Mahsulotlarni yorliqlash



Yüklə 409,58 Kb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü409,58 Kb.
#108518
  1   2   3
portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATIDA TARA REKLAMA VA DIZAYN fanidan taqdimot

Mahsulotlarni yorliqlash.


 
REJA:
1. Iste’mol qadoqlash yorliqlari.
2. Transport yorliqlari..
3. Ularning xom ashyo va mahsulotlar turiga ko’ra nomerlari va belgilari.
 
Tayanch so’z va iboralar: qadoqlash yorliqlari, transport yorliqlari, shtrix kodlanish, reklama turlari, qadoqlash apparatlari, germetizatsiya.
Iste’mol qadoqlash yorliqlari. Transport yorliqlari. Ularning xom ashyo va mahsulotlar turiga ko’ra nomerlari va belgilari
Mahsulot assortimenti: meva va sabzavot sharbatlari, kompot va murabbolar, sabzavot va meva marinadlari, gazak konservalar, tuzlamalar va quritilgan mahsulotlardan iborat.
Bizga ma’lumki, bugungi kunda mahsulotlarni qadoqlash uchun qo’llaniladigan idishlar turli-xil materiallardan tayyorlanmoqda va shu bilan bir paytda bu mahsulotlar turli xil konstruktsiyali jihozlarda qadoqlanishi mahsulotlarni tabbiy sifatini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega.
Konservalangan meva va sabzavotlarni joylashda turli joylash materiallaridan foydalaniladi. Yog’och idishlarni(yashik, quti, bochka) bargli va tilyog’och daraxtlari yog’ochidan yasaydilar.
Yog’ochdan yasaydigan idishdagi namlik 16-18 % dan oshmasligi kerak.
Tunuka idishlar shakli jihatidan amaliyotda ko’p tarqalgan silindrli va figurali bo’ladi, konstruksiyasi bo’yicha terma va tamg’alangan holda tayyorlanadi. Silindrli banka idishlarini tayyorlash usuli, hajmi va o’lchamlari 7-jadvalda keltirilgan.
Terma holdagi bankalar korpus, qopqoq va tag qismidan iborat, tamg’alangan idishlar esa maxsus presslarda, uning qopqog’i alohida tayyorlanadi.
Meva va sabzavotlarni konservalashda ko’p qo’llaniladigan idishlardan tsilindrli tunuka idishlar bo’lib, ayniqsa 9, 12, 13, va 14 raqamdagi, hamda ayrim hollarda 8 va 3 raqamdagi terma va tamg’ali idishlar ishlatiladi.
Idishlarni tayyorlash uchun olib kelingan tunuka (jest) larni qalinligi bo’yicha navlarga ajratiladi. Bundan tashqari ularni sifati tekshiriladi, ya’ni zanglagan, teshilgan va har-xil dog’i bor tunukalar chiqitga chiqariladi.
Diskli qaychilar yordamida tunuka korpus uchun kesiladi va korpus holatiga keltirilib, ularni qulf shaklida yopiladi. So’ngra qalay va qo’rg’oshin aralashmasini (40-50; 60-40%) bir xilda yopilgan joylariga surtiladi. Surtilgan aralashma birlashtirilgan korpusning ichki va tashqi tomonidan chiqib ketmasligi kerak. Keyin maxsus mashina yordamida korpusni chekka qismlari, ya’ni tag va qopqoq yopadigan joylariga ishlov beriladi. Korpusga tag qismi press yordamida tamg’alanadi.
Idishni birlashtirilgan joylarini germetikligini yaxshilash maqsadida suv-ammiak pastasi qo’llaniladi. Bu pastani surtilgandan so’ng idishni quritish pechiga yuboriladi va bu jarayonda pastada bo’lgan erituvchidan tozalanadi, ustki qismida germetik bo’lgan yupqa elastik plyonka qoladi.
Idishni tag qismini tamg’alanayotgan paytda unga bir yo’la 10 ta shartli belgilarni ham tamg’alanadi. Masalan, K- konservali, M- go’sht sanoati, R- baliq sanoati va h.k. Bundan tashqari shu korxonani o’zining raqami va ishlab chiqargan yili (oxirgi raqamini) tamg’alanadi. Misol tariqasida konservaning tagida K 156 tamg’alangan bo’lsa, u holda «konserva sanoatidagi» 15 raqamli korxona 1996 yili ishlab chiqqanligini bildiradi.
Konserva korxonasini tunuka tsexida idishni qopqoqlari ishlab chiqiladi, lekin ishlab chiqilayotgan vaqtda ularga hech qanday belgi tamg’alanmaydi.

Sig’imi,
mm

Qabul qilingan idishlarni raqamlanishi

Ichki diametri, mm

Tashqi diametri, mm

Tashqi balandligi, mm

Tayyorlash usuli

1

2

3

4

5

6

69

34

50,5

53,7

42,0

terma

93

24

50,5

53,7

54,0

terma

96

1

72,8

76,0

27,0

tamg’ali

96

35

59,5

62,7

42,0

terma

137

36

50,5

53,7

76,0

terma

153

20

59,5

62,7

623

terma

175

2

99,0

102,3

27,0

tamali

191

23

59,5

63,7

76,0

terma

213

39

50,5

53,7

114,0

terma

122

40

91,0

94,3

42,0

ter.va tam.

240

5

83,4

86,7

51,4

terma

241

3

99,0

102,3

39,2

ter.va tam.

260

4

72,8

76,0

70,0

terma

316

7

72,8

76,0

83,4

terma

353

8

99,0

102,3

53,2

ter.va tam.

364

9

72,8

76,0

95,0

terma

444

43

72,8

76,0

114,0

terma

473

11

99,0

102,5

69,4

terma

565

12

99,0

102,5

81,4

terma

767

45

91,0

94,5

126,0

terma

889

13

99,0

102,5

123,6

terma

2060

46

223,0

226,9

61,0

terma

3020

14

153,1

157,1

172,5

terma

8760

15

215,0

219,4

249,7

terma

9515

48

223,0

227,4

282,0

terma

Idishning qopqog’i konserva tsexida mahsulotni solgandan keyingina markirovka qilinadi. Markirovka quyidagi raqamlardan iborat bo’ladi: Birinchi ikkita raqam - smena raqami, keyingi ikkita raqam konservaning ishlab chiqilgan vaqti-kuni, harf esa mahsulotni ishlab chiqilgan oyini shartli indeksini bildiradi ( masalan, A-yanvar, V-fevral, E- iyun va h.k, faqat Z harfi qo’yilmaydi). Oxirgi hisob raqami konservalarni assortiment raqamini bildiradi. Masalan; idishning qopqog’ida 105JOOZ markirovka tamg’alangan bo’lsa, konserva 1 smenada 05 iyul kuni ishlab chiqilgan 003-ko’k no’xat konservasini bildiradi.
Tunuka idishlarni maxsus avtomatlashtirilgan liniyalarda minutiga 300-400 banka ishlab chiqariladi.

Yüklə 409,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə