
shakllandi,  informatsiya  qimmatbaho  tovarga  aylandi,  informatsion  faoliyatidagi 
bilimlar sintezi tizimidagi murakkab o‘zgarishlar qaror topgan muhim g‘oyalar va 
qadriyatlarga  ta’sir  etdi.  Ma’naviy  madaniyat  informatsiyalarning  zahiralari 
to‘planishi  natijasida  sivilizatsiya  taraqqiyotda  tashkilotchi  va  xarakatga 
keltiruvchi  faktorga  aylandi.  Buning  oqibatida  faoliyat  va  madaniyatning  o‘zaro 
munosabatlarida  o‘zgarishlar  boshlandi.  Agarda  dastlab  madaniyat  faoliyatning 
mazmuniga  to‘liq  bog‘liq  bo‘lgan  bo‘lsa,  sivilizatsiya  jarayonlari  ta’sirida 
faoliyatning ko‘proq madaniyat ishtirokida shakllanishi kuzatilmoqda.  
Jamiyat  taraqqiyotida  tarixiy  inersiyaning    ta’sirini  ham  hisobga  olish  kerak. 
Inersiyaning  ta’sirida  insoniyat  bajarishi  lozim  bo‘lgan  vazifalardan  tamoman 
boshqa  narsalar  bilan  mashg‘ul  bo‘ladi.  CHunki  jamoa  tafakkuri  qiyinchiliklar 
bilan qayta quriladi. Moddiy boyliklarni qisqa vaqt ichida yo‘q qilish va yoki buzib 
tashlash mumkin, lekin ma’naviy qadriyatlardan tezda voz kechib uning yangisini 
qabul qilib bo‘lmaydi. Rossiya imperiyasi va sovetlar tuzumining milliy ma’naviy 
qadriyatlarimiz, urf odatlarimiz va an’analarimizni «zamonaviylashtirish» borasida 
olib borgan siyosati oqibati nima bilan tugagani ko‘pchilikka ma’lum. 


 
 
 

Biz  madaniyat  va  ijtimoiy  faoliyat  bir-biridan  mustaqil  mavjud  bo‘lmasligi, 
madaniyatning 
taraqqiyoti 
masalalarini 
qisqacha 
ko‘rib  chiqdik,  endi 
madaniyatshunoslik shaxs faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati masalasiga to‘xtalsak. 
 Madaniyat  va  shaxs  nafaqat  mazmunan  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan,  balki  ichki 
va tashqi jihatidan o‘zaro mos keluvchi tushunchalardir. SHaxs muayyan madaniy 
muhitda yashaydi va faoliyat ko‘rsatadi. 
Qomusiy  olam  Abu  Nasr  Forobiy  «Baxt  saodatga  erishuv  haqida»  risolasida 
inson  kamolatida  jamoaning  roli  katta  ekanligini  ta’kidlab  shunday  deydi: 
«Kamolatga bir kishining yolg‘iz o‘zi (birovning yoki ko‘pchilikning yordamisiz) 
erishuvi  mumkin  emas.  Har  bir  insonning  tabiatida  tug‘ma  har  qanday  ish  va 
harakat  jarayonida  boshqa  bir  inson  yoki  ko‘pchilik  bilan  munosabatda  bo‘lish, 
o‘zaro  aloqa  qilish  hissiyoti  bor,  har  qanday  inson  kamolotga  erishuvida 
boshqalarning  ko‘magiga  muhtoj  va  ular  bilan  birlashishga    majburdir».Uning 
fikricha,  inson  o‘z-o‘zidan    kamolotga    erisholmaydi.  «Bu  narsa  uning 
harakatlariga,  mehnatiga,  kasb  hunar  egallashiga,  bilimiga  va  qanday  fozil 
jamiyatda yashashiga bog‘liq». «Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib 
borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritiladi». Forobiy davlatni 
etuk  shaxs  (monarxiya),  etuk  hislatlarga  ega  bo‘lgan  bir  necha  shaxslar 
(aristokratsiya)  va  saylangan  shaxslar  (demokratiya)  yordamida  boshqarish 
shakllarini  qayd  etadi.  Forobiy  jamiyat    etuklikka    intilishi  uchun  kurash  olib 
borishi  va  nihoyat  gandagina  fozil  jamiyat,  fozil  shahar  darajasiga  ko‘tarilishi 
haqida fikr yuritadi.     
Individ ijtimoiy turmush va madaniyatga qay tarzda jalb qilinganiligiga, uning 
tabiiy  imkoniyatlari,  harakati,  hissiyoti,  tafakkuri  ijtimoiy  ahamiyatli  mazmun 
bilan  to‘ldirilganligiga  va  madaniy  shakl  kasb  etganligiga  qarab  shaxs  sifatida 
qaror topadi. Madaniyat individual va ijtimoiy hayot bilan uzluksiz birlikni tashkil 
topgan vaqtgacha mavjud bo‘ladi.  
Madaniyat  kishilarga  tana  a’zolari,  instinktlar  yoki  tug‘ma  iste’dod  kabi 
tabiatdan  berilmaydi.  Har  bir  individ  o‘zining  shaxsiy  tajribasi  asosida,  mustaqil 
ravishda  bevosita  tevarak  atrofdagi  kishilarning,  jamiyatning  va  o‘tgan 
avlodlarning to‘plagan tajribalarini o‘zlashtiradi. 
Individ  ijtimoiy  amaliyot  mahsuli  bo‘lgan  madaniyatni  o‘zlashtirish  bilan 
birga unga  ta’sir etadi. SHaxs o‘zining shakllanishi jarayonida madaniy dunyosini 
ham  boyitadi.  SHuningdek,  inson  madaniyat  normalariga  amal  qilgan  holda 
nafaqat tabiat va jamiyatni, balki, shaxsiy «tabiati»ni ham o‘zgartiradi. Madaniyat 
shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi. 
SHaxsning madaniyat bilan o‘zaro munosabati hech qachon to‘liq va uyg‘un 
bo‘la olmaydi.  Ijtimoiy va individual  hayot, shuningdek madaniyat stixiyasi bir-
biri  bilan  mos  kelmasligi  mumkin.  Madaniyat  doimo  inson  bilan  chambarchas 
bog‘liq bo‘lsa-da, lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida mustaqildir.  
YUqorida aytib o‘tganimizdek, individ bilan madaniyat o‘rtasidagi munosabat 
murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Individning  ijtimoiy  hayotda  faol  ishtirok  etishiga 
imkon  beruvchi  psixosotsial  va  madaniy    dunyoqarashi  ijobiy  va  salbiy 
qarashlarning  yig‘indisidan  tashkil  topadi.  Insonga  ishchanlik,  fidoiylik,  matonat, 
o‘tkir zehn bilan birga kaltafahmlik, yalqovlik, shafqatsizlik, jamiyat manfaatlarini 


 
 
 

to‘g‘ri tushuna olmaslik, haqiqatni yolg‘ondan ajrata olmaslik illatlari ham xosdir. 
SHuning  uchun  madaniyatni  nafaqat  qadrlash  va  asrash,  balki  tanqidiy  o‘rganish 
talab etiladi.   
Ijtimoiy  va  madaniy  muhitda  jamiyat  bilan  individ  o‘rtasida  nisbatan 
o‘zgaruvchan muvozanat bo‘ladi. Bu muvozanatni hosil bo‘lishida madaniyatning 
ishtiroki  salmoqlidir.  Madaniyat  shaxsga  ta’sir  etadi,  uning  psixologik  holatini 
shakllantiradi, shaxsning xarakterida va dunyoni bilishida muhim o‘rin tutadi. 
SHaxs madaniyat bilan quyidagi sohalarda munosabatda bo‘ladi: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə