Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


-rasm. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha vazifalari7



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə6/13
tarix28.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#107426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning zamonaviy tendensiyalari

3-rasm. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha vazifalari7
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida o’zaro bog’liq maqsadlarni ishiab chiqish va asoslash hukumatning mamlakatni boshqarish san’ati hisoblanadi. ljtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o’zaro bog’liqligining qarama-qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi davlat organlarining o ‘z maqsadlarini alohida holda emas. balki birgalikda, ularning o’zaro bog’liqligini inobatga olgan holda ishiab chiqishga majbur qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida o’zaro bog’liq maqsadlarni ishlab chiqish va asoslash hukumatning mamlakatni boshqarish san’ati hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o’zaro bog’liqligining qarama-qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi davlat organlarining o’z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o’zaro bog’liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi.
Iqtisodiyotni tartibgasolish bo’yicha davlal organlari oldida turgan maqsadlar ko’p, lekin ularning ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat:

  • iqlisodiy o’sishni la’minlash;

  • mehnatga layoqatli aholi ish bilan bandligining yuqori darajasini ta’minlash;

  • narxlar barqarorligi hamda pul muomalasi barqarorligini ta’minlash;

  • tashqi iqlisodiy muvozanatni saqlash8.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy bosh maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish, mavjud tuzumni mustahkamlash va takomillashtirish, o’zgarib borayotgan sharoitga adaptatsiya qilish, moslashish hisoblanadi. Demak, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hozirgi zamon iqtisodiy tizimlarining xarakterli, asosiy belgisi hisoblanadi. Shu boisdan ko’plab mamlakatlarda, shu jumladan, rivojlangan mamlakatlarda ham davlatning iqtisodiyot sohalariga aralashuvi kuchaymoqda.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko’maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko’radi. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma’lum yo’nalishlar asosida rivojlantirib, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish choralarini ko’rishdan iboratdir.
Rejali iqtisodiyot tizimidan xalos bo’lgan O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish davlatning bosh vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini davlat bosh islohotchi sifatida boshqarib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov: “Murakkab o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy taraqqiyotning etakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, – deb ta’kidlagan edi.
Davlatimizning bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo’yicha rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha to’plangan boy tajribalarni o’rganishi va ularni respublikamizning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tadbiq etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubha tug’dirmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida baho (narx)lar iqtisodiyotni tartibga solishning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor pasangisi, regulyatori bo’lib, ikki asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, u resurslar, tovarlar va xizmatlar iste’molini cheklaydi va ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) uchun rag’bat vazifasini o’taydi.
Ishlab chiqarish jarayonida iste’mol tovarlari, ko’rsatiladigan xizmatlar qanchalik kamyob bo’lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo’lib, shunga muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo’ladi. Boshqacha aytganda, tovarlar va xizmatlar ularning narxlariga binoan iste’mol qilinadi, taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.

Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratish




Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo’nalishlari




Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash choralarini ko’rish
















Monopolizimga qarshi kurash siyosatini о’tkazish







Kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash



















Bozor ifratuzilmasini barpo etish







Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish



















Davlat tadbirkorligi amalga oshirish







Fan-texnika taraqqiуotining ustivor yo’nalishlarini belgilash



















Daromadlarni qayta taqsimlash







Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash



















Aholini ijtimoiy muhofaza etish choralarini ko’ris







Jamiyatning ekologik xavfsizligini ta’minlash










Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə