Maktabdan tashqari ta'lim



Yüklə 0,83 Mb.
tarix13.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#110095
semenar

Maktabdan tashqari ta'lim

Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

2022-2026 yillarda xalq ta’limida maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha dastur tasdiqlanadi. Quyidagilar dastur asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

to‘garaklarga malakali mutaxassislarni jalb etish va to‘garak rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va “Bolalar kutubxonalari” kutubxonachilari malakasini muntazam ravishda oshirish;

Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlari va to‘garak rahbarlari ish haqini bosqichma-bosqich oshiris

xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda mashg‘ulotlar jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish

umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarini o‘quvchilar dunyoqarashini oshirishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatadigan qo‘shimcha adabiyotlar bilan ta’minlash

milliy va jahon adabiyotlarini qardosh tillarga tarjima qilish va markazlashgan holda nashr etish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalariga “Elektron kutubxona” tizimini joriy qilish, kutubxonalarda Wi-Fi zonalarini tashkil etish.

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari” tomonidan 5 ta muhim tashabbus, kitobxonlik va boshqa ijodiy ko‘rik-tanlovlar, festivallarini o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə