Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/54
tarix28.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#99632
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
5df7d0fa043eea03d0e0388e5d5cf903 Psixologik xizmat




 
MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARI UCHUN 
PSIXOLOGIK XIZMATDAN
INNOVATSION 
USLUBIY QO’LLANMA 
Andijon – 2018
 



Ushbu 
uslubiy 
qo’llanma 
viloyatdagi 
umumta’lim 
maktablari 
muassasalaridagi amalitchi psixolog faoliyatini to’g’ri tashkil etib, ichki 
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir tizimga keltirish hamda ta’lim muassasasi 
o’quvchilari, o’qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, 
muassasada sog’lom psixologik muhitini yaxshilash maqsadida tayyorlandi.
 
Ushbu uslubiy qo’llanma Andijon davlat universiteti ilmiy kengashining 
2018 yil «22» noyabrdagi № 3-sonli yig’ilishida tasdiqlangan va nashrga tavsiya 
etilgan. 
Mualliflar:
Psixologiya kafedrasi mudiri p.f.n. dots.: M.V.Xalimova 
Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi: B.E.Parmonov
Taqrizchilar: 
Psixologiya kafedrasi kata o’qituvchisi p.f.n.: T.Suleymanova
Kadrlar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash
Andijon hududiy markazi, pedagogika va
psixologiya kafedrasi mudiri p.f.n: N.Qosimova 
Ushbu uslubiy qo’llanmadan umumta’lim maktabining amaliyotchi 
psixologlari, maktabgacha ta’lim muassasasi psixologlari va tarbiyachilari 
bolalarni maktabga tayyorlash bosqichida, hamda shu mutaxassislik bo’yicha 
texsil olayotgan oliy o’quv yurti 3 va 4- bosqich talabalari foydalanishi tavsiya 
etiladi.
 
 
 
 
 
 



KIRISH
 
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish, yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”dagi vazifalarni bochqichma-bosqich hayotga tadbiq etish, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining asosiy tarkibiy qismlari bo’lgan-shaxs, davlat va 
jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishga yo’naltirilganligi ta’limning 
kelajakdagi asosiy maqsadlarini belgilab berdi.
Shuningdek, ta’limni inson uchun xizmat qilishi, bu boradagi islohotlar
asosan 10 tayanch tamoyili (ta’limni demokratlashuvi, ta’limni ustuvorligi, ta’lim 
va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, ta’limning milliy yo’naltirilganligi, ta’limning 
insonparvarligi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va 
tabaqalashtirilgan yondashuv, iste’dodli yoshlarni aniqlash, ta’limning uzluksizligi 
va izchilligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi) hayotga tadbiq 
etilayotganligini ko’rish mumkin. Jumladan yoshlarni mamlakatimizda yaratilgan 
ilmiy-texnikaviy imkoniyatlardan kengroq foydalanish huquqi kafolatlangan. 
Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda ta’lim sohasida 
ta’limni sifatini ta’minlashda, xususan ta’limni boshqarish sohasida muhim 
o’zgarishlar yuz berdi. Keyingi islohotlarning asosiy maqsadi-ta’limning davlat va 
jamiyatdagi tezkor rivojlanish manfaatlariga xizmat qiladigan, o’zaro aloqani 
ta’minlaydigan samarali boshqaruv tizimi bilan ta’limning yuqori sifatini, uning 
turli- tumanligini va shaxs hamda jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qaratilganligini 
uyg’unlashtirishdan iborat.
Kadrlar 
tayyorlash 
tizimida 
ta’lim 
tizimini 
rivojlantirishning 
yo’nalishlaridan biri – o’quvchilar shaxsini, shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari va 
xulq-atvorini puxta o’rgangan holda ularga pedagogik-psixologik shart-sharoitlar 
yaratishdan iborat. Bugungi kunda bu borada ta’lim-tarbiya muassasalarining 
psixologlari va tarbiyachilariga dolzarb vazifalar qo’yilmoqda.
Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor 
berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan. XX asr bo’sag’asida 
psixologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy 
maqsadlari – insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko’rsatish 
tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq 
bo’ldilar.
Ushbu uslubiy qo’llanmada amaliyotchi psixologlarning faoliyatini tashkil 
qilish usullari, ijtimoiy-psixologik xizmatning maqsad va vazifasi, o’quvchilarga 
ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlari, mexanizmlari, pedagoglar 
jamoalarida sog’lom psixologik muhitni yaxshilash usullari, psixolog xonasini 
jihozlashga 
doir 
ko’rsatmalar va ko’rgazmali qurollardan namunalar, 
psixologlarning yo’nalishi bo’yicha olib boradigan yillik ish rejalari, psixolog kasb 
etikasi, me’yoriy hujjatlar nomenklaturasi, o’quvchilarda o’tkaziladigan psixologik 
testlar va metodikalardan namunalar, o’quvchilar psixologiyasini o’rganishda 



psixologlar oldida turgan muammolar kabi masalalar haqida ko’rsatmalar berilgan.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə