Sonning moduli
Sonning moduli deb son o`qida u joylashgan nuqtadan koordinata boshi O gacha bo`lgan masofaga aytiladi. Demak, musbat son moduli uning o`ziga teng, manfiy sonning moduli uning ishorasini tashlab yuborishdan hosil bo`lgan songa, 0 ning moduli 0 ga teng bo`ladi. Son moduli manfiy bo`la olmasligini eslatib o`tamiz.
a sonning moduli bilan belgilanadi. Yuqoridagi ta`rifni matematikada quyidagicha yoziladi:
Sonning moduliga misollar keltiramiz:
Koordinata boshi 0 dan barobar uzoq likda joylashgan sonlar o`zaro qarama – qarshi sonlar deyladi. Masalan, 1 va –1; -3 va 3; -5,7va 5,7; 123,42 va –123,42 juft liklar o`zaro qarama-qarshi sonlardir.
Berilgan songa qarama – qarshi son topish uchun uning faqat ishorasini teskarisiga almashtirish kifoya. Masalan: -1; 3; 2,7; va -3,421 larga 1; -3; -2,7; va 3,421 lar qarama – qarshi sonlardir. O`zaro qarama – qarshi sonlar yig`indisi 0 ga teng.
Ikkita sonni bir – biri bilan solishtirishda ularning son o`qida qanday joylashishidan foydalanamiz:
Har qanday musbat son har qanday manfiy sondan katta.
har qanday manfiy sondan katta va har qanday musbat sondan kichik.
Ikkita manfiy sondan moduli kattasi kichik.
Masalan,
Ikki son ko`paytmasini moduli ko`paytuvchlar modullari ko`paytmasiga teng bo`lib, ko`paytma ishorasi quyidagi qoida bo`yicha topiladi:
Agar ko`paytuvcxilar bir xil ishorali bo`lsa, ko`paytma musbat va ko`paytuvcxilar har xil ishorali bo`lsa, ko`paytma manfiy bo`ladi:
Bo`lish amali ham bo`linma ishorasi yuqoridagi qoida boyicha topiladi.
Masalan, ,2⋅3=6; 2⋅,−3.=−6; −2⋅3=−6; −2⋅,−3.=6 𝑣𝑎 6:3=2;-6:,−3.=−2; −6:3=−2; −6:,−3.=2..
Manfiy va musbat sonlarni qo`shish va ayirish quyidagi sodda qoida asosida ajariladi.
Agar sonlar bir xil ishorali bo`lsa, ularning modullari qo`shiladi va ishorasi aqlanib qoladi.
Agar sonlar har xil ishorali bo`lsa, moduli kattasining modulidan moduli ichigining moduli ayriladi va moduli kattasining ishorasi qo`yiladi.
Masalan,
2+3=5; −2−3=−5; −2+3=,3.−,2.=1; 2−3=−,,3.−,2..=−1.
Agar yig`indida yoki ayirmada sonlardan biri qavs yordamida yozilgan bo`lsa, ko`payma ishorasini topish qoidasi yordamida avval uning ishorasi aniqlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: |