10-Mavzu. XVII-XX ASRLARDA TURKISTONNING MADANIY
HAYOTI.
Ma’ruza rejasi:
1. Turkistonda xonliklarning vujudga kelishi va madaniy
munosabatlar.
2. Turkiston madaniy hayotiga rus va jahon madaniyatining
ta’siri.
3.
Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi va uning o‘lka xalqlari
ma’naviy-madaniy hayotiga ta’siri.
Turkistonning temuriylar davridagi madaniyati o‘zining klassik xususiyatlari
bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Biroq, shayboniylar va ashtarxoniylar davri(XVI-
XVIII asrlar)da mamlakat feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi.
Hunarmadchilikda XVI asrda ham temuriylar davrining ta’sirida tranzit va ichki
savdoning kengayishi davom etdi. Bu davrda hunarmandchilikning 60 dan ortiq
turi mavjud bo‘lib, Turkiston Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Turkiya va boshqa
mamlakatlar bilan sovda-sotiq va diplomatik aloqalarni davom etdirgan. XV-XVI
asrlarda Movarounnahrda ilm-fan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, me’morchilik
76
va tasviriy san’at o‘ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. Hasan Buxoriy
Nisoriy (1566)ning «Muzakkir ul-ahbob» va Mutribiyning (1604) «Tazkiratush-
shuaro» nomli adabiyot antologiyalari buning ifodasidir. Bu qomusiy antalogiyada
yuzdan ziyod adabiyot arboblarining ijodlari va tarjimai hollari o‘rin olgan.
Mamlakatda hunar va savdo ishlarining rivojlanishi ilm ahlining ijtimoiy doirasi
kengayishiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Zayniddin Vosifiy 1512 yil Samarqandda
bo‘lganida bazmi mushoiralarda kosib, shoirlar, savdogardar va oddiy kishilarning
faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning aksariyati she’r yozib turganligi
o‘sha davr tabaqalarining madaniy jihatdan yuksak saviyada ekanligidan dalolat
beradi. Bu davrning o‘zi xos xususiyati shundaki ko‘plab adabiy va tarixiy asarlar
o‘zbek tilida yozilgan. Muallifi noma’lum «Nuxratnoma» Muhammad Solihning
«SHayboniynoma» asarlari o‘zbek tilida yozilgan. Bundan tashqari mashhur
tarixchi SHarofiddin Ali YAzdiyning tarixiy asarlari xususan «Zafarnoma»si,
Ulug‘bekka bag‘ishlangan «Muntahabi jome va tarixi shohiy» degan asarlari
o‘zbek tiliga o‘girildi.
SHayboniylar davrida fanning qator tarmoqlari rivoj topdi. 1693 yilda Amin
Ahmad Roziy «Haft iqlim» - etti iqlim degan jug‘rofiy-biologik lo‘g‘at tuzdi. Unga
Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilinadi. 1541 yilda Muhammad Husayn as-
Samarqandiy tibbiyot va farmakologiyaga oid ilmiy asar yozdi. U ko‘z tabibi shoh
Ali ibn Sulaymon Navro‘z Ahmadjon huzurida ishlab, kasalliklar haqida «Tabiblik
dasturul-amali» risolasini bitdi. Buxorolik Navkabiyning musiqa ilmiga oid asari
ham XVI asrda bu san’at rivojlanganidan darak beradi. Bundan tashqari, hattotlik
san’atning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hirviy,
Mahmud Ali SHiqobiy kabi husni xat ustalari ham ijod qilgan. 1586 yilda Darvesh
Muhammad Buxoriy kalligrafiya san’ati nazariyasiga oid asar yozadi. SHuningdek
ko‘plab qo‘lyozmalar miniatyuralar va suratlar bilan bezatildi. Tarixiy va adabiy
asarlardan «Fathnoma», «Tarixi Abulxayrxoniy» asarlari shular jumlasidandir. Bu
davrda yaratilgan miniatyuralarda Turkiston moddiy madaniyati aks ettiriladi va
rassomlar voqelikni realistik tasvirlashga intiladi. Jaloliddin YUsuf, Keldi
Muhammad va boshqalar rassomchilik san’atiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Xonliklar davrida qurilish inshoatlari turlari yanada takomillashadi, ko‘plab
jamoat binolari (karvonsaroylar, ko‘priklar, sardobalar, hammom, tim va boshqa
savdo rastalari) quriladi. Monumental binolarning tarixi, qiyofasi o‘zgaradi,
hunarmandlar uyushmalari vujudga keladi. Buxoro shahri balandligi 10 metrli
devor bilan o‘ralib, shahar darvozalari qurildi, binolar qurishda (Misr Arab
madrasasi, Xo‘ja Zayniddin masjid-xonaqosi) xalq me’morchiligi an’analaridan
foydalanildi. SHahar tashqarisida ham monumental binolar (CHorbakr) qurildi.
Jome’ masjidlari saroy kabi serhasham qilib, madrasalar peshtoqli, minorali tarzda
qurilib, hovlilari to‘rt tomondan ayvon va hujralar bilan o‘raldi. Buxoro va
Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bunga guvohlik beradi.
Binolarni bezashda mayda o‘simlik-naqshli parchinlar ishlatildi. Temuriylar
davridagi kabi devorlarga gul terish usullari rivojlantirildi. Qabr toshlari yasashda
yuksak badiiy darajada toshlarga yozuvlarni o‘yib bitish rivojlandi (SHayboniyxon
qabr toshi va CHilduxtaronda Abu Said qabriga qo‘yilgan toshlar). Xullas, bu
davrning ko‘pgina betakror madaniyat sohalari mukammal saqlanib kelmoqda.
77
Turkistonda xonliklar va amirlik o‘rtasidagi nizolar bo‘lib tursada,
dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ma’lum darajada rivojlandi. Fan,
adabiyot, san’atning rivojlanishi ko‘proq saroy doirasida bo‘lib, diniy va dunyoviy
asarlar yozildi. Garchi o‘sha davr tarixnafisligi ko‘proq xonlar va amirlarning
solnomasini ifodalasada, o‘sha davr ruhi aks etganligi bilan tarixiy ahamiyatga
egadir. Ular orasida Muhammad YOqubning «Gulshan-ul mulk», Muhammad Mir
Olimning «Tarixi Amir Nasrullo», Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad
SHarifning «Tarixi amir Haydar», Muhammad Hakimjon To‘raning «Muntaxabut
tavorix» kabi asarlari diqqatga sazovordir.
Qo‘qon adabiy muhiti ko‘plab shoir va shoirlar ijodi bilan boyidi. Qo‘qon
xoni Umarxon o‘zbek tilida «Amiriy» tahallusi bilan g‘azallar yozgan. Uning
rafiqasi Mohlaroyim «Nodira» tahallusi bilan she’rlar yozgan. Eri Umarxon vafot
etgach, Nodirabegim davlat ishlariga ham aralashib, mamlakat xo‘jaligini
yaxshilash, madaniy hayotni jonlantirish bo‘yicha muhim tadbirlarni amalga
oshirdi. Qo‘qonda madrasalar, karvonsaroylar, rastalar, yo‘llar qurdirdi. U o‘z
atrofiga Uvaysiy, Mahzuna kabi qobiliyatli ijod ahlini to‘pladi. Bu davrda Fazliy
Namangoniy Mushrif, Mushfiqiy kabi shoirlar ijod qilishgan. Mushfiqiy Buxoroda
Abdullaxon saroyida «Malikush-shuaro» unvoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, Faziliy
Namangoniy Qo‘qon shoirlariga boshchilik qilgan. Umarxonning topshirig‘i bilan
Fazliy va Mushrif tomonidan «Majmuat-ush-shuaro» to‘plami tuzilgan. Bu davrda
Qo‘qonda Xudoyorxonning saroy arki, Xivada turli obidalar qurildi.
Taxminan XVII asrda yashab ijod qilgan shoirlardan biri Turdi Farg‘oniy
haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba shoirning o‘z asaridir. U yuz urug‘ining
oqsoqollaridan biri sifatida Abdulazizxon saroyida e’tiborli kishilardan bo‘lgan,
keyin saroydan chetlashtirilgan.
XVIII asr oxirida Qo‘qonda tug‘ilgan shoir Mahmud og‘ir sharoitda
yashagan. U amaldorlar va saroy shoirlari bilan chiqisholmay, saroyni tashlab
ketgan. Mahmud qiyinchilikda Hapalak qishlog‘ida 1844 yilda vafot etgan. Uning
she’rlari ichida «Hapalak» hajviy asari mashhurdir.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Muhammad SHarif Farg‘onada Gulhaniy
tahallusi bilan tanilib, ajoyib lirik she’rlar, masallar yozdi. Uning «Zarbulmasal»
asari qahramonlari qushlar bo‘lib, shoir ular orqali saroy a’yonlarining
kirdikorlarini fosh etadi. YAna bir qo‘qonlik shoir g‘oziy ham o‘z asarlarida
zodagonlar va ruhoniylarni fosh qiladi. XIX asrning 30 yillarida SHahrisabzda
shoir Hiromiy hind, fors adabiyotida mashhur bo‘lgan «CHor darvesh» va
«To‘tinoma» hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi. Bu davrda «YUsuf va
Zulayho», «Tohir va Zuhro», «Bo‘z o‘g‘lon», «YUsuf va Ahmad» kabi dostonlar
vujudga keldi. SHahar maydonlarida qiziqchi va qo‘g‘irchoqbozlar, o‘yinchi
san’atkorlar xalq hayotidan hikoya qiluvi lavhalarni o‘ynab, tomosha ko‘rsatar,
boylar va saroy amaldorlarining ochko‘zligini fosh etishga harakat qilar edilar.
Bu davrda Turkistonda ikki turdagi: quyi (maktab) va oliy (madrasa) maktab
mavjud edi. Boshlang‘ich maktabda savod o‘rgatilar va diniy matnlar yodlanar edi.
Madrasada ham ilohiyat o‘qitilar, shuningdek arab tili sarfu nahvi (grammatikasi),
notiqlik san’ati, aljabr va handasa asoslari o‘rgatilgan. Bundan tashqari Hofiz,
Bedil, Navoiy asarlari o‘qitilgan.
78
O‘sha davr shoirlari, fan arboblari musiqani chuqur tushunganlar. Musiqa
san’atining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mavlono Muhammadin Mug‘anniy,
Mavlono Kavkabiy, Xo‘ja Muhammad, Rizo Samarqandiyning nomlari bizgacha
etib kelgan.
Bu davrda me’morchilik yodgorliklari hajmi va pardozining jimjimadorligi
bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Registon maydoni shu davrda shakllandi.
SHerdor madrasasining old peshtoqida rangin koshinlar bilan chekilgan bir juft
sher tasvirlangan. Tillakori madrasasining nomi «tilla bilan pardozlangan» degan
ma’noni beradi. Devorlardagi ajoyib naqshu nigorlar va ichki devorlardagi to‘kis
tilla bezaklar juda nafis ishlangan.
XVIII asr oxirlaridan Xiva xonligida ta’mirlash va shaharsozlik ishlari avj
oladi. Olloqulixon madrasasi, Rahmonquli inoq saroyi hajm jihatidan ancha
mahobatli qurilgan. Qo‘qon xonligi me’morchiligida rang-baranglik va yorqinlik,
pardozdagi koshinlarning yorqin tovlanishi kabi xususiyatlar ayniqsa Xudoyorxon
saroyida yaqqol namoyon bo‘ladi.
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida me’morchilik hajm jihatdan ixcham
binolar, goho bezak-pardozlardan butunlay holiligi bilan ajralib turadi. Xonliklar
me’morchiligida va bezakda o‘ziga xoslik ham seziladi. Farg‘ona uylari keng va
ayvonli, guldor, tokchali, o‘yma ganchli, shiftlari naqshu nigorli qilib qurilsa,
Samarqand va Buxoro uylari uchun chiroyli ko‘rinishdagi ustunli ayvon, girh va
islimiy naqshlar tushirilgan devor va ganch o‘ymakorligi xosdir. Xiva o‘ylari
tashqi va ichki shaklda qurilib, ayvoni ichkariga qaragan, ustunlariga o‘yma
naqshlar chekilgan, murakkab shakldagi gullar bilan bezalgan.
XIX asr boshlarida mehnatkash xalqning turmush madaniyati past darajada
edi. Xonliklarning o‘zaro urushlari xo‘jalik va madaniy hayotni izdan chiqardi. Bu
hol chor Rossiyasining xonliklarni bosib olishini osonlashtirdi. Rossiyada
kapitalistik sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi yangi bozor savdosiga va xom
ashyo manbalariga bo‘lgan talabni oshirdi. Rossiya Turkistonni bosib olgach,
mahalliy aholi rus va Rossiyaning boshqa xalqlari bilan savdo-sotiq aloqalarini
o‘rnatishga majbur bo‘ldi. O‘lkaga sanoat va qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan
birga, Rossiya va Evropa madaniyati elementlari kirib keldi. Rus tuzem maktablari
ochildi. Tipografiya va litografiyaning paydo bo‘lishi madaniy hayotda katta voqea
bo‘ldi. Avval rus tilida, so‘ngra mahalliy tillarga gazeta, jurnal va kitoblar chop
etila boshladi.
XIX asrning 80 yillarida A.S.Pushkin va I.A.Krilov asarlari ilk bor
o‘zbekchaga tarjima qilindi. 1880 yilda Toshkentda jamoatchilik kutubxonasi
ochildi. 1870 yilda kimyogarlik tajribaxonasiga asos solindi. Ilmiy jamiyatlar
tuzildi, tarixiy va arxeologiya muzeylar ochildi.
O‘lka tabiiy boyliklarini o‘rganish ishiga rus olimlari ham qiziqa boshladi.
1870 yilda tabiat, antropologiya va etnografiya havaskorlari rus jamiyatining
Turkiston bo‘limi ochildi. N.A.Seversov, I.V.Mushketov, V.P.Fedchenko,
V.F.Oshanin singari olimlar bu jamiyat a’zolari edi. Rus jug‘rofi F.P.Litko 1873
yilda Toshkent falakiyotshunoslik va tabiatshunoslik rasadxonasi tashkil etilishga
hissa qo‘shdi. P.P.Semyonov Tyan-SHanskiy Tangritog‘ tizmalari tarkibi va
tuzulishi haqida ma’lumotlarni chop ettirdi. A.P.Fedchenko Farg‘ona vodiysining
79
o‘simlik dunyosini tadqiq qildi. I.V.Mushketov va G.D.Romanovskiy Turkiston
o‘lkasining er ustki xaritasini tuzdilar. I.V.Mushketov oltin, temir ma’dani, neft,
ko‘mir kabi qazilma boyliklarni aniqladi. Akademik V.V.Bartold o‘lka tarixi va el-
elatini o‘rganish asosida ko‘plab kitoblar chop etdirdi.
Rus madaniyati ta’sirida xalq ma’rifatparvarlari shakllandi. Ular V.I.Gersen,
N.T.CHernishevskiy, N.V.Dobrolyubovlar ta’sirida xalq ozodligi masalasini
ko‘tarib chiqdilar. Jumladan, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat (1858-1909)
o‘z asarlarida o‘lkada hukm surgan o‘rta asrlarga xos qoloqlikni tugatish, rus
maktablarida joriy etilgan ta’lim-tarbiyaning ilg‘or usullarini mahalliy maktablarda
ham keng qo‘llashni targ‘ib qildi. U A.S.Pushkinning bir qancha she’rlarini
o‘zbekchaga tarjima qildi. Muqimiy (1850-1909) o‘zining hajviy she’rlarida xalq
ommasining burjuaziya tomonidan ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) o‘z
she’rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi.
XIX asr Turkiston adabiyoti ikki yo‘nalishga ajralgan bo‘lib, biri saroy
muhitini kuylovchi, manfaatdorlik va maddohlikka moyil adabiyot, ikkinchisi zulm
va zo‘ravonlikka qarshi norozilik hamda qoloqlikni tugatishga qaratilgan
taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, rus va Evropa madaniyati ta’sirida
Turkistonda milliy madaniyatning rivojlanishi jarayoni kuchayib bordi.
Turkistonda musulmonlar va qolaversa turkiylar dunyosining jahon
taraqqiyotidan uzilib qolganligi, bu xavfli holga barham berish kerakligini hamda
umumturkiy qavmlardagi jaholatni yo‘q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan
mamlakatlarga tenglashish zarurligi birinchi bo‘lib qim-tatar xalqining ulug‘
farzandi Ismoil g‘aspirali (1851-1914) tushunib etdi. U jadidchilik harakatining
«g‘oyaviy otasi» sifatida turkiy xalqlar olamini jahon ma’rifati, ilmi darajasiga
ko‘tarish g‘oyasini amalga oshirishi maqsadida Rossiya mustamlakasi bo‘lgan
musulmonlar maorif tizimini isloh qilish, ularda dunyoviy fanlarni o‘qitish
masalasini ko‘tardi. Ismoil g‘aspirali g‘oyalarining yoyilishida «Tarjimon»
gazetasining xizmati juda katta bo‘ldi. 1888 yilda uning «Rahbari muallimin» yoki
«Muallimalarga yo‘ldosh» kitobining nashrdan chiqishi muhim voqea bo‘ldi.
Ismoil g‘aspirali Turkistonga kelib Mo‘minxo‘ja Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi
Boysuniylar yordamida Buxoroda jadid maktadlarini ochishga harakat qildi. U
amir Abdulahadxonni Buxoroda jadid maktablari ochishga ko‘ndirdi. 1904 yilda
«Muzaffariya» jadid maktabi ochildi. 1898 yilda Qo‘qonda Salohiddin domla jadid
maktabiga asos soldi. SHu yili To‘qmoqda ham shu tipdagi maktab ochildi. 1899
yili Andijonda SHamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga
asos soldilar. 1903 yilda Turkiston o‘lkasida 102 ta boshlang‘ich va 2 ta o‘rta jadid
maktablari bor edi.
Asr boshida jadidlar ziyolilarning butun bir vatanparvar avlodini tarbiyalab
berishdek og‘ir ishga fidoyilik bilan kirishdilar. Ularning boshida M.Behbudiy,
A.Avloniy, S.Ayniy, A.Fitrat, Munavvar qori, Bobooxun Salimov va boshqa
ko‘plab taraqqiyparvar insonlar turar edilar. Ular doimo quvg‘in, qamoq, surgun
kabi xavf-xatarlar boshida charx urib turgan holda ish olib borishga majbur
bo‘ldilar. SHulardan Toshkent jadidlarining otasi sifatida ziyoliylar orasida katta
obro‘-e’tibor qozongan Munavvar Qori Abdurashid-xonovning xizmatlari juda
katta bo‘ldi.
80
XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi
shaharlarida o‘nlab «usuli jadid» maktablari ochildi. Uni bitirganlar orasida
Turkiston ma’naviy-ma’rifiy dunyosini milliy uyg‘onishiga kuchli ijobiy ta’sir
qiladigan zabardast namoyondalar etishib chiqdi. Uning birinchi qaldirg‘ochlari
Mahmudho‘ja Behbudiy, Abduqodir SHakuriy, Siddiqiy Ajziy, Munavvar qori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohidiy, Lutfulla Olimiy,
Muhammadsharif So‘fizoda, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, H.H.Niyoziy
kabilardir. Jadidlar maktab va ma’rifatdan boshlangan faoliyatini siyosiy qiyofa
kasb etgunga qadar davom qildirib, Turkistonda milliy mustaqil davlat barpo
etishga urinish bilan eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildilar.
Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati ikki bosqichda kechdi. Birinchi davrda
feodal tuzum va tartiblarni tanqid qilish, madaniy yangiliklarni egallash,
Ovropaning turli tillarini o‘rganish targ‘ib qilish, yangicha ilm-fanning ahamiyatini
ko‘tarish kabi masalalar olg‘a surildi. Ahmad Donish, Avaz O‘tar, Furqat,
Muqimiy, Zavqiy singari ma’rifatparvarlar etishib chiqdilar.
Ikkinchi bosqich ma’rifatchilikdan milliy o‘zlikni anglash darajasiga
no‘tarilib, endilikda yangicha ta’lim-tarbiya, yangi usul maktablarini yo‘lga
qo‘yish, dunyoviy ilmlarni har tomonlama egallash, yangi ijtimoiy-siyosiy
masalalarni qo‘yish darajasiga ko‘tarildi. Jadidchilik harakati turkiy millatlarning
ma’naviy-madaniy ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi. Turkistonda yangi usul maktablari
ochilib, ma’rifatparvarlar, ilg‘or pedagoglar bu maktablar uchun turli darsliklar,
o‘qish kitoblari, qo‘llanmalar yarata boshladilar. Behbudiy, Munavar qori, Fitrat,
Abdulla Avloniy, Ibrat, Hamza kabilar bu sohada jonbozlik ko‘rsatdilar va bu
ishda faol ishtirok etdilar. Jadidlar o‘lkadagi boshqa ma’rifatparvarlik harakatlari
bilan ham aloqa o‘rnata boshladilar. Bu davrda Turkistonda ma’rifatparvarlik va
jadidchilikning turli, yangi ta’lim-tarbiya, o‘quv-o‘qituv masalalarini o‘zida aks
ettiruvchi juda ko‘p jurnallar nashr etildi. «Taraqqiyot», «Oyna», «Tujjor»,
«Sadoyi Turkiston», «Samarqand» kabi jurnallar shular jumlasidandir.
Ma’rifatchilik harakati ayniqsa o‘zining rivoj topgan bosqichida Turkistonda
o‘zga yurtlardagi ijobiy yutuqlardan foydalangan holda mustaqil ma’naviy
taraqqiyot yo‘lini qidirish va targ‘ib etish masalalarini olg‘a surdi. Bu harakat rus
podsho hokimiyatining mustamlakachilik siyosatiga zarar keltirishdan cho‘chigan
chorizm amaldorlari uni chegaralash va bug‘ib qo‘yish chora tadbirlarni ko‘ra
boshladilar.
XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Turkistonda juda murakkab ijtimoiy-siyosiy
hodisalar bilan birga uning madaniy hayotida ham tez va shiddatli o‘zgarishlar ro‘y
berdi. Madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiya, din, mafkura sohasida turli oqimlar
paydo bo‘ldi, ular orasidagi munosabatlar murakkab tus oldi. YOsh buxoroliklar,
yosh xivaliklar harakatlari vujudga keldi.
1917 yili butun Rossiyada yuz bergan fevral va oktyabr inqiloblari
Turkistonda ham jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Sovet davridagi juda ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy - iqtisodiy
jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, barcha
sohadagi o‘zgartirishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining
asosiy tendensiyalar hamda yo‘nalishlarini kommunistik mafkura va buyuk rus
81
millatchiligi manfaatlariga moslashtirdi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun
30-yillarda madaniy-oqartuv tarmoqlari kengaytirildi. Yirik sanoat korxonalarida
madaniyat saroylari bunyod etildi, qishloq xo‘jalik artellari qoshida kolxoz klublari
ochildi, rayon madaniyat uylari barpo etildi, kutubxonalar tarmog‘i kengayib,
ularning kitob fondlari boyib bordi, kinoteatrlar, klub va madaniyat uylari
qoshidagi kino qurilmalarining soni ko‘paydi, stadion va sport maydonchalari
jihozlandi. Ko‘p miqdorda kitob, gazeta va jurnallar nashr etildi. Radio
eshittirishlari aholining kundalik turmushida rasm bo‘lib qoldi.
Biroq, bu davrda qaror topib borgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va
shaxsga sig‘inish mafkurasi respublikaning ijodiy xodimlarini, uning butun
ma’naviy hayotini qattiq iskanjaga oldi. Ijodiyotni partiyaviylik tamoyillariga,
mafkuraviy qonun-qoida larga bo‘ysundirish, badiiy tasvirni ijtimoiylashtirish
dunyoviy imkoniyatlarni toratirib qo‘ydi. Partiyaning yangi turmushni madh
etishga, xalq o‘tmishiga nigilistik munosabat paydo bo‘lishiga qaratilgan siyosati
badiiy jarayondagi tarixiy izchillikni unutishga qaratildi. Madaniyatda murakkab
ijtimoiy muammolarni bezatib, engil tusga kiritib ko‘rsatish, xato va kamchiliklar
to‘g‘risida sukut saqlash tendensiyalari paydo bo‘ldi. Oqibatda hayotiy haqiqat
buzilib, san’atning tarbiyaviy salohiyati pasaydi.
30-yillardagi qatag‘onlar milliy madaniyat uchun dahshatli fojiaga aylandi.
Qonunchilikni qo‘pol ravishda buzilishi va inson qadr-qimmatlari poymol etilishi
tufayli milliy madaniyatning o‘rni to‘lmaydigan darajada zavol ko‘rdi. Iste’dodli
adabiyot va san’at arboblari Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Fitrat, SHokir Sulayman,
Ziyo said, Elbek, A’zam Ayub, Usmon Nosir, Qosim Sorokin, Muhammad Hasan,
Abdusalom Niyoziy, Otajon Hoshimov va boshqalar milliy madaniyat quchog‘idan
uzib olinib xalq dushmanlari deb e’lon qilindi. Qatag‘on qilingan va ta’qib ostiga
olingan shoir va yozuvchilarning asarlaridan foydalanish ta’qiqlandi. Nohaq
unittirilgan, ko‘pincha esa jismonan ham yo‘q qilingan jasur xalq farzandlarining
asarlari shaxsga sig‘inish tugatilganidan keyin garchi xalqqa qaytarib berilgan
bo‘lsa-da, o‘limidan keyingi hech qanday shon-shuhrat, ular boshidan kechirgan
tahqiru qiynoqlarning alamini bosa olmaydi.
Din va dindorlarni ta’qib qilish xalqning ma’naviy madaniyatiga nihoyat
darajada katta zavol etkazdi. Ma’muriy buyruqbozlik tartiboti o‘rnatilishi bilan
dinga ilmiy nuqtai-nazardan yondoshish inkor etila boshlandi. Din bilan
ateizmning dunyoqarash jihatidan bir-biriga qarama qarshiligi siyosiy qarama-
qarshilik bilan almashtirildi. «Sotsializmda dinga o‘rin yo‘q, unga din begona»
degan qoida ustun bo‘lib qoldi. SHunday qilib dinga nisbatan salbiy munosabat
unga qarshi zo‘rlik ko‘rsatishga aylanib ketdi. O‘zbekiston ruhoniylarining asosiy
qismi 30-yillarda qamoq lagerlariga jo‘natildi. Masjid va madrasalarning deyarli
hammasi o‘tmishda garchi diniy marosimlarni o‘tkazish o‘choqlari bo‘libgina
qolmasdan, xalqning buyuk merosini saqlab, boyitib kelgan madaniyat, ilm,
tarbiya, san’at markazlari ham bo‘lganiga qaramay berkitib qo‘yildi.
Sobiq Sovet davrida Respublika madaniy hayotida progressiv va regressiv
taraqqiyotning bir-biriga qarama-qarshi tendensiyalari tobora kuchayib bordi. 70-
yillar va 80-yillarning birinchi yarmida, xuddi boshqa sohalarda bo‘lganidek,
O‘zbekistonning ma’naviy hayotida ham inqirozli vaziyat vujudga kelgan bo‘lsada,
82
ayni vaqtda ushbu yillar davomida respublika madaniyati muayyan
muvaffaqiyatlarni ham qo‘lga kiritdi. Madaniyat, maorif muassasalarining tarmog‘i
sezilarli darajada kengaydi, ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi,
aholining umumiy bilim darajasi o‘sib, ijodiy ziyolilar safi oshdi. Talaygina ajoyib
badiiy asarlar, teatr, musiqa asarlari yaratildi. Madaniyat va san’atning rivojiga
iste’dodli yoshlarning katta guruhi qo‘shildi, milliy o‘zlikni anglash o‘sa boshladi.
Ma’naviy, badiiy hodisalarni baholashda sinfiylik, partiyaviylik singari,
mafkuraning badiiyat ustidan hukmronligi singari prinsiplaridan foydalanish,
adabiyotda sotsialistik realizm usulining ustuvorligi madaniyat va san’atning
rivojlanishiga to‘g‘anoq bo‘ladigan mexanizmni vujudga keltirdi. Bu prinsiplar
partiyaning cheklanmagan totalitar hukmronligi taziqi ostida zo‘rlik bilan amalga
oshirilib borildi. Ma’naviy sohada, bir tomondan, sezilarli o‘zgarishlar ro‘y
bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, inqirozga xos vaziyat yuzaga keldi.
Ma’naviy
sohani
boshqarishning
ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi
mustahkamlanib borishi bilan birgalikda fikr-mulohazalar va baholarning
obro‘yiga ko‘r-ko‘rona itoat qilish ijodiy faoliyatga ko‘proq aralashish, ijodiyotni
oddiy erkinliklardan ham mahrum qilish rasm bo‘lib bordi. Ma’naviy hayotga
buyruqbozlik yo‘li bilan rahbarlik qilish, mafkuraviy cheklashlar, to‘g‘anoq
mexanizmi, madaniy siyosatdagi ziddiyatlar, ma’naviy soha ehtiyojlarini inkor
etish jamiyatning ma’naviy hayotida inqirozli holatlarni yuzaga kelishini belgiladi.
Dostları ilə paylaş: |