Мактабга тайёрлов гурущида йил давомида ытказиладиган математика маш\улотларининг та=симланиши



Yüklə 214,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix25.03.2022
ölçüsü214,94 Kb.
#84728
  1   2   3   4
Elementar matematika o\'rta guruh



“ILK QADAM”

DAVLATDASTURIASOSIDA

  6


ELEMENTAR  л

 

MA ТЕМА TIKA

 

4

FA OLTYATINING



  j 

ISHLANMALARI


O’RTA GURUHDA YIL

 

DAVOMIDA

 

O’ TKAZILADIGAN

 

MATEMATIKADAN



FAOLIYAT

 

ISHLANMALARI

i



Son va sanoq

1.  5  sonining hosil bo’lishi bilan tanishtirish va 5 ichida sanashga o’rgatish.

2.  Soni 5  gacha bo’lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash.

3.  6  sonining  hosil  bo’lishi  bilan  tanishtirish  va  6  gacha  ketma-ket  tartib  bilan 

sanashga o’rgatish.

4.  7  sonining  hosil  bo’lishi  bilan  tanishtirish  va  7  gacha  tartib  bilan  sanashga 

o’rgatish.

5.  8  sonining  hosil  bo’lishi  bilan  tanishtirish  va  8  gacha  tartib  bilan  sanashga 

o’ rgatish.

6.  9  sonining  hosil  bo’lishi  bilan  tanishtirish  va  9  gacha  tartib  bilan  sanashni 

o’ rgatish.

7.  10  sonining  hosil  bo’lishi  bilan  tanishtirish  va  10  gacha  tartib  bilan  sanashga 

o’ rgatish.

8.  Soni  10  gacha bo’lgan 2 guruhdagi buyumlar sonini  taqqoslash.

9.  7  gacha bo’lgan sonlarning yozilishi bilan tanishtirish.

M iqdor (kattalik)

1. Buyumlarni bo’yiga va eniga ko’ra qiyoslash va tartiblashtirish.

2. Narsalarning qalin-yupqaligini qiyoslash.

3.  “Qalin”, “yupqaroq”, “bir xil” so’zlari to’g’risida tushuncha  hosil qilish.

4. Narsalarning  hajmini kattaligiga nisbatan qiyoslash.

5. Narsalarning uzunligi, kengligi, balandligini qiyoslab farqlash.

6.  Turli xil  o’lchamdagi narsalar orasidan bir xil o’lchamdagi  narsalarni aniqlash va 

farqlash.

7. Eng keng, torroq va eng tor haqida tushunchaga ega bo’lish.

8. Balandligi va eni bo’yicha keskin farq qiluvchi buyumlarni qiyoslash.

2



Geom etrik shakllar

1.  Doira, kvadrat va uchburchak shakllarini bir-biridan farqlashni mustahkamlash.

2.  Narsalarni  doiraviy,  kvadrat,  uchburchak  shakllari  haqidagi  tasavvurlarni 

mustahkamlash.

3.  To’g’ri to’rtburchak bilan tanishtirish.

4.  Kvadrat, uchburchak, to’rtburchak shakllari haqida tasavvurlarni mustahkamlash.

5.  Oval  shakli bilan tanishtirish.

6.  Doira va oval  shakllarini farqlashga o’rgatish.

7.  Shakllarni turli o’lchovda (kattalikda) bo’lishi haqida tasavvur hosil qilish.

8.  Tevarak-atrofdagi  buyumlar  orasidan  tanish  bo’lgan  geometrik  shakllarni  ko’ra 

olishga o’rgatish.

Fazoviy tasavvur

1.  Narsalarni  o’ng  qo’l  bilan  chapdan  o’ngga  qarab  terish  ko’nikmasini 

mustahkamlash.

2.  Fazoviy tasavvurlarni  shakllantiri sh.

3.  Yuqoriga-pastga,  oldinga-orqaga,  chapga-o’ngga  kabi  yo’nalishlarda  to’g’ri 

harakat qilish ko’nikmasini mustahkamlash.

4.  Uzoq-yaqin, yaqinroq, uzoqroq to’g’risida tushuncha hosil qilish.

5.  Fazoda mo’ljal ola bilishni  o’rgatish.

6.  Geometrik shakllarning fazoviy joylashishini aniqlash  va belgilashga o’rgatish.

7.  Bolalarni berilgan yo’nalishda harakatni davom ettirishga o’rgatish.

V aqt haqida tasavvur

1. Kun-tun.

2. Ertalab, kunduzi, kechqurun.

3. Kecha, bugun, ertaga.

4. Kun-tun, ertalab-kechqurun haqidagi tushunchalarni 

mustahkamlash.

3



Son va sanoq

Mavzu:  5 sonining hosil bo’lishi bilan tanishtirish va 5 ichida sanashga o’rgatish 

M aqsad:

•  Bolalarga 5  gacha sanashni o’rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

•  Bolalar  5  sonining  hosil  bo’lishini  va  barmoqlar  yordamida  5  gacha  sanashni 

bilib oladilar.

•  Bolalar mustaqil fikrlashga va har bir ishga ijodiy yondashishga o’rganadilar.

•  Bolalarda matematikaga qiziqish kuchayadi.

Kerakli jihozlar:

•  Sanoq cho’plari.

•  Mayda doira shakllari.

•  Sariq va oq qog’oz.

•  Rangli qalamlar.

•  16-rasm (har bir bolaga).

Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi:  Bolajonlar men  sizlarga qiziq bir voqeani  aytib beraman.  Behzod degan bir 

bola  bor  ekan.  Bir  kuni  ularning  uyiga  mehmon  kelibdi.  Onasi  Behzodga 

nonvoyxonadan 4 ta non olib kel,  deb pul beribdi.  Behzod nonvoyxonaga borsa, nonvoy 

amaki ish bilan band ekan.

-  “4  ta nonni  o’zing  sanab  olaqol”,  -  debdi.  Behzod 4  ta non  olish  o’rniga  3  ta non  olib 

uyiga  boribdi.  Onasi  xafa  bo’libdi.  Behzod juda  uyalibdi.  Chunki  u  sanashni  bilmas 

ekanda.  Bolalar,  sanashni  bilmaslik  yaxshi  ekan-mi?  Shuning  uchun  sanashni 

o’rganishingiz zarur ekan-a.

Bolajonlar,  nechta  birdan  3  soni  hosil  bo’ladi?  To’g’ri,  3  ta  birdan  3  soni  hosil 

bo’ladi.  Endi  4  sonini  hosil  qilish  uchun  4  ta  1  dan  foydalanamiz.  Bolalar,  sanoq 

cho’plardan  1  ta  olib  oldingizda  turgan  sariq  qog’ozning  ustiga  qo’yinglar.  Yana  bitta 

olib  yonidan qo’yamiz.  Bolalar,  sanoq cho’plar nechta bo’ldi.  To’g’ri, 2 ta bo’ldi.  Yana 

bitta  olib,  2  ta  cho’pning  yonidan  qo’yamiz.  Bolalar,  sanoq  cho’plar  nechta  bo’ldi. 

Barakalla,  3  ta  bo’ldi.  Yana  bitta  olib,  3  ta  cho’pning  yoniga  qo’yamiz.  Endi  sanoq 

cho’plar nechta bo’ldi.  To’g’ri, 4 ta bo’ldi,  4 ta  1  dan 4  soni hosil  bo’ladi.  Agar biz 4  ta 

sanoq  cho’pga  yana  bitta  cho’p  qo’shsak,  ular  5  ta  bo’ladi.  Bolalar,  5  soni  5  ta  bir 

sonidan hosil qilinadi-1,  1,  1,  1,  1. Mana bu son -5.

5

Tarbiyachi kartochkani bolalarga ko’rinadigan joyga ilib qo’yadi.



Bolalar uchun  amaliy ish.

Tarbiyachi:  Bolajonlar,  rasmlarda  nechta  kubik  va  uchburchak  tasvirlangan  bo’lsa 

kvadratlarning ichiga shuncha nuqta qo’yinglar.

4




Yüklə 214,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə