Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə7/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17

Nazorat uchun savollar

  1. Qadimgi Misrning diniy va ma’naviy tamoyillarida ilgari surilgan g‘oyalar qanday bo‘lgan?

  2. Misr ehromlari dunyoning etti mo‘‘jizasidan biri sifatida tan olinganligi sabablari nimada?

  3. Qadimgi Old Osiyo madaniyatining yuksalishini ta’minlagan omillarni asoslang?

  4. Qadimgi Bobilda ilm-fanning qaysi sohalariga asos solingan?

  5. Ossuriya madaniyati ravnaqida me’morchilik va tasviriy san’atning o‘rni qanday bo‘lgan?

  6. Budda dini Braxmanizm dinidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

  7. Ajanta majmuasida san’atning qaysi turlari sintezini ko‘rsa bo‘ladi?



  1. 3–mavzu. Qadimgi davr madaniyati



  2. Reja:

  1. Antik YUnoniston madaniyati.

  2. Antik Rim madaniyati.

  1. Tayanch so‘z va iboralar

  2. Ellada – Qadimgi YUnoniston shahri. Zevs – YUnonlarning eng muqaddas bosh xudosi. Gerodot – YUnon tarixchisi. “Tarix fanining otasi” hisoblanadi. Suqrot, Platon, Aristotel – YUnon falsafasining yuksak namoyondalari. Fidiy – YUnon haykaltaroshi. Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlar janglari o‘tkazilgan.

  3. Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni medernizatsiya va isloh etishdir. -T.: O‘zbekiston, 2005.

  2. Vsemirnaya istoriya. Ellinisticheskiy i rimskiy perioda. Moskva. 1999.

  3. Drevnie sivilizatsii. M.: 1999 g. 21-44 str.

  4. Romanov V.N. Istoricheskoe razvitie kulturi. M.: 1991. 9-21 str.

  5. Vinnichuk L. «Lyudi, nrav i obichai drevney Gretsii i Rima». M.: 1999. 10- 42 str.

  6. Gulmetov E., Qobuljonova T., Ernazarov SH., Mavrulov A. Madaniyatshu-noslik ma’ruzalar matni. T.: 2000. 74-80 betlar.

  1. .

  1. Akropol – 200 let spustya... Respublika Gretsiya Ministerstvo Pechati i SMI Moskovskiy Otdel Pechati. M.: 2003 g. Str.15-48.

  2. Aflotun «Qonunlar». T.: 2002. 7- 400 betlar.

  1. Ma’ruzaning maqsadi

  2. Qadimgi G‘arb sivilizatsiyalari yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish.





  3. Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u davrda filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarning turmush tarzi, fikrlashi, ma’naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga solib kelmoqda.

  4. Antik Evropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya, va teologiya sohalarida erishgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi,

  5. Qadimgi YUnon madaniyati eramizdan avv. XXVIII asrdan er. avv. II asrgacha davom etdi. YUnonlar o‘zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. Qadimgi YUnon madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er. avv. V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi.Qadimgi YUnon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli –Respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443-429) hisoblanadi. YUnonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli edi. YUnonlar davla va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlarAristokratiya odobi – musobaqa tamoyillari asosida birinchilardan bo‘lishga intilish qadriyati keng quloch yoydi. Bunday o‘yinlar sahnasi: Olimpiya o‘yinlari munozara, jang maydoni, teatr sahnalari edi.YUnonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat o‘isoblanib, uning uchun hatto o‘limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqidagi bunga misoldir. YUnonlarning turmush tarzi haqiqat, go‘zallik, mehribonlik kabi kotegoriyalar uyg‘unligi bilan belgilangan. Ular uchun me’yor tushunchasi muhim ahamiyatga ega edi. SHuning uchun yunonlarda mulk erkin kishilar uchun ajralmas atribut bo‘lsa, ikkinchi tomondan ochko‘zlik, molparastlikni qoralaganlar.Insonni tarbiyalash uchun ikki yo‘nalish bo‘yicha ta’lim tizimi vujudga keltirilgan: a) «Gimnastika»; va b) aqliy yo‘nalishdagi barcha turlari, chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o‘rganish. Ozod yunonlarni bolalarni etti yoshdan boshlab boshlangich maktabga borganlar. Badavlat kishilarning bolalari esa 18 yoshgacha gimnaziyalarda o‘qishni davom ettirganlar. Bolalar maktablarda chiroyli yozishga, aniq va ravon so‘zlashga o‘rgatilgan. Ular Gomer, Gessiod va boshqa shoirlarning she’rlarini va dostonlarini yod olganlar. YUnonlar ashula aytish, raqsga tushish, lira sozini chalishni bilmaydiganlarni o‘qimishli deb hisoblamaganlar. Bolalar ulg‘aya borgan sari yugurish, kurashga tushish, sakrash, disk, nayza otish va qilich chopish bilan shug‘ullanganlar. SHu tariqa ular vatan himoyachilari sifatida tayyorlangan.Ayniqsa, bu sohada Sparta maktabi ajralib turgan. Har qanday erkin yunon polis (shahar) davlatning eng oliy ehson deb qabul qilingan va uning vatanparvari bo‘lgan. Birinchidan yunon faylasufi Fales bo‘lib, u suvni olamdagi barcha borliqning asosi deb hisoblagan. YUnon faylasuflarining eng yuksak namoyondalari sifatida Suqrot, Platon va Aristotel isoblaganlar. YUnonistonda olamni falsafiy mushohada qilish-mantiq va tasdiqlashga tayangan ilmiy va ratsional fikrlash metodi orqali bilish mumkinligiga asos solingan. Pifagor, Evklid va Arxmedlar matematika va matematik fanlar-geometriya, optika, gidrostatika fanlarining asoschilari hisoblanadi. Astranomiya sohasida Aristarx birinchi bo‘lib geotsentrizm g‘oyasini ilgari surdi. Gippokrat- meditsina faniga asos soldi. Gerodot tarix faning otasi hisoblanadi. Aristotel asarlari madaniyat nazariyasi bo‘yicha birinchi fundamental ilmiy ishlar qatorida o‘rin olgan edi. YUnonlarning fikricha, ularning Zevs boshliq xudolari baland Olimp tog‘larida yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular ham odamlar kabi shuhratparas, hokimiyatparas, shafqatsiz va qasoskor bo‘lganlar. YUnon xuodlarining odamlaridan farqlari shundaki, birinchidan ular umrboqiy, ikkinchidan, ular Gefesdan tashqari go‘zal va qaddi qomati kelishgan bo‘lishgan. YUnon xudolari ham sevishgan, xursand yoki g‘amgin, g‘azabli holatlarida nomoyon bo‘lganlar. Erdagi ayollar bilan xudolar qovushuvidan qahramonlar dunyoga kelganlar.

  6. Qadimgi YUnon madaniyati 5 ta davrga bo‘linadi:

  7. Egey madaniyati (er. avv. 2800-1100yillar).

  8. Gomer davri (er. avv. XI-IX asr);

  9. Arxaik madaniyat davri (er. avv. VIII-VI asrlar);

  10. Klassik (yuqori darajadagi) davri (er. avv. V-IV asrlar);

  11. Ellinizm davri (er. avv. 323-146 yillar).

  12. Egey malaniyati ko‘pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Buning sababi Krit oroli va Miken YUnon madaniyatining asosiy markazlari sanalgan. SHuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi.Eramizdan avvalgi uch minginchi yillarning oxiri, ikki mingichi yillarning boshlarida Krit orollarida Knoss, Festa, Mali va Kato-Zakro shahar davlatlari vujudga keldi. SHaharlarning tutgan o‘rnini hisobga olinib, ba’zida ularni «Saroy madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy Mashg‘ulot qishloq xo‘jaligi bo‘lib, bunda don, uzum, zaytun etishtirilgan. Xo‘jalikda chorvachilik, hunarmandchilik va savdo ham muhim o‘rin tutgan. Krit madaniyatiga taulluqli Knos saroyi «Labirint» nomi bilan tarixga kirgan bo‘lib,uning birinchi qavatigina saqlanib qolgan. U ko‘p qavatli inshoot bo‘lib, 300 xonadan iborat bir gektardan ko‘proq erni egallagan. Saroyda suv o‘tkazuvchi moslama (vodoprovod), kanalizatsiyava vannalar, hunarmandchilik ustaxonalari bo‘lgan. Saroyning maxfiy xonasidan ayol xudoning qo‘lida ilonni ushlab turgan haykalchasi topilgan. Saroyning devorlarida hozircha «Gullar teruvchi», «Qushnitutishga shaylana-yotgan mushuk», «ho‘kiz bilan o‘yin» kabi rasm manzaralari saqlanib qoligan.

  13. Krit o‘zining chiziqli harflaridan iborat o‘z yozuviga ega bo‘lgan. Lekin bu yozuvni hozirgacha hech bir olim o‘qib chiqishga ega bo‘lmagan. XI-IX asrlarning Gomer asri deb atalishining sababi shuki, bu davrni yoritb beruvchi asosiy manba Gomerning «Odisseya», «Illiada» dostonlari bo‘lgan. Bu davrda davlatchilik, shahar – saroy turmush madaniyati va yozuvi yo‘q bo‘lib boradi,Mehnat qurollarini temirdan yasashga o‘tilishi natijasida mehnat unumdorligi ancha oshadi, dehqonchilik va chorvachilik rivoj topadi. Savdo – sotiqda esa ayirboshlash vositasi qoramollar hisoblangan. Arxaik davrga xos xususiyati shundaki, YUnonistonda uch asr davomida qishloqdan shaharga, Urug‘-qabilachilik, patriaxrat munosabatlaridan klassik qulchilik bosqichiga o‘tish uchun zamin etiladi. SHahar – davlat ijtimoiy hayotining asosiy shakli bo‘lib qoladi. Davlat tuzumining shakllari – monarxiya, oligarxiya, aristokratik va demokratik respublika bo‘lgan. YUnonlar finikiyaliklarning yozuvi asosida 24 ta harfdan iborat o‘z alifbolarini yaratganlar.Bu alifboda ham undosh, ham unli tovushlarni ifodalovchi 24 harf bo‘lgan, YUnonistonda ta’lim tizimining yutug‘i tufayli polisning erkin kishilari orasida savodsizlar yo‘q edi. Jamiyat qadriyatlari va ahloqiy normalar shakllana boradi. Bunda vatanparvarlik va fuqarolik muhim o‘rin tutgan. O‘z shahrini himoya qilish har bir fuqaroning sharafli burchi hisoblangan. Xuddi shu davrda inson tanasi bilan ruh o‘rtasida uyg‘unlikni ifodalovchi ideal inson to‘g‘risida g‘oya shakllanadi. Falsafa va boshqa fanlar vujudga keladi. Falsafa faniga Fales, Pifagor esa matematikaga asos soladi. «Gretsiya mo‘‘zijasi» nomi bilan tarixga kirgan klassik davrda (er. avv. V-IV a.) qadimgi yunon sivilizatsiyasi va madaniyati yashnab yuqori cho‘qqiga chiqdi. Bu davrda yunonlar eronliklar ustidan g‘alabaga erishgach, iqtisodiyot, savdo keng rivojlanadi. Afina O‘rta Er dengizida eng katta savdo markaziga aylanadi. Afina, Misr, Karfagen, Krit, Suriya, Finikiyaliklar bilan savdo aloqalarini olib boradi.YUnon falsafasi yuqori darajaga ko‘tariladi. SHu davrda antik davr aqllilik daholari Suqrot, Platon, Aristotel kabi buyuk faylasuflar yashab ijod qilganlar. Suqrot birinchi bo‘lib inson hayoti, yaxshilik, yomonlik, adolat kabi muammolarni mushohada qilishga asosiy o‘rin berdi. Suqrotning shogirdi Platon Afina aristokratiyasining vakili edi. U er. avv. 385 yili Akademiya nomi bilan faylasuflar maktabini tashkil qilgan. Platon o‘zining ideal shahar davlatni oilasi, xususmy mulki bo‘lmagan faylasuflar boshqarishi zarur edi. Ideal shaharning aholisi jangchilar va oddiy xalq (hunarmandlar va dehqonlar)ga bo‘linar edi. Kelib chiqishi chet ellik bo‘lgan qullar ham bor edi. Platon tizimini Aristotel ( er. avv. 384-322 yy.) tanqid ostiga olgan edi. Uning «Siyosat» nomli mashhur asarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan bilimlarni alohida sohalarga- botanika, fizika, siyosat, tarix kabi nomlarga birinchi bor bo‘lingan edi. U «Metafizika» asarida falsafa fanining metafizik yo‘nalishiga asos solgan. U Makedoniya podshosi Aleksandr Makedonskiyning ustozi bo‘lib, «Birinchi muallim» nomi bilan mashhur bo‘lgan.Xuddi shu davrlarda «Tarix fanining otasi» Gerodot (er. avv. 490-430 yy.), atom nazariyasining asoschisi Demokrit ( er. avv. 460-370 yy.), mashhur tabib, 72 ta kitob muallifi Gippokrat (er. avv. 460-375 yy.) kabi mashhur olimlar yashab ijod qilganlar Arxitektura va shahar qurilishi bo‘yicha Miletlik Gippodam tomonidan shaharlarning rejalashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra shahar jamoa markazi, yashash uchun uy-joy hamda ishlab chiqarish va port zonalaridan iborat bo‘lishi kerak edi. Monumental qurilishning asosiy turi ibodatxonalar bo‘lgan.YUnon madaniyatisiz hozirgi Evropa madaniyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHuningdek SHarq dunyosi ham ellinizm madaniyatisiz boshqacharoq ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lardi.antik Rim madaniyati er.avv. VIII asrdan eramizning 476 yiligacha davom etganRimliklar erkin fuqaro bilan qul o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirdilar. Erkin kishi uchun siyosat, urush, huquq qonunlarini ishlab chiqish, tarixshunoslik va dehqonchilik bilan shug‘ullanish faxrli hisoblangan. hunarmandchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, aktyorlik va dramaturglik faxrli kasb sanalgan. Barcha qo‘l mehnati qullarga tegishli bo‘lgan. Jumladan, yolg‘onchilik, laganbardorlik kabi illatlar ham qullarga taalluqli hisoblangan. Rim klassik qulchilik tuzumining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi.Qadimgi Rimda birinchi bo‘lib Nibur tomonidan qayd qilingan urug‘doshlik asosidagi aholining tarkibiy tuzilishi muhim rol o‘ynagan. Rimning aholisi 300 ta urug‘dan iborat bo‘lib, ularning har bir o‘ntasi kuriyaga birlashar, o‘nta kuriya- tribuni tashkil qilardi. Uchta tribu – bu uchta qabila lotin, sabin, etrussklardan iborat edi. SHu tribularning a’zolari teng huquqli fuqarolar – patritsiylar edi. Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning ajdodlarini plebeylar deb atagan. Plebeylar orasida ham boy-badavlat kishilar bo‘lgan, lekin ularning orasida kambag‘allar ko‘pchilikni tashkilqilgan. Rim aholisi ichida qullar huquqsiz «gapiruvchi hayvon» edilar Rimliklar nisbatan jangovar bo‘lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy qadriyat hisoblangan. Jangchilarning boshqinchilik yurishlari tufayli Rim imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yillar, turar joylar, jamoat uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi sohasida respublika va imperiya boshqaruvi shakllari yaratilib, bular takomillashtirib borilgan Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining voris-lari hisoblanardilar. Ko‘plab yunon xudolari nomlari o‘zgartirilgan. CHunonchi, Zevs-YUpiterga, Kronos-Saturnga, Poseydon-Neptunga, Afrodita-Venera, Artemida-Dianaga, Afina-Minervaga aylangan.

  14. Rimliklarning dam olishi ham asosan bir hil bo‘lgan: hammomlarga borish va u erdagi mashqlar maydonchalarida bo‘lish, falsafiy sohada suhbatlar o‘tkzish, kutubxonalarida shug‘ullanish yoki bosseynlarda hordiq chiqarish ular uchun odatiy hol bo‘lgan.Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kollizey amfiteatri o‘zining ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o‘zida 50 ming tomoshabin joylasha olgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir-biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi yoki o‘ldirilishi manzarasini tomosha qilganRimliklar orasida sirk o‘yinlari, ayniqsa to‘rtta yoki oltita ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli aravalar poygasi mashhur bo‘lgan.Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo‘lgan:Saturnaliya - har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o‘tkaziladigan bayram bo‘lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy farqlarga rioya qilingan. Kambag‘allarga sadaqa berilgan, bir-birlariga o‘zaro tuhfalar ulashganlar. Luperkaliya - xudo Favkaga atalib (chorva homiysi), qadimgi hosildorlik sehrgarligi bilan bog‘liq bayram bo‘lgan.Rim tasviriy san’at namoyondalari deyarlik yunonlarning asarlari nushalarini va ichki dunyosini tasvirlaganlar. Rim yozuvchilari romantik janriga asos solganlarAfsonaga ko‘ra Rimga er.avv. 753 yili Hasan-Husan Romul va Remillar asos solganlar. SHu vaqtdan Rimning monarxiya boshqaruvi tarixi boshlanadi. U davrda jamiyatning muhim masalalarini xalq majlisi hal qilgan. Patritsiylarning (tub aholi) nufuzli oqsoqollaridan «Keksalar kengashi» tuzilib, uni lotinchadan Senat deb atashgan. Dastlab Senat va podsho xalq majlisga tayanib davlatni idora qilishgan.Er. avv. 510 yili Senat bilan podshoning qarama-qarshiligi natijasida podsho Takviniy ag‘darilib, Rimda aristokratik Respublika boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Puni urushlaridan keyin (264-146 yy.) Karfagen mag‘lubiyatga uchragach Rim impiriyasining hududi ancha kengaydi va Rimning obro‘si kuchayadi. Ba’zi olimlar Rimga ko‘chib kelib ijod qiladilar. Maslan, tarixchi Polibiy ko‘p tomlik Rim tarixiga doir o‘zining «Tarix» asarini Rimda yozadiAvgust (er.avv. 30-14 y.) davri tarixchisi Tit Liviy 142 jilddan iborat (Rimning ta’sis qilinganidan keyingi tarixi)ni yozgan. Er.avv. I asrda yashagan Galikarnass Dionisiy «Qadimgi Rim yodgorliklari» degan kitob yozgan. U madaniyatshunoslikning tarixi uchun muhim manba hisoblanadi. Korneliy Tatsitning «Tarix» kitobida 68-69 yillardagi fuqarolar urushi va Flaviy davri tarixi bayon qilingan. Uning «Yilnomalar» nomli asarida Avgust o‘limi bilan Neron o‘limi orasidagi voqealar yozilgan..Sitseron Rim madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. U buyuk filosof, notiqlik nazariyotchisi va siyosatchi edi. U o‘z asarlarida yunon falsafa maktabining barcha oqimlarini ommalashtirishga intiladi. Rim stoitsizmining vakillari Seneka, Epiktet va imperator Mark Avreliylar bo‘lib, ularning uchalasi ham falsafani insonning duyoviy lazzatlardan voz kechib, axloqiy etuklikka etishishi to‘g‘risidagi ta’limot deb tushunishar edilar. Stoitszmlik xristianlik ta’limotining shakllanishiga kuchli ta’sir qilgan.Imperiya davrida fanlar rivojlanishi kuzatiladi. Katta Pliniy, Ptolomey va Galen taniqli olimlar edi. Katta Pliniy tomonidan 37 tomlik «Tabiiy fanlar tarixi» asari yaratildi. Bu asar o‘sha davrda tabiiy fanlar ensiklopediyasi rolini o‘ynagan.Ptolomey dunyoning geotsentrik tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldi. Uning «Almagest» asari astranomik bilimlar bo‘yicha qomus edi. U optika, matematika va geografiya sohalariga doir asarlar ham yozgan.Qadimgi dunyoning mashhur tabiblaridan biri Asklepiad, Korneliy Sels, Klavdiy Galen bo‘lib, ularning ichida Klavdiy Galen (131-201 y.) mashhur edi. Dastlab u gladiatorlik maktabida ishlab, so‘ng Rim imperatori saroyida tabiblik qilgan. Klavdiy Galen 400 dan ortiq asarlar yozgan. «Uning tabiblik san’ati», «Davo usullari», «Dorilarning tartibi haqida» asarlari alohida ahamiyatga egadir.Uning asarlaridan, jumladan, bobokalonimiz Ibn Sino ham foydalangan.YAratilgan yodgorliklar ichida Koliziy yoki Flaviy amfiteatri alohida ajralib turadi. U gladiatorlik jangi va boshqa ommaviy tomoshalar uchun qurilgan bo‘lib, 50 mingdan ortiq kishini sig‘dirar edi. 395 yili Rim imperiyasi ikki qismga, SHarqiy va g‘arbiy qismga ajralib ketadi. 476 yili esa rimliklarning german qabilalarining qo‘shinidan navbatdagi mag‘lubiyati natijasida oxirgi imperator Romul Avgustinni taxtdan tushiriladi. Natijada g‘arbiy Rim imperiyasi barham topadi. Lekin Rim madaniyati o‘zining Rim huquqi, arxitektura, adabiyot fanlari bo‘yicha erishgan yutuqlari jahon madaniyatida o‘z o‘rnini egalladi va hozircha yashab kelmoqda, insonlarni hayratga solmoqda.





  15. Nazorat uchun savollar

  1. YUnon madaniyati o‘zining noyobligini nialarda namoyon qildi?

  2. YUnonlarning turmush tarzi qanday bo‘lgan?

  3. Qachonlardan boshlab Olimpiya o‘yinlari boshlangan va unda sportning qaysi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan?

  4. Qadimgi YUnoniston fani va uning asoschilaridan kimlarni bilasiz?

  5. Qadimgi YUnoniston madaniyatining eng yuqori darajaga chiqqan davri qaysi davri qaysi va nima uchun?

  6. Antik YUnon madaniyati qadimgi Rim madaniyatining mantiqiy davomi ekanligi nimalarda namoyon bo‘ldi?

  7. Qadimgi Rim madaniyatining o‘ziga xos hususiyatlari nimalarda edi?

  8. Qadimgi Rimliklarda vataparvarlik tuyg‘usi qanday bo‘lgan?

  9. Qadimgi Rimda arxitektura qurilishi qanday bo‘lgan?

  10. Xristian dini qachon paydo bo‘lgan?



  1. 4-Mavzu. Markaziy Osiyo xalQlarining

  2. Qadimgi madaniyati



  3. Reja:

  4. 1. Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari.

  5. 2. Markaziy Osiyo xududidagi ilk davlatlar madaniyati.

  6. 3. YUnon-Baqtriya madaniyati miqiyosida SHarq ellinistik madaniyati.

  7. 4. Kushonlar madaniyati.

  8. Tayanch tushunchalar

  9. Markaziy Osiyo, Qadimiy sivilizatsiya, ruhiy quvvat, submadaniyat, zardushtiylik, Avesto, Axmoniylar, YUnon-Baqtriya, mehrob, solmona, buddaviylik, oromiy, So‘g‘d.

  10. Foydalangan adabiyotlar:

  11. 1. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat - engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008.

  12. 2. Karimov I.A. SHarq gavhari, zamin sayqali. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zlagan nutqi. «Xalq so‘zi», 2007 yil 26 avgust.

  13. 3.Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” Toshkent 1998 yil

  1. uzbekiston tarixi va madaniyati T., 1992 yil.

  2. Pugachenko G., Rgveladze E., Severnaya – Baktriya-Toxariston T., 1990 yil.

  3. O‘zbekiston xalqlari tarixi. T., 1992 yil





  1. 1. Internetdan foydalanish.

  2. 2. Slayd-sxemalardan foydalanish.

  3. 3. Mavzu bo‘yicha multimediadan foydalanish.



  4. Ma’ruxzaning maqsadi:

  5. Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rnini ochib berish.



  6. Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, CHoch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yillar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi. Markaziy Osiyo madaniyati Farb va SHarqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib qoladi.I.A.Karimov aytganlaridek, – «Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur».Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalariga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Madaniyatshunoslik har qanday madaniyatning shakllanishidagi o‘ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e’tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati turli xilligi bilan katta farq qiladi. Bu erda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, qaqroq cho‘llar, dashtu adirlar, Pomir va Tangritog‘ining baland muzofotlari bilan yonma-yon joylashgan. Bunday xususiyat dehqonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi qabila va xalqlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi.«Qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, qadimgi sivilizatsiyalarining boshqa o‘choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi. Bu xususiyatlarni batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari yaqqol namoyon bo‘ladi.Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida yashovchi aholining turmush sharoitidagi farqlar turli xo‘jaliklarning ertaroq paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaqin qo‘shnichilik munosabatlari asosida sodir bo‘lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari tufayli taraqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. Eng qadimgi davrlardan dehqonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi qabilalari o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham u uzoq saqlanib qoldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farqlanish bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik judayam uyg‘unlashib ketganligi qadimgi YUnon va Xitoy manbalarida ham qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy aloqalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l qo‘ymadi.Natijada qadimgi SHarqning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo Qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda shakllanadi. Dastlab, bu madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami; bu erdagi qadimgi madaniyatlarga xos madaniyatlarning o‘zaro muloqotiga aks ta’sir ko‘rsatgan «o‘zining betakrorligi» haqidagi tasavvur shakllanmoqda.Markaziy Osiyoning o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi xalqlarida ancha-muncha farqlar bo‘lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o‘rnatilgan. Diniy e’tiqodlar, urf-odatlar, folklor, axloqiy me’yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. SHuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haqida to‘xtalish joizdir: Qadimgi davlatlar submadaniyati (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht ko‘chmanchilari-sak, massaget, da-kochchilar submadaniyati, Pomir va Tangritog‘ qabilalarning submadaniyati.Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligining ikkinchi jihati mintaqaning o‘ta qulay jug‘rofiy o‘rnashganligi bilan bog‘liq. Mintaqa Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk SHarq sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo‘lib, Farb sivilizatsiyasiga xos beshinchi-Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati SHarq va Farb o‘rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo‘ldi, ya’ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo Farb va SHarq o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo xududi orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko‘rinishlari o‘tdi, SHarqdan Farbga va Farbdan SHarqga madaniy boyliklar (bilim, diniy g‘oya, kashfiyot, badiiy asarlarning) almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi bo‘lib xizmat qiladi.

  7. Yüklə 3,2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə