Maishiy chiqindilar muammosi


Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə4/11
tarix30.03.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#103654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kimyo sanoatida hosil bo\'lgan chiqindilar

1.3.Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarda tizimlashtirilishi va unifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan yangi tahrirdagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida oʻz aksini topgan.
Mazkur hujjat chiqindilar boʻyicha muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan ishlarning strategik yoʻnalishi va muvofiqlashtirishning asosi boʻlib xizmat qiladi. Bu jarayonda asosiy eʼtibor avvalo, chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat siyosatini va harakatlar samaradorligini oshirishga va ularni qisqartirishga, imkon darajasida ulardan qayta foydalanish hamda ikkilamchi qayta ishlashga qaratilgan.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda chiqindilarga oid ekologik siyosat yuritish maqsadida amaldagi bir qancha normalarning eskirgani sababli yangi tahrirdagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish hamda chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirishdan iboratdir. Shuningdek, qonun loyihasida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish borasida aniq vakolatli davlat organini belgilash koʻzda tutilmoqda. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, sohada faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarga shart-sharoit yaratib berish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, maishiy roʻzgʻor chiqindilarini utilizatsiya qilishni tashkil etgan holda atrof-muhitga, insonlar sogʻligʻi va mulkiga salbiy taʼsirini kamaytirish bilan bogʻliq meʼyorlar belgilanyapti. Chiqindilarni qayta ishlash sohasini rivojlantirishda iqtisodiy usullardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish, xorijiy investitsiyalarga yoʻl ochish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hisobiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir.
— Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan islohotlar yana-da izchil davom etishi, chiqindilar boʻyicha muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan ishlarning huquqiy asoslari mustahkamlanishi fraksiyamiz elektorati manfaati nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga egadir, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari B.Alixonov. – Hozirda mazkur qonun loyihasini yana-da takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shahar posyolka va qishloqlarni toza tutishning epidemiologik va gigienik ahamiyati juda katta. Turar joylarni tozaligi, obodonligi irrigasiya ariqlaridan suvlarni oqib turishi, daraxtzor va ko'kalamzorlarni mavjudligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. (turar joylarni tozaligini saqlash va tashkil qilishda rejali tashkiliy sanitar texnik va xo'jalik tadbirlarni ishlab chiqiladi).
Shahar va qishloqlarning aholi yashaydigan joylarda turli xo'jalik chiqindilarni to'planishi patogen mikroblar to'planishiga olib keladi.
Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarini o'z vaqtida yig'ib, olib chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba'zi bir chiqindilarni (qog'oz, latta, paxta, temir, shisha va oynalarni) yuziga ishlashga jo'natishi lozim.
Axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni, ya'ni atmosferani, suv zalarini va tuproqni ifloslantiradi.
Uy xo'jalik axlatlari, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko'p organik moddalarni ushlagani uchun tezda chiriy boshlaydi. Oqibatda turli gazlar: ammiak, serovodorod, metan, indol, skatol va boshqalar paydo bo'ladi va yog'ingarchilik oqibatida er yuzasidan yuvilib chiqindilar najas, siydik xojatxonalardan er osti suvlariga sizilib uyb ularni ifloslantirishi mumkin. Chiqindi axlatlarda turli mikroorganizmlarni mavjudligi va ularni uzoq vaqt yashashlari aniqlangan. Jumladan qorin tifi, paratif, ichburug', sip, kuydirgi va boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi.
Axlat va chiqindilar faqtgina turli infeksion va gijja kasalliklarini keltirib chiqarib qolmay, ular odamlarda hazm qilish, ko'ngil aynish holatini chiqaradi.
Hamma chiqindilar mikki guruhga bo'linadi, suyuq va qattiq chiqindilar. Ikki guruxga bo'linadigan chiqindi, axlatlarni yo'q qilish uchun har xil tadbirlar qo'llaniladi.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə