Madaniyatini shakllantirish texnologiyasi


TECHNOLOGY FOR FORMING A CULTURE OF WORKING WITH INFORMATION



Yüklə 99,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü99,9 Kb.
#157076
1   2   3   4   5
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-axborot-bilan-ishlash-madaniyatini-shakllantirish-texnologiyasi

TECHNOLOGY FOR FORMING A CULTURE OF WORKING WITH INFORMATION 
IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS 
Abstract.
This article discusses some methodological issues of the formation of 
information retrieval culture of primary school students. Actual problems in the field of 
information culture in the context of modern globalization, in particular the danger of a spiritual 
crisis, which is increasingly taking root in some regions of the world, protecting students from 
information threats, among them are the development of reading culture and the organization of 
the educational process using new information and communication technologies in the system 
education, foreign experience is described in detail. 
Keywords:
primary education, infrastructure, information and communication 
technologies, social networks, information, mass media, informatization, information culture. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2104 
Bilamizki, bugungi kunda globallashuv davrida axborotlarni tarqatish zamonaviy 
qiyofaga kirdi. Ta’lim sohasida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali 
foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Dars jarayonida zamonaviy axborot muhitini yaratish, 
o’quvchilarga qulay usullarda dars berish ularning bilim salohiyatini oshirish kelajakda 
jamiyatimizga kerakli shaxs bo’lib yetishishlariga katta hissa qo’shadi. 
Mamlakatimizda ta’lim sohasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda ilg’or xorijiy 
tajribalar asosida darslarni tashkil etish, o’quvchilarga zamonaviy axborot tizimi asosida ta’lim 
berish shuningdek axborot madaniyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Ta’lim tizimini 
modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo’g’inlarida tobora faol qo’llanilayotgan ilg’or 
pedagogik texnologiyalarning turli yo’nalishi o’quvchilarning ma’naviy kuchi, qobilyatlarini 
ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Dars mavzusiga oid multemidiya, animatsiya, 
grafika, diafilm va vidiofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo’lishiga 
ko’mak beradi. O’quv mashg’ulotlari davomida pedagogik jarayon o’z navbatida, o’qituvchi 
darsni zamonaviy tashkil etishi, takomillashtirishi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, axborotlarni 
to’g’ri va asosli qidirib ularni tahlil qilishi o’quvchilarni fikrlashga va muammoli vaziyatlardan 
chiqishga asosiysi xulosa qilishni o’rgatadi. Axborot komunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish o’quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. 
O’quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o’quv materialini 
boyitib, uning ilmiy jihatdan o’zlashtirilishiga yordam beradi. O’quv mashg’ulotlarini mavzu 
doirasida kompyuter texnologiyalari asosida testlarni yechish to’g’ri javobni tahlil qilishi, 
o’qituvchining darsni samarali hamda ta’lim sifatini yanada rivojlantirishiga o’quvchilarni zukko 
va ilmli bo’lishlariga zamin yaratadi. Boshlang’ich sinflarda turli fanlarni axborot komunikatsiya 
texnologiyalaridan asosli foydalanib dars o’tish o’quvchilarni ta’lim jarayonida ijobiy 
motivatsiyalar berish, darsda bajariladigan ish hajmi ham 1.5 – 2 baravarga oshirish, bilimni 
nazorat qilish o’quvchilarning faoliyatida izlanish, ijod qilish samaradorligini oshiradi. O’quv 
jarayonlarida o’quvchining berilgan vazifasini anglab olish motivini kuchaytiradi. Sinfdagi 
o’quvchilarning darsga faol qatnashishi ta’minlanadi. Boshlang’ich ta’limda zamonaviy axborot 
komunikatsiyalarining keng joriy etilishi fan sohasida axborotlashtirishni, o’quv faoliyatini 
intellektuallashtirishni, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni ta’lim tizimini infratuzilmasi 
va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. Darsni zamonaviy 
texnologiyalar asosida tashkil qilish bola ruhiyatiga yaqinroq bo’ladi. O’quvchilarning o’quv 
materiallarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’atish asosida 
maqsadga erishish motivatsiya bo’lib, bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ichki 
yaqinlashuvidir.
Boshlang’ich sinfda axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonlarini tashkil etish 
o’quvchilarning kognitiv psixologiya sohasini faollashtirishga, ta’lim materiallarini 
muvaffaqiyatli o’rganish va aqliy rivojlanishiga xissa qo’shishi kerakligini yodda tutush kerak. 
Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot 
dunyosini rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb atash mumkin. Bola axborot 
komunikatsiya texnologiyalarining ma’lum bir o’quv fuksiyasini bajarishi eslab qolishiga 
yordam berishi kerak. Axborot texnologiyalari o’quv jarayonining yordamchi elementi bo’lishi 
kerak deb o’ylayman. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim tarbiya berish 
jarayoniga yangi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari tizimi va internet tarmog‘i 
imkoniyatlarining tadbiq etilishi o‘zining ta’lim samarasini oshirish omili ekanligini allaqachon 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2105 
namoyon etmoqda. Boshlang’ich sinflarda axborot madaniyatini oshirish ularning ijtimoiy 
tarmoqlardan axborot komunikatsiya texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish kerakligini 
tushuntirish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq 
uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi 
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda 
hal etilishi taqozo etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola 
tarbiyaga oid xulqatvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillarini, xatto yaxshi yoki yomonni ijtimoiy 
tarmoq vositalaridan olmoqda. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-hatarlar va 
tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha o’qituvchi tomonidan 
o’quvchilarga oddiy va tushunarli tarzda yetkazish kerak. 7–10 yoshda bolaning farqlash hissi 
juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu 
yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi boshlang’ich sinf 
o’quvchilari hisoblanib endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday 
muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang--
barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, bolalar ko‘p hollarda shu kabi 
axborotlarni izlashadi. Shu sababli boshlang’ich sinf o’quvchilarining internetdan foydalanishini 
ota-ona o’qituvchi yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. ,,Hayot vaqtlardan 
iborat” degan edi buyuk allomalardan biri, o’quvchilar vaqtini har xil o’yinlar bilan emas balki 
kitob mutolaasi, turli xil to’garaklar hamda sport mashg’ulotlari o’tkazishlarini ta’minlash 
bugungi kunda zarur hisoblanadi. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon 
yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo‘lib, 
ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan o’quvchiga turli sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. 
Kelajakda o’z kasbini tanlashga qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilar orasida 
kitobxonlikni targ’ib qilish, badiiy faoliyat bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning 
eng samarali yoʻnalishi hisoblanadi. Oʻqish va ona tili, matematika va tabiatshunoslik kabi fanlar 
ham oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun juda koʻp imkoniyatlarga ega. Sport 
mashg’ulotlari bilan shug’ullanish esa o’quvchi yoshlarni sog’lom shaxs bo’lib yetishishlariga 
imkon beradi. Badiiy oʻqish darslarida oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga bogʻliq 
ravishda, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayoni turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi 
mumkin. Sinfdan tashqari darslarda o’quvchilar orasida axborot komunikatsiya texnologiyalari 
asosida ibratli multifilmlarni targ’ib qilish yoki bolalar o’rtasida turli musoboqalarni zamonaviy 
texnologiyalar bilan o’tkazish ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga katta xissa qo’shadi deb 
o’ylayman.
Yuqorida fikrlarimizdan xulosa qilib aytshimiz mumkinki ta’limning zamonaviy jamiyat 
hayotida o’rni ko’p jihatdan axborot jamiyati axborot sivilizatsiyasini shakllantirish, ta’limni 
axborotlashtirish tushunchalarida o’z aksini topadigan bilim va ma’lumotlarning o’sib 
borayotgan roli bilan belgilanadi. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o’sishini 
ta’minlovchi omillar aynan ta’lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog’liq axborot va bilim 
jamiyatning asosiy o’zgartiruvchi kuchiga aylanadi, boshlang’ich sinf o’qituvchilari va 
o’quvchilarga 
ham 
davlatimiz 
tomonidan 
imkoniyatlar 
berilmoqda. 
Kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanish an’anaviy ta’lim tizimidan farq qilib jahon ta’lim standartlariga 
mos darslarni tashkil qilish mumkin. Axborot madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2106 
qirrasi sifatida qaralmoqda. Yuksalib rivojlanib kelayotgan zamonda boshlang’ich ta’lim 
o’qituvchilari har bir bolani mustaqil fikrlashga ega bo’lgan buyuk insonlar qilib tarbiyalashimiz 
zarur. Axborot istemoli madaniyati oshirish boshlang’ich sinf o’quvchilarining, turli bemani 
o’yinlar shunga o’xshash saytlardan bilib bilmay kirib qolishlaridan saqlashga yordam beradi. 
O’zining kimligini, o’zligini bilgan inson ota-ona, ona vatan, vatanparvarlik degan muqaddas 
qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo’ladi deb o’ylayman.

Yüklə 99,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə