|
Маданият назариясиmadaniyatshunoslik Qadriyatlar
deganda insonlar uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va
ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari
majmui tushuniladi. Qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar
turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat
hodisalarning mohiyatidir.
Qadriyatlarning hayotidagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi.
Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan
kelib chiqadi. Ayrim hollarda ehtiyoj va manfaatlar bir-biriga zid kelishi mumkin.
Muayyan ijtimoiy guruh, millat, sinflar uchun oliy qadriyat hisoblangan hodisalar
boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi mumkin. Tabiat va jamiyat hodisalarini
qadriyat turkumiga kiritish yoki kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari,
orzu-istaklari, maqsadlaridan kelib chiqadi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati
jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Ular mohiyatiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
Avvalo, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson ehtiyojlarini
qondirishda tabiiy qadriyatlar: er va er osti boyliklari boshqa tabiat ne’matlari katta
ahamiyat kasb etadi.
Inson mehnati, aqli bilan yaratilgan moddiy boyliklar moddiy qadriyatlar
hisoblanadi. Madaniy-ma’naviy qadriyatlarga ilmiy-texnikaviy va intellektual
imkoniyatlar yaratgan boyliklar mansub. SHuningdek, jamiyat taraqqiyotida, inson
hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: erkinlik, tenglik, birodarlik kabilar ham o‘rin
tutadi. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo‘lga kiritilgan
barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyatga ega.
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy
turlarga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lib, u
millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini jamiki moddiy va
ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini
qamrab oladi. Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-
odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy
va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar mazmuni jihatdan chuqur va keng bo‘lib,
umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar,
elatlar va xalqlarning maqsad va intilishiga muvofiq keladi. Milliy qadriyatlar
umuminsoniy qadriyatlar bilan qancha ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning
taraqqiy etishiga shu qadar keng imkoniyat ochiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti
bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Bular: Er yuzidan ilm-
fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni
muhofaza qilish va hokazolardir
7
.
7
Ж.Тыленов. +адриятлар фалсафаси.-Т., 1998, 10-20 бетлар.
|
|
|