Maktabdagi to‘garak ishlarini o‘quvchi tarbiyasiga ta’siri Reja



Yüklə 18,15 Kb.
tarix09.06.2022
ölçüsü18,15 Kb.
#89239
Maktabdagi to‘garak ishlarini o‘quvchi tarbiyasiga ta’siri Reja


Maktabdagi to‘garak ishlarini o‘quvchi tarbiyasiga ta’siri
Reja:

  1. O`quvchilar jamoasi va uning o`quvchiga ta`siri

  2. Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

  3. Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

Shaxsni bolalar jamoasida shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy qismi. Bolalar jamoasi, ularning tuzilishi va belgilari. Bolalar jamoasini shakllantirish yo`llari va vositalari. Jamoada bir maqsadga qaratilganlik, uyushqoqlik va ijtimoiy fikr uyg`otish uchun shart-sharoit yaratish. Jamoada barobar ta`sir ko`rsatish tizimi. Jamoa ishini tashkil etishda “Kuch-birlikda” kabi hikmatlarga amal qilish. Bir maqsadga qaratilgan faoliyat-o`qish, o`yin, sport, mehnat, badiiy havaskorlik va boshqalarni tashkil etish.


Jamoadagi kelajakka umid bog`lash tizimi va an`analari. Faollar va ularning jamoa a`zolari bilan munosabati. Jamoada o`zaro axloqiy munosabatlarni shakllantirishda o`qituvchi, tarbiyachining tutgan o`rni.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- har bir o`quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo`llarini;
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga qo`yilgan Davlat standarti talablarini to`garak a`zolarini o`qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o`quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish usullarini;
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomni o`rganishlari;
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash yo`llarini;
- o`quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo`yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo`g`irchoq tayyorlash kasbi turlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishlari;
- o`quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;
- iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo`llarini.

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo`yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
-X onada o`qituvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak. Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalar namunalari bo`lishl kerak.
Yüklə 18,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə