Макет заголовка


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 213,71 Kb.
səhifə3/7
tarix26.05.2023
ölçüsü213,71 Kb.
#113208
1   2   3   4   5   6   7
ABDULLAYEVA MA’MURA QOSIMJON QIZI

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati:
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish faoliyatini rivojlanishi, bola shaxsini tadqiq etishga doir amaliy metodikalar hamda bola shaxsida ijtimoiy xulq-atvor namunalarining shakllanishi M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, K.B.Qodirov, V.M.Karimova, A.M.Jabborov, Z.T.Nishonova, R.I.Sunnatova, S.A.Axunjonova, Sh.A.Dustmuxamedova, D.I.Ilxamova, O‘.B.Shamsiyev, M.A.Narbasheva, L.V.Nazirova, R.N.Ismaylova, D.M.Mirzajonova, B.B.Nurullayevalar tomonidan tadqiq etilgan

Таdqiqotning vazifalari:

    • maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlarini aniqlovchi psixodiagnostik metod va metodikalarni amaliyotga joriy etish;
    • maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlarini shakllantiruvchi psixokorreksion mashg‘ulotlar, ya’ni psixologik trening va rolli o‘yinlar vositasida yordamida bolaning bilishga xos xulq-atvor daraja­si va yetakchi psixologik omillarni aniqlash;
    • maktabgacha yoshdagi bolalar bilish faoliyatini shakllan­tirish bo‘yicha psixo­korreksion natijalar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

maktabgacha yoshdagi bolalar bilish faoliyatini shaklla­nishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni ta’sirini tahlil etish;

Tadqiqotning usullari:


Tadqiqotda kuzatish, suhbat, L. Krasilnikova tomonidan ishlab chiqilgan “Bolalarda bilishga hos ixtiyoriy hulq atvor darajasini aniqlash”, N.Ye .Veraksning “Bola­larda bilish faoliyatini psixologik imkoniyatlarni aniqlash” metodikalari, trening mashg‘ulotlari hamda psixologik-pedagogik eksperiment, matematik statistika metodlaridan foydalanildi.

Tаdqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:


maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish faoliyatini shakllan­tirishiga ta’sir qiluvchi psixologik omillar, bevosita sharq allomalarining oilaviy munosabatlarda namoyon bo‘ladigan psixologik xususiyatlari, psixolog olimlarning bola psixik taraqqiyotida bilish faoliyatini shakllantirishga xos fikrlari tahlil qilingan;
    • maktabgacha yoshdagi bolalar bilish faoliyatini shakllantiruvchi xulqiy kechinmalarga nisbatan hissiy kechinmalar va xulq-atvor xususiyatlarning ustunroq kechishi aniqlangan;
    • maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlarini shakllantiruvchi psixokorreksion mashg‘ulotlar, ya’ni psixologik trening va rolli o‘yinlar vositasi yordamida bolaning bilishga xos xulq-atvor daraja­si guruhiy ishlash normalariga amal qilishi kognitiv, emotsional, motivatsion, xulq-atvor sohalariga ta’sir etish shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi psixokorreksion dastur asosida shakllantirilgan.

Yüklə 213,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə