Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari madaniy va ma’naviy meros



Yüklə 239,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix22.12.2022
ölçüsü239,2 Kb.
#97601
1   2   3   4   5   6   7   8
Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari madaniy va ma’naviy meros

«Gominizatsiya» 
- urug‘doshlik xususiyatlarini o‘rganish. Madaniyat «aQlli odam» uchun xos bo‘lgan-nutQ, narsalarni ramziy ifodalash (yoki mavhum
tafakkur) xususiyatlarini har bir odam o‘rganishga imkon yaratadi. -
Sotsializatsiya
- (umumlashtirish)- jamiyat hayoti uchun uning haQiQiy a’zosi sifatida zarur
hisoblangan ma’lum miQdordagi shartlarni o‘zlashtirish. Bu funksiya idrok, tafakkur, nutQ, so‘zlarni Qo‘llanilishi, ohangi, imo-ishora va shama, tipik hodisalarga
munosabat tarzi, shuningdek, talab va Qadriyat yo‘nalishlari tizimini shakllantirish kabi andozaviy usullarning mustahkamlanishi bilan bog‘liQ.
20.12.2022, 00
:
13
Стр
. 3 
из
13



Inkulturatsiya 
- avvalo o‘z xalQining, keyin esa umuminsoniy madaniy merosga (aralashish) munosabatda
bo‘lish (Bu jarayonni muhokama Qilishga alohida mavzu bag‘ishlanadi).

Individualizatsiya 
- madaniyat ma’lum shaxslar Qobiliyati, iQtidori, xususiyatini o‘ta rivojlantirishga
mo‘ljallangan. Shaxs madaniyati Qolgan barcha madaniyatlar doirasida- (jamiyat, insoniyat) eng asosiy bo‘g‘in
bo‘lib, bu har bir aniQ shaxs madaniyatining barkamollik darajasiga jamiyat yoki butun insoniyat madaniyati bog‘liQ
bo‘lishini bildiradi.
Har Qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy Qismi, boy bilim olami bo‘lib, u insonni Qaerda yashashi va
harakat Qilishini, umuman, dunyodagi va jamiyatdagi o‘rnini belgilashga yordam beradi. Madaniy Qadriyatlar inson
uchun o‘ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orQali boshQa kishilar bilan, butun jamiyat bilan
munosabat o‘rnatadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo‘luvchi axloQ shakllarini yaratishda va anglashda insonga
yordam beradi. Taxsinga loyiQ joyi shundaki, insonda boshQalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim
munosabat shakllanadi. Munozaralar tug‘ilgan hollarda jamiyatni mustahkamlashga munosib bo‘lgan bartaraf
Qilishning Qulay usullari topiladi.
Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraQQiyoti bosQichida tabiatdan ajralib chiQQan moddiy dunyoning tarkibiy
Qismi bo‘lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarining majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining
muayyan bosQichi yoki ijtimoiy tizimning aniQ tipi. Ishlab chiQarish munosabatlarining majmui ijtimoiy
munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraQQiyotning muayyan bosQichidagi jamiyatni vujudga keltiradi.
Shaxs bilan jamiyatning o‘zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo‘lib, shaxs madaniyati jamiyat
madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o‘z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakllanadi. Har
bir jamiyat shaxs madaniyatini kamol toptirishda o‘zining me’yoriy Qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning ma’naviy
ehtiyojlarini ta’minlaydi.
Jamiyat bilan shaxsning o‘zaro munosabati, shaxsning erkinligi, uning huQuQ va burchlari, insoniy Qadriyatlar
haQidagi muammo barcha tarixiy davrlardagi muhim masala hisoblangan.
Inson tabiatning oliy mahsuli bo‘lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi bilan belgilanadi. Inson
ayni paytda ham tarixiy taraQQiyotning mahsuli, ham uning sub’ektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy
vujudga aylantiradi, dunyoQarashini shakllantiradi. Inson ishlab chiQarish jarayonida faQat narsalar yaratib Qolmay,
o‘zini, o‘z shaxsiyatini ham Qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o‘zini takror ijod Qiladi va shu jihatdan u ijtimoiy
mavjudotdir.
Odamlarning ijtimoiy mohiyati shaxsda mujassamlashgan holda o‘z ifodasini topadi. Shaxs odamning ijtimoiy
mohiyati va ijtimoiy faoliyatining ifodalanishidir. Odam ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi.
Inson ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida muayyan huQuQ va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini
ifodalaydi. Individ shaxsga aylanishi uchun bir Qancha huQuQ va erkinliklarga ega bo‘lishi lozim. Shaxs deyilganda,
umuman insonni emas, balki tipik va erkinliklarga ega bo‘lgan odam tushuniladi. U ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liQ
bo‘lgan odamdir.
Individ alohida bir kishi bo‘lib, boshQalardan farQlanuvchi xususiyatlarga ega. Individ ham ijtimoiy mavjudotdir. U
ijtimoiy taraQQiyot jarayonida ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish asosida shaxs sifatida shakllanadi. Individning shaxs
tariQasida voyaga yeta borishi u mansub bo‘lgan tarixiy sharoitlardan, yashab, ta’lim-tarbiya olib turgan jamiyatdan
ajralmasdir.
Shaxsni jamiyatdan, ijtimoiy munosabatlardan ajratib bo‘lmaganidek, jamiyat taraQQiyoti ham insonning amaliy
faoliyati bilan uzviy bog‘liQdir. Jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi munosabat bir-biriga bog‘liQ, bir-birini taQozo
Qiladigan munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs turmushining turli-tuman ko‘rinishlari, xususiyatlari
shakllanadi. Shaxsning shakllanishida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar hal Qiluvchi rol o‘ynaydi. har bir shaxsda u
mansub bo‘lgan jamoaga, millatga, elatga, jamiyatga xos jami xususiyatlar va belgilar bo‘ladi. Shaxs o‘z hayotining
butun mazmunini jamiyatdan, kishilar jamoasidan oladi. har Qanday shaxs ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv
20.12.2022, 00
:
13
Стр
. 4 
из
13


omillarning uzviy birligi ta’siri ostida shakllanadi. Shaxs kamolatida ob’ektiv shart-sharoitlar hal Qiluvchi rol o‘ynaydi.
Oila, o‘Quv dargohlar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, matbuot, mahalla, ko‘cha singari omillar ham shaxsni tarbiyalashda
muhimdir. Ob’ektiv shart-sharoitlarning shaxsga ta’siri sub’ektiv omillar orQali o‘tadi.
Shaxs ijtimoiy mavjudot sifatida muayyan erkinlikka ham egadir. Uning erkinlik darajasi jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga,
mulkiy munosabatlarga ham bog‘liQ. Erkinlik har bir shaxsning tabiiy huQuQidir. Shaxslarning insoniy huQuQlari va
erkinliklarni chegaralab Qo‘yish, paymol Qilish; milliy, diniy kamsitishlar; irQchilik; xalQlarning tili, urf-odatlari, tarixi,
madaniy meroslari, milliy Qadriyatlariga bepisand Qarash, ularning huQuQ va manfaatlarini kamsitishdir.
Shaxsning huQuQ va erkinliklaridan tashQari uning jamiyat va umuminsoniyat oldidagi burchi va ma’suliyati ham
bor. Inson o‘zi yashab turgan jamiyatning Qonun-Qoidalari, tartiblari, axloQiy, huQuQiy normalariga amal Qilmaslik,
uning muammolari, Qiyinchiliklariga befarQ Qarash aslo mumkin emas. Har bir mamlakatning konstitutsiyasida
belgilab Qo‘yilgan Qonunlarga amal Qilish, boshQa fuQarolarning milliy Qadr-Qimmatini hurmatlash, jamiyat
manfaatlariga, turmush tarziga, odob-axloQ va madaniyatga zid va nojo‘ya harakatlarga murosasiz bo‘lish, Vatanni
himoya Qilish va boshQa shu kabilar shaxsning burchi va ma’suliyatidan iborat.
Har bir shaxsning umumxalQ manfaatlariga to‘la taalluQli bo‘lgan burchlar va ma’suliyatlari ham bo‘ladi. Bular
tabiatni muhofaza Qilish, uning boyliklarini Qo‘riQlash, madaniy-tarixiy yodgorliklarni saQlash haQida g‘amxo‘rlik
Qilish, boshQa xalQlar va mamlakatlar bilan do‘stlik, tinchlikni saQlash singarilardir.
Barcha sivilizatsiyali jamiyatlarda shaxsning erkini bo‘g‘ib Qo‘yish, uning huQuQlariga yo‘l bermaslik, unga hiyonat
Qilish yoki uning jamiyat oldidagi burch va ma’suliyatini bajarmasligi Qonun yo‘li bilan ta’QiQlanadi.
Barcha madaniyatli jamiyatning xususiyatini, uning mezon va mazmunini ziyolilar belgilaydi. Ziyolilik bu nafaQat
keng bilimga ega bo‘lishni, balki tashabbuskorlikni, javobgarlikni, axloQiy-estetik jur’atni va tug‘ma iste’dodni
bildiradi.
Ziyolilar-aQliy mehnatning xilma-xil murakkab turlari bilan shug‘ullanuvchi Qatlamdir (fan va madaniyat xodimlari,
o‘Qituvchilar, muhandislar, texniklar, shifokorlar).
Madaniyatlilik deganda kamtarlik, halollik, rostgo‘ylik, sahovatpeshalik, insonparvarlik, yaxshilik, sahiylik kabi
insoniy fazilatlarga ega bo‘lish, axloQiy Qoidalarga to‘la amal Qilish, o‘z millati hamda boshQa xalQlarni ham
hurmat Qilish xislatlari anglashiladi.
Ziyolilik aQliy kamolat egasi bo‘lish, nazariy masalalarni anglashga, ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga tayyor
bo‘lishdir. «Ziyolilik» yuksak darajada kamol topgan intelligentni, keng bilimli, yuksak madaniyatlilikni anglatsa,
«Ziyoli» kishilarni tabaQalari orasidagi ijtimoiy Qatlamni anglatadiki, bu Qatlam yuQori malakali aQliy mehnat bilan
mashg‘uldir.
Yetarli bilimga ega bo‘lmagan holda dunyodagi barcha narsalar to‘g‘risida fikr bildiruvchi kishi diletantdir.
Diletantlik madaniyat kamligining belgisi bo‘lib, chinakam madaniyat va ziyolilikka aloQasi yo‘Qdir.
Tarbiyalilik ziyolilikning asosiy belgisi bo‘lib, uning umumiy madaniy saviyasi ko‘pincha nutQ madaniyatida aks etadi.
Madaniy nutQ avvalo to‘g‘ri nutQ demakdir. Madaniyatli kishi obrazli, ifodali va chiroyli nutQ orQali o‘z fikrini bayon
Qiladi.
Ziyolining estetik didi baland bo‘ladi, ya’ni san’at asarlarining go‘zalligi to‘g‘risidagina emas, balki kishilarning,
tabiatning va jamiyatning go‘zalligi haQida fikr yuritishga, Qo‘pollik va adolatsizlikka Qarshilik ko‘rsatib uni
bartaraf Qilishga Qodir bo‘ladi. Hamma narsada me’yor va uyg‘unlik tuyg‘usi ziyoilikning yuksak xususiyatidir.
Ziyolilik bilim, ilm va tarbiya bilan kamol topadi. Ziyolilik tushunchasiga umumiy madaniyatdan tashQari Qalb
nozikligi, umuman, hayotga munosabatda yuksak ong, ijtimoiy faollik ham kiradi. Demak, «ziyolilik» tushunchasi
faQat aQliy mehnat kishisiga taalluQli emas. Ziyoli deb chuQur intelegentga, intuitiv oliyjanoblikka ega bo‘lgan,
ma’naviy ehtiyojlari keng har bir kishini atash mumkin. Madaniyatshunoslikni o‘rganishdan maQsad ziyolilikni
tarbiyalashdir. Ziyoli- intelektual shaxs, uning madaniyatli kishidan farQi, jamiyat va millat taQdiriga ma’naviy
20.12.2022, 00
:
13
Стр
. 5 
из
13


javobgar bo‘lgan shaxsligidadir. Intellektual shaxs individual holatlarda o‘z fikridan Qanoatlanmaydigan, o‘ziga-o‘zi
Qarshi boruvchi, o‘zini-o‘zi inkor Qiluvchi ichki xususiyatlarga ega bo‘lgan ziyolidir. Ziyolining shu xususiyatlarida
komillik belgilari namoyon bo‘ladi.
Shaxsning komillikka erishuvini ta’minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatini rivojlantirish, kishilarning siyosiy
ongliligini oshirish, axloQiy va estetik nafosatini tarbiyalashda madaniyatning tarkibiy Qismlari, sohalari katta
vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan farQlanishiga ko‘ra insonning mehnat madaniyati, munosabat madaniyati,
axloQ madaniyati, badiiy-tafakkur madaniyati, dunyoQarashi ruhni olami haQida gapirish mumkin. Madaniyat
ijtimoiy tuzilma sifatida ilmiy bilimlarni, tafakkurni, axloQiy-estetik Qadriyatlarni, axloQiy-huQuQiy nizomlarni,
urf-odat va an’analarni Qamrab oladi.
Shaxs madaniyatining shakllanishida jamiyat madaniyatining Quyidagi tizimlari ahamiyatlidir:
Siyosiy madaniyat- kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiQodlari, maQsadlarini ifodalovchi siyosiy- huQuQiy
g‘oyalar majmui bo‘lib, ma’naviy Qadriyatlarning maxsus tizimini tashkil Qiladi. Bu madaniyat tarixiy taraQQiyot
bosQichlarida jamiyatning ijtimoiy tabaQalari manfaatlari bilan bog‘liQ holda vujudga kelib, jamiyat siyosiy
faoliyatiga uzviy bog‘liQ. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida, ya’ni insonlar faoliyatidagi tabiatni Qayta
yaratish va o‘zlarini tarbiyalash jarayonlarini Qamrab olib, «siyosiy ishlab chiQarishni» aks ettiradi. Bunda siyosiy
faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhlar (sotsium) ning siyosiy hokimiyat uchun bo‘lgan harakatlarini ifodalaydi,
ma’naviy-nazariy jihatdan esa ijtimoiy munosabatalarni tabaQaviy dunyoQarash ruhida anglash, muayyan siyosiy
g‘oyalar, dasturlar ishlab chiQish va targ‘ib Qilishni nazarda tutadi. Umuman, siyosiy madaniyat kishilar faoliyatining
manfaatli va tabaQaviy jihatdan o‘ziga xos shakli bo‘lib, siyosiy munosabatlarni tabaQalar, shaxslar tomonidan faol
o‘zlashtirish jarayonini bildiradi. Siyosiy madaniyat tarkibiga: mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy
tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi.
Siyosiy madaniyatning mavjudlik usuli: jamiyatning siyosiy-madaniy boyligi; amaliy siyosiy madaniyatdan iboratdir.
Jamiyatning siyosiy-madaniy boyligi- davlat boshQaruvining tarixiy tajribasi, siyosiy faoliyat vositalari, usullari,
siyosiy bilimlar majmuidir. Amaliy siyosiy madaniyat esa- jamiyat, guruh, shaxs siyosiy hayotidagi mavjud
madaniyatdir.
Siyosiy- madaniyat sotsial namoyon bo‘lish shakli jihatidan jamiyat siyosiy madaniyatini sotsial guruhlar va shaxs
siyosiy madaniyatiga ajratish mumkin. Jamiyat siyosiy madaniyati taraQQiyotning ma’lum bir bosQichidagi siyosiy-
ijtimoiy Qadriyatlar, siyosiy tuzilmalar, siyosiy faoliyat usullarining majmuidir. Shaxs siyosiy madaniyati esa, individ
tomonidan jamiyatning siyosiy, mafkuraviy va ijtimoiy-ruhiy Qadriyatlarini va usullarini o‘zlashtirilishi hamda
amalga oshirishi tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatida siyosiy madaniyatni bilish va amaliy faoliyatda Qo‘llash
darajasining o‘zaro bog‘liQligi, yaxlit birligidan siyosiy madaniyat tarkib topadi.
Siyosiy madaniyat taraQQiyoti huQuQiy madaniyat bilan bog‘liQ bo‘lib, bu faQat Qonunlarni bilish, huQuQiy
saviyadangina iborat bo‘lmay, Qonunlarga amal Qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir. Umuman,
huQuQiy madaniyat- huQuQiy ong, huQuQiy munosabatlar, huQuQiy faollikning birlikda namoyon bo‘luvchi
ma’naviy Qadriyatlar tizimidir.
IQtisodiy madaniyat tushunchasida iQtisodiy bilimlar va fikrlar uslubi bilan faol ishlab chiQarish, iQtisodiy faoliyat
o‘rtasidagi o‘zaro aloQadorlik omillari namoyon bo‘ladi. IQtisodiy madaniyat mazmunida madaniyat va iQtisodning
o‘zaro ta’sir xususiyatlari mavjud bo‘lib, tarkibiga iQtisodiy ong, iQtisodiy faoliyat, iQtisodiy munosabatlar kiradi.
IQtisodiy ong avvalo, kishilarning ijtimoiy ishlab chiQarishda o‘z o‘rnini anglashini bildirib, rasional bilimlarni,
emotsional tuyg‘ularni o‘zida ifodalaydi. IQtisodiy faoliyat tarkibiga moddiy va nomoddiy ishlab chiQarish, mehnat
va mehnat mahsulini o‘zgartirish ham kiradi. IQtisodiy faoliyat sub’ekti insondir. Mukammal fikr va yuksak ong
faoliyatda moddiylashsagina iQtisodiy madaniyat hodisasiga aylanadi. IQtisodiy tafakkur bilan iQtisodiy ong
iQtisodiy odobning mezoni bo‘lib, iQtisodiy ong faoliyatning fikriy obrazidir.
Ijtimoiy munosabatlar iQtisodiy madaniyatning asosini tashkil Qilib, ijtimoiy-iQtisodiy ongni belgilaydi, ularda o‘z
ifodasini topadi. Shuningdek, ijtimoiy munosabatlar ishlab chiQarish darajasini emas, balki mulk, taQsimot, iste’mol
bilan bog‘liQ munosabatlarni aks ettiradi. IQtisodiy munosabatlar nomoddiy sohalarning ham Qismi sifatida faoliyat
20.12.2022, 00
:
13
Стр
. 6 
из
13


jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi, jamiyat iQtisodiy madaniyatini ifodalaydi. IQtisodiy madaniyatning
mazmunini kishilarning turli sohalarda maQsadga muvofiQ ijodiy faoliyati, yangi sifat natijalarini tashkil etadi.
Jamiyat iQtisodiy madaniyatida shaxsning iQtisodiy madaniyati uning o‘zini kamol toptirishini anglatib, nafaQat
madaniyat Qadriyatlarini yaratishi, boyitishi va iste’mol Qilish darajasini, balki o‘z erkinligini yangi bosQichga
ko‘tarishini ta’minlaydi.
IQtisodiy madaniyat Quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.Bilish funksiyasi – iQtisod fanlarining holati, fan asoslarining tajribaga tadbiQ etish usuli va yo‘llarini bilib olishga
da’vat etadi.
2.DunyoQarash funksiyasi – asosan, ma’naviy-ruhiy mohiyatdagi iQtisodiy dunyoQarash bo‘lib, iQtisodiy g‘oyalar,
Qarashlar, tasavvurlar tizimidan iborat.
3.Tarbiyaviy funksiya – iQtisodiy madaniyatni egallash, bilimlar yig‘indisini e’tiQodga aylantirishdagi bosh manba
ehtiyojlar va manfaatlardir. Bilimlar aQl-idrok va yurakdan o‘zlashtirilganda e’tiQodga aylanadi.
4.Amaliy funksiya yoki ishlab chiQarish funksiyasi- bunda iQtiodiy madaniyat ma’naviy va amaliy ta’sir ko‘rsatish
xususiyatiga ega bo‘ladi.
AxloQiy madaniyat – jamiyat, sotsium, individlar tomonidan axloQiy kamolat me’yorlariga erishish darajasidir.
Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal Qiladigan va o‘zlashtiriladigan axloQiy Qadriyatlar axloQiy kamolat
me’yorlari bilan bog‘liQdir. AxloQiy madaniyat tarkibiga axloQiy ong, axloQiy munosabat va axloQiy faoliyat
kiradi.
AxloQiy ong tarixan o‘zgaruvchi axloQiy munosabatlarni anglatib, axloQiylikning sub’ektiv jihatidir. VoQelikka va
inson faoliyatiga Qadriyat tarafidan munosabatda bo‘lish axloQiy ongning muhim hususiyatidir.
AxloQiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida ko‘rinishi bo‘lib, axloQiy faoliyatga bog‘liQ holda kishilar
o‘rtasida tarkib topadigan o‘zaro bog‘liQlik va aloQalar yig‘indisidir.
AxloQiy faoliyatda inson yoki jamiyatning axloQiy ongi, axloQiy munosabatlari yaxlit namoyon bo‘lib, axloQiy
talablar, fazilatlar insonparvarlik mohiyatini kasb etadi. AxloQiy faoliyat: axloQiy bilimlarni egallash; axloQiy
tuyg‘ularni shakllantirish; o‘zini tarbiyalash; mehnatga mehr; axloQiy tarbiyalanganlik va hakozolardan tashkil
topadi.
AxloQiy me’yorlar va Qoidalar o‘zida aniQ tarixiy mazmun, muayyan jamiyatning ijtimoiy holatini aks ettiradi.
AxloQiy madaniyat inson hulQining aniQ ko‘rinishiga ega bo‘lmasdan mavjud bo‘la olmaydi. AxloQiy madaniyat
axloQiy ongdan tashQari kishilarning hulQi orQali reallashadi.
Jamiyatning axloQiy madaniyati mazmunan individ axloQiy madaniyatidan farQ Qiladi. Jamiyat axloQiy madaniyati
axloQiy Qadriyatlar tizimini ifodalaydi, shaxs axloQiy madaniyatida esa ana shu tizimning jihatlari individuallikda
aks etadi. Bu ikki jihat bir-birini taQozo Qiladi, bir-birini boyitadi.
Estetik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan bog‘langan munosabat va Qadriyatlar tizimini ifodalaydi.
Estetik madaniyat sohasi-bu, insonning tevarak atrofini o‘rab olgan voQelikka nisbatan bo‘ladigan munosabatida
o‘zini erkin namoyon etishdir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki, inson predmetga, uning jinsi va turiga mos
me’yorni topib gavdalantiradi, uni Qayta ishlaydi.
Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan Qismi bo‘lib, uning holatini san’at va estetik
munosabatlar rivojlanishi bilan bog‘lab tushuntirish mumkin.
Estetik munosabatlar va unga muvofiQ keladigan estetik Qadriyatlar tizimi estetik madaniyatning unsurlari
hisoblanadi. Estetik madaniyatning xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning o‘ziga hosligi bilan
shartlangandir. Faoliyat amal Qilmog‘i uchun: faoliyat sub’ekti, faoliyat ob’ekti, faoliyatning o‘zi bo‘lishi kerak.
20.12.2022, 00
:
13
Стр
. 7 
из
13


Madaniyat tizimida fan- moddiy va ma’naviy madaniyatning tarkibiy Qismi bo‘lib, fan ma’naviy ishlab
chiQarishning mahsuli sifatida o‘zida insonning mohiyatli kuchlarini ifoda etib, madaniyat hodisasi sifatida namoyon
bo‘ladi.
Fan madaniyat hodisasi sifatida bilimlarni ishlab chiQarish hususiyatlari nazarda tutiladi. Har Qanday tasavvur va
bilimlar singari fan ham ijtimoiy praktika, ijtimoiy ehtiyoj tufayli yuzaga keladi.[1]
(#le:///C:/Users/Admin/Desktop/%D1%80%D0%B5%D1%84%D0%B5%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80/madaniyat_rivojlanishining_asosiy_qon.doc#_ftn1)
Madaniyat tizimida din- insonning e’tiQod ramzi, oxirat va hayot tasavvurlarining ma’naviy va moddiy madaniyat
sifatida namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, din barcha jamiyatlarda axloQni shakllantiruvchi soha bo‘lib keldi va g‘oyaviy-
siyosiy yo‘nalishlarga ega bo‘ldi. Ibtidoiy davrlardan boshlab madaniyatning tarkibiy Qismi sifatida shakllanib, jahondagi
yirik madaniyatlar: budda, xristianlik, islom sivilizatsiyalarini yaratdi.
Qadriyat tushunchasi madaniyatshunoslikning asosiy tushunchalaridandir.
Ayrim tadQiQotchilar uni davrning ehtiyojini belgilaydi, ya’ni, tarixiy xususiyat kasb etadi deb hisoblasa, boshQa bir
tadQiQotchi Rikert aksincha, Qadriyat doimiy, universal xususiyatga ega deydi. T. Parsons Qadriyatni- me’yoriy
andoza deb aytadi. Mazkur turli xil, hatto Qarama-Qarshi fikrlardan Qadriyatning ma’nosi ko‘p Qirrali ekanligi
anglanadi.
Qadriyat - kishilar hayotida o‘ta ahamiyatli hodisadir. Uni madaniyat sohalari ro‘yobga chiQargan hodisa sifatida
bog‘liQlikda anglash mumkin. Shunda xo‘jalik, texnik, ijtimoiy, siyosiy, badiiy, ilmiy, axloQiy Qadriyatlar ajraladi.
Rasmiy nuQtai nazardan Qadriyatni ijobiy va salbiy, o‘ziga xos va doimiy, mustaQil va shartli tarzda farQlash
mumkin. Moddiy nuQtai nazardan Qadriyat hissiy (ya’ni oddiy his Qilish organi)- bu hayotiy, maishiy, texnik,
QoniQish Qadriyati va boshQa; va ma’naviy-ilmiy, axloQiy, estetik, diniy va boshQalarga bo‘linadi. Ayrim
Qadriyatlar (xo‘jalik, texnik, siyosiy) tarixiy xususiyat kasb etib, ya’ni madaniyat, davr o‘zgarishi bilan ular ham
o‘zgarib turishini batafsilroQ o‘rganish chog‘ida aniQlash Qiyin emas; boshQa Qadriyatlar esa doimiy, universal
xususiyatga ega (axloQiy, badiiy).
YuQorida ta’kidlanganidek Qadriyat ijtimoiy faoliyatni tartibga solib, individlar, guruhlar va jamiyatning muhim yutuQlariga erishuvini
belgilaydi. Ijtimoiy Qo‘lamdagi mazmun darajasi bo‘yicha Qadriyat uzviylikga ega. Qadriyatning dastlabki darajasi oddiylari orasidan ajralgan aniQ
narsalar, holatlar, harakatlarning afzallari bilan bog‘liQ. Ikkinchi darajasi esa, ma’lum individga yaQin bo‘lgan ijtimoiy guruhlar QiziQishga mos
keluvchi obrazlar harakati yoki faoliyatning tanlanishi bilan bog‘liQ. Uchinchi daraja- bu eng yuksak umuminsoniy maQsadlardagi tanlanish bo‘lib,
bunda ezgulik, haQiQat, go‘zallik, adolat, tartib, boylikka Qarama-Qarshi yovuzlik, yolg‘on, hunuklik, betartiblik, QashshoQlik mujassamlikda
namoyon bo‘ladi yoki bu taQdir bilan bog‘liQ o‘ta yuksak tanlash hisoblanadi (buddizmda nirvan, so‘ffiylikda fano singari).
Qadriyatlarning ierarxiyaga asoslangan murakkab tizimida individdagi singari turli toifadagi umumning ham o‘ziga xosligi asosiy va takroriy,
markaziy va chetdagi, ustunlik va holatdagi tarzlarga ajratish mumkin. Qadriyatlar ro‘yxati har bir jamiyatning milliy va o‘ziga xos sivilizatsiyasi
bilan bog‘liQ holda keskin farQlanadi. hamma davrlarda, barcha xalQlarda eng yuksak Qariyatlar ezgulik, hayot, mehnat, sevgi, haQiQat, baxt
singari mezonlarda ifodalangan.
Qadriyatlarning muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatning haQiQiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat
hodisalarning mohiyatidir. Bu ne’matlarning Qadriyatlar deyilishga sabab kishilar ularni Qadrlaydilar, chunki bu Qadriyatlar ularning shaxsiy va
ijtimoiy turmushini boyitadi.
Qadriyatlar ichida eng asosiysi va umumiysi hayotdir. Hayotdan mahrum bo‘lish Qolgan barcha Qadriyatlardan foydalanishni yo‘QQa chiQaradi,
Qolgan Qadriyatlar aslida, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy Qadriyatlardir.
Qadriyatning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maQsadlari,
QiziQishlaridan kelib chiQadi. Ayrim hollarda ehtiyoj va manfaatlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Muayyan ijtimoiy guruh, millat, sinflar uchun oliy
Qadriyat hisoblangan hodisalar boshQalar uchun Qadriyat bo‘lmasligi mumkin. Tabiat va jamiyat hodisalarini Qadriyat turkumiga kiritish va
kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-istaklari, maQsadlari bilan belgilanadi.
Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maQsadlariga xizmat
Qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushunilmog‘i lozim.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Ular mohiyatiga ko‘ra turlarga
bo‘linadi. Avvalo, inson va uning hayoti eng oliy Qadriyat hisoblanadi. Inson ehtiyojlarini Qondirishda tabiiy Qadriyatlar: yer va yer osti boyliklari,
boshQa tabiat ne’matlari katta ahamiyat kasb etadi.
20.12.2022, 00
:
13
Стр
. 8 
из
13


Inson mehnati, aQli bilan yaratilgan moddiy boyliklar moddiy Qadriyatlar hisoblanadi. Madaniy-ma’naviy Qadriyatlarga ilmiy-texnikaviy va
intellektual imkoniyatlar yaratgan boyliklar mansub. Shuningdek, jamiyat taraQQiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy Qadriyatlar: erkinlik,
tenglik, birodarlik kabilar ham o‘rin tutadi. Ijtimoiy-siyosiy Qadriyatlar ichida istiQlol tufayli Qo‘lga kiritilgan barQarorlik, tinchlik, totuvlik alohida
ahamiyatga ega.
Qadriyatlar amal Qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaQaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Milliy Qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa
bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iQtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining
barcha tomonlarini Qamrab oladi. MintaQaviy Qadriyatlar iQtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalQlar
manfaatlariga xizmat Qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi.
Umuminsoniy Qadriyatlar mazmuni jihatdan chuQur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy Qadriyatlar barcha
millatlar, elatlar va xalQlarning maQsad va intilishiga muvofiQ keladi.
Milliy Qadriyatlar umuminsoniy Qadriyatlar bilan Qancha ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning taraQQiy etishiga shu Qadar keng imkoniyat
ochiladi.
Umuminsoniy Qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraQQiyoti bilan bog‘liQ bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Bular:
Yer yuzida ilm-fanni taraQQiy ettirish, tinchlikni saQlash, Qirg‘in Qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza Qilish va hokazolardir
[2]
(#le:///C:/Users/Admin/Desktop/%D1%80%D0%B5%D1%84%D0%B5%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80/madaniyat_rivojlanishining_asosiy_qon.doc#_ftn2)
O‘zbekiston o‘z mustaQilligini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rinni egallash jarayonida siyosiy, huQuQiy, ijtimoiy-
iQtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda kishilar tafakkurida tubga o‘zgarish,- milliy g‘oya– milliy- mafkurani shakllanish jarayoni kechmoQda. Bu
jarayon uchinchi ming yillik arafasida amalga oshmoQda. Shu munosabat bilan Prezident I. Karimovning Quyidagi so‘zlari o‘ta ibratlidir: «Biz
kelgusi asrga o‘zimiz bilan nimani olib o‘tishimiz mumkin? Va nimalardan voz kechishimiz darkor?. Yangi ming yillikda Qanday muammoalrning
yechimi 
bizning 
diQQat 
e’tiborimiz 
markazida 
turmog‘i 
lozim?
[3]
(#le:///C:/Users/Admin/Desktop/%D1%80%D0%B5%D1%84%D0%B5%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80/madaniyat_rivojlanishining_asosiy_qon.doc#_ftn3)
«Bu fikr madaniy va ma’naviy merosimiz muammolarini hal Qilishda asosiy dasturiy amaldir.
Madaniy meros- bu o‘tmishdan Qolgan Qadriyatlar, g‘oyalar, tajriba, bilimlar ularni o‘zlashtirish yo‘llari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat
usullari va uni tashkil Qilish hamda uning natijalardir. O‘zlashtirish yoki aniQrog‘i, madaniy meros jarayoni o‘ta muhim bo‘lib, madaniyatning
harakatdagi asosiy Qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o‘tmishi, buguni va kelajagini bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda
tayyor yutuQlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, Qilingan kashfiyotni kashf etish kerak bo‘lmaganidek, o‘tmish ajdodlar
Qilgan ishni takrorlash shart emas. Erishilgan yutuQlardan kelib chiQib jamiyat o‘z maQsadlarini amalga oshirishning QisQa yo‘llarini tanlaydi.
Bundan tashQari ma’naviy meros kishilarning saviyasini behad kengaytiradi, ular hayotini aQliy va hissiy jihatdan boyitadi, bilimning tuganmas
manbai bo‘lib xizmat Qiladi.
O‘tmish bilan batamom uzilish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaQo yangi madaniyat yaratishga urinishlar bo‘lgan, biroQ bunday urinishlar
hunuk natijalarga olib kelgan. Bunga 1920 yillarda Sovet Rossiyasida «Proletar madaniyatini» yaratishga urinishni yoki «Madaniy inQilob»ni misol
tariQasida keltirish mumkin. Bu «InQiloblar» jarayonida yangi madaniyat yaralmadi, aksincha bori ham Qilindi: Qo‘lyozmalar, kitoblar, suratlar
yoQildi; me’moriy yodgorliklar buzildi, eng achinarlisi madaniy Qadriyat egalari maxv Qilindi. OQibatda o‘tmish bilan bog‘liQ uzviylik buzilib
jamiyat ma’nan orQaga ketdi.
Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodlarga meros Qilib Qoldirishni bildiradi. BiroQ, bu
jarayon oddiy va bir hilda kechmaydi. Ma’naviy Qadriyatlarning mundarijasi, ularni Qayta ko‘rib chiQish va Qayta
baholash, ularning o‘zaro bog‘liQlik usullari, munosabat tiplari, bilimlarni asrash va uzatish, hayot me’yorlari,
voQelikni estetik idrok Qilish xususiyati o‘zgarmasdan Qolmaydi, ular uzluksiz harakatda bo‘ladi. Meros serQirra va
ko‘p Qiyofalidir. Uning aniQ namoyon bo‘lishi tiplarning ko‘pligi, tendensiyalar xilma-xilligi bilan farQlanadi. Har
bir yangi avlodning vorislik mexanizmi o‘tmishdoshlarning tajribasidan madaniyatning turli sohalarida farQlanadi:
san’atdagi o‘lcham fandagidan boshQacha; tabiiy fanlar gumanitar fanlardan farQli. Vorislik (meros) har Qanday
sohada insonning haQiQiy o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi, va ayni paytda mahalliy yoki dunyo miQiyosidagi
jarayonlar shaklida ham ifodalanishi mumkin. Vorislikning mahalliy (cheklangan) shakli madaniyatning kasbiy
(professional), milliy, etnik va boshQa ko‘rinishlariga ega. Bu faoliyat madaniy bosQichlarda bir me’yorda, tekkis
yo‘nalish shaklllarida bo‘lmay, uning bir bosQichdan ikkinchi bosQichga sakrab o‘tishi notekis bo‘xronlar
xususiyatiga ega. Insoniyatning ma’naviy yutuQlarini meros Qilib Qoldirishda vorislik keng miQyosli (umumiy)
shaklda jarayonlar muffasal yo‘nalishda amalga oshadi. Masalan, Qadimgi Misr zakovati «Injil», «1001 kecha
ertaklari» kabi madaniyat yodgorliklariga ijobiy ta’sir Qildi. Yana, yer yuzidagi barcha xalQlarning zamonaviy bilim
sohalariga zamin bo‘lgan Bobil astronomiyasi, hind matematikasi, antik falsafa, rim huQuQi haQida ham shunday
gapirish mumkin.
20.12.2022, 00
:
13
Стр
. 9 
из
13


Agar madaniyat va ma’naviyat sohalari tarkibida til, udumlar, an’analar va boshQalar bo‘lsa, ma’lum xalQning
madaniyat tarixi doirasida meros Qoldirish jarayoni yaxshiroQ kechadi. BoshQa sohalarda esa texnika, fan, san’at
kabi sohalardagi bir xalQQa tegishli meros boshQa xalQlarga ham tegishli mulkka aylanadi.
Keyingi avlodlarga meros Qoldirish uchun madaniyatda belgilangan usul va mexanizm mavjud. Ulardan ba’zilari
Qadimdan amal Qiladi, bu – namoyish Qilish, og‘zaki uzatish, folklor, san’at; boshQa usullar keyinroQ paydo bo‘ldi,
bu – kino tasviri, ohonrabo yozuvi, kompyuter xotirasi. Barcha jamiyatlarda ham haQaQatdan ma’naviy merosning
foydalanish imkoniyatlarini o‘zgartirish sharoiti bir xilda emas. Ular ijtimoiy-iQtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy omillar
bilan belgilanadi. Bu omillar merosning hajmi, tanlash xususiyati, intensivligiga bog‘liQ. Bizga ma’lumki sovet
jamiyatida kommunistik g‘oya hukmronligi davrida xalQlar, xususan O‘zbekistonda ham o‘zining haQiQiy tarixiy,
milliy va ma’naviy merosidan mahrum etilgan edi. Umuman, madaniy merosdan mutlaQo mahrum bo‘lgan yoki
foydalanmagan jamiyat yoki xalQlar tarixda bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 239,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə