Madaniyatshunoslik



Yüklə 254,06 Kb.
səhifə14/49
tarix22.05.2023
ölçüsü254,06 Kb.
#112006
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua

P.Shuman ijodi.
Tarixdan bizga ma’lumki, musiqa sohasi ham bir nechta davrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrlar o’z navbatida o’sha davr holatidan darak beradi. Biror musiqasini tinglar ekansiz go’yo hayolingizda o’sha davrga tushib qolganday bo’lasiz. Shunday davrlardan biri G’arbiy Yevropa madaniyatida keng qamrovli bo’lgan Romantizm davridir. XIX asr birinchi yarmida ayniqsa, musiqiy madaniyatda muhim o’rin tutadi. Turli sohalarda falsafa, estetika, san’atni qamrab olgan g’oyaviy va badiiy harakat aynan san’atda ajoyib va samarali natijalar berdi. Asrning eng buyuk musiqachilaridan biri, davrning yorqin vakili nemis kompozitori Robert SHuman hisoblanadi.
Shumanning faoliyati serqirraligi bo’lib, pianist, pedagog, dirijyor, musiqiy tanqidchi sohasida taniqli kishilardan biri sifatida tanilgan. Musiqaga bo’lgan qobiliyati juda erta uyg’ondi. 10- yoshida u xor va orkestr asarlarini bir qismini yoza boshladi. Shuman ijodi uchun dasturiylik va inson tuyg’ularini chuqur psixologik ochib berish xos. Shuman o’z asarlarida hayot oqim9ini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taasurotni o’ziga hosligini ifoda etib, qarama- qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat bo’lgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. 1840- yilgacha Shumanning barcha asarlari fortepiano uchun yozilgan bo’lib, ular “Simfonik etyudlar”, “Karnaval”, “Fantastik pyesalar” kabi turkumi, “Fantaziya” 3 sonata, konsert va boshqalar ajralib turadi. Keyinchalik vokal qo’shiqlari, 4 simfoniya, opera, xor, orkestr, kamer asarlari chop etilgan. Shuman vokal ijodida F. Shubert lirik qo’shiq turini rivojlantirdi. G. Geyne “Shoir sevgisi”,A. Shamisso “ Ayol hayoti va sevgisi”, Eyhendorf” Qo’shiqlar davrasi” she’rlariga yozgan qo’shiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. U sharq mavzularida kamer- cholg’u “ Arabcha”, “Sharq manzaralari”, kamer-vokal “Sharq gullaridan”, “Mag’rib-Mashriq devonidan” asarlarini yaratgan. Shuningdek, voqealar o’rta asr afsonasi haqidagi “ Genoveva” operasi sahnada unchalik tanilmagan. Ijodiy muvaffaqiyat qozongan asar J. Bayron “ Manfred” dramatik poemasi hisoblanadi. T. Mur Sharq romansining 1-qismi asosida “Jannat va Peri” oratoriyasi, “ Faustdan sahnalar” asari e’tiroflarga sabab bo’ldi. Shuman umri davomida ikkita rekviem yozgan. Ulardan biri I. Gyote “Vilgelm o’qish yillari” romanining she’riy qismlariga “Minion uchun rekviem”,asar Gyote ijodiga bo’lgan ishtiyoq davriga tegishli bo’lib, shoir tavalludining 100 yilligiga to’g’ri keladi. Ikkinchisi “Rekviem re major”, kompozitor hayotining so’nggi yillarida o’z kuchini katta qismini keng jamoat musiqa hizmatiga yo’naltirdi. SHu istakdan kelib chiqib an’anaviy ko’p qismli shaklda lotin rekviemini yaratishga kirishdi va asar oqqush qo’shig’iga aylandi. Pianist bo’lish orzusidan kechib, Shuman jiddiy kompozitsiya va bir vaqtda musiqiy tanqidchi sifatida shug’ullangan. 1834- yil eng nufuzli musiqiy davr nashrlaridan birini yaratishga muvaffaq bo’ldi. “Yangi musiqa gazetasi” deb nomlangan bo’lib, bir necha yil davomida kompozitor o’z maqolalarini tahrir qilib boradi va muntazam ravishda chop etila boshlagan. Klassik musiqachilar ijodini o’z jurnalining sahifalarida targ’ib qilib, zamonning badiiylikka qarshi kurash olib borgan holda, u yangi romantik Yevropa maktabini qo’llab quvvatladi. U o’zining yangilik tarafdori va san’atda eskirgan, filistlar deb ataladigan ya’ni, cheklovlari bilan musiqaning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan shuningdek konservatizm bo’lganlar bilan kurashuvchi sifatida ko’rsatdi.
Shuman musiqasida ko’proq boshqa kompozitorlarga qaraganda chuqur shaxsiy romantizm tabiatini aks ettiradi.Shumanning ideallari XIX asr yetakchi musiqachilariga yaqin edi. U Gektor F. Mendelson tomonidan yuqori baholangan “Qudratli to’da” arboblari musiqashunos L.L. Sabaneyev o’zining “Robert Shuman va rus musiqa” maqolasida ta’kidlab o’tgan. “Shuman rus musiqasida ilhomlantiruvchi va shakllantiruvchi ulkan ehtimol boshqa G’arb kompozitorlaridan ham kattaroq rol o’ynagan deb yozgan. Faqat Shuman rus san’ati uchun eng hayajonli bastakor bo’lib chiqdi va qandaydir tarzda bu millat bilan birlashdi. U rus musiqasida deyarli tug’ligan kunidayoq o’z ta’siri bilan ishtirok etadi. P. Chaykovskiy Shuman haqida ayniqsa samimiy gapirib, uning ijodidagi hayajonli zamonaviylik, mazmun va musiqiy tafakkurning Yangiligini ta’kidlagan. Hayoti davomida kam tushunilgan uni musiqasini ko’p qismi endilikda noyob va asl garmoniya, shakl, ritm borligi bilan qadrlanadi. Uning asarlari nemis musiqa klassik an’analari bilan chambarchas bog’liq.
Robert Shuman ijodi XIX asr jahon musiqa san’atining eng yuqori cho’qqilaridan biridir. Kompozitor qayg’uli taqdiri va qisqa umr ko’rganiga qaramay u musiqada yangi so’z aytishga muvaffaq bo’ldi yangi yo’nalish – romantizm asoschilaridan biriga aylandi. Shuman ijodiga hos bo’lgan qarama- qarshiliklar o’z davrining ijtimoiy hayotini murakkab ziddiyatlarini aks ettirgan. Uning musiqasida 1920-1940-yillardagi nemis madaniyatining progressiv estetik tendensiyalari yaqqol ifodalangan. Shuman san’ati Bayron, Geyn, Gyugo, Berlioz, Vagner va boshqa taniqli romantik rassomlar bilan aloqada bo’lishiga undaydigan isyonkor ruh bilan to’la qalb sohibidir. Avlodlar hotirasida mudom yashab kelmoqda. Uning nomi eng buyuk musiqa arboblari o’rnidan joy olgan bo’lib, musiqa namoyondalari haqida gap borganda, Shuman nomini yodga olamiz.

Yüklə 254,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə