|
Маданият назариясиmadaniyatshunoslikKommunikativ funksiya
(aloqa almashuvi) mohiyati bilimlar, fikrlar,
ma’naviy kuchlarni almashlashda belgilanadi. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda
energiya, axborot, o‘zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi. CHunki, faqat turli
tiplarning munosabatigina (an’anaviy, funksional-ahamiyatli, shaxslararo ishlab
chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning
keyingi taraqqiyotini ta’minlashga qodirdir.
Normativiylik funksiyasi
(mezon-me’yoriy)-kishilar xulqini tartibga solish,
ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir bugunlikda saqlash maqsadida
muvofiqlashtirishdan iborat. Me’yor-qoida qandaydir harakat yoki qandaydir
predmetlar, narsalarni yaratish sohasida aniq ko‘rsatmalardir. Ongli ravishda
o‘rnatilgan yoki ko‘p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, ta’qiqlovchi
me’yorlar mavjud (huquqiy, ahloqiy me’yorlar). Ularning mazmuni mavjud
jamiyatni barbod qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq
chegaralar bilan belgilashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|