Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə159/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Nazorat savollari.


1.Tovarshunoslik so‘zining ma’nosi va fanning vazifalarini tushuntiring? 2.Tovarshunoslik fanini rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumot bering?. 3.Suv haqida ma’lumotlarni ayting?


4.Mineral moddalar haqida tushuncha bering? 5.Makroelementlar haqida ayting?
6.Mikroelementlarni tushuntiring?

2-Mavzu: Don,un,yormalar.


Reja:
  1. Donning kimyoviy tarkibi.


  2. Un turlari. Unning kimyoviy tarkibi. 3.Donning tuzilishi.
  1. Yormalar.


Don mahsulotlariga don va donlarni qayta ishlab olingan mahsulotlar — un, yorma, non va makaron mahsulotlari kiradi. Bugungi kunda respublikamizda don yetishtirishni ko‘paytirish asosida don mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.


Botanik xususiyatlariga ko‘ra donlar, asosan, uch guruhga bo‘linadi:

    1. Boshoqli ekinlar — bug‘doy, javdar, makkajo‘xori, sholi, arpa, tariq va suli.

    2. Dukkakli ekinlar — no‘xat, loviya, mosh, yasmiq, soya.

    3. Marjumak ekinlari — grechixa.



Donning kimyoviy tarkibi


Donning inson hayotidagi ahamiyati, asosan, uning kimyoviy tarkibi bilan belgilanadi. Don tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan oqsil, uglevod, yog‘, mineral moddalar va darmondorilar bo‘ladi. Boshoqli donlarda o‘rtacha oqsil miqdori 10—12%, uglevodlar 65—70%, yog‘ 1,5— 4,0%, mineral moddalar esa 1,5—2,0% ni tashkil etadi.
Dukkakli donlar esa oqsilga boyligi bilan ajralib turadi va ularda oqsil miqdori 20—30 % gacha bo‘ladi.
Donda uchraydigan asosiy vitaminlar — Bp B2, B6, B12, PP, E va karotin hisoblanadi. Bular, asosan, donning aleyron qavati va murtagida uchraydi.

Un donni kukunsimon holatga kelguncha ko‘p marta maydalash yo‘li bilan olingan mahsulot hisoblanadi.


Un turlarga, tiplarga va navlarga bo‘linadi. Un tortish sanoati, asosan, bug‘doy va javdar unlari ishlab chiqaradi. Unning turlari qaysi sohada ishlatilishiga qarab tiplarga bo‘linadi. Masalan, bug‘doy unlari 3 tipda ishlab chiqariladi: nonbop, makaron mahsulotlari olish uchun va qandolatchilikda ishlatiladigan unlarga bo‘linadi. Har bir un tiplari, o‘z navbatida, navlarga bo‘linadi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə