Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish. Mahalliy byudjetlar



Yüklə 8,04 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü8,04 Kb.
#160267
  1   2
Mahalliy byudjetlar

Reja

  • 1. Mahalliy byudjetlar.
  • 2. MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH.

Mahalliy byudjetlar
Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.
Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.
Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari OʻzRning 2000-yil 14 dekabrda kabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Bugungi kunda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va liberallashtirish, samarali soliq-byudjet siyosatidan foydalangan holda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlik va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat boshqaruvini markazsizlashtirish jarayonini davom ettirish joylarda davlat siyosatini amalga oshirishda mahalliy va hududiy hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshirishga, respublika davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazishga, shuningdek, hududiy davlat hokimiyati organlarining tuman, shahar hokimiyati organlariga vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Moliya sohasida soha va hududlarni mutanosib rivojlantirish hisobidan mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish zarur. Eng muhimi, tuman va shaharlarda mahalliy byudjetlarning kengaytirilishi aholining turmush darajasi va turmush sharoitini, umuman, barqarorlik va osoyishtalikni yuksaltirishga xizmat qilishi kerak”.

Yüklə 8,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə