Maktabgacha ta’lim tizimidakadrlarni tayyorlash va sohaga qabul qilishga qo’yiladigan talablar. Maktabgacha ta’lim pedagoglarni kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish



Yüklə 17,14 Kb.
tarix27.12.2022
ölçüsü17,14 Kb.
#97929
Maktabgacha ta 8-mavzu


Maktabgacha ta’lim tizimidakadrlarni tayyorlash va sohaga qabul qilishga qo’yiladigan talablar .Maktabgacha ta’lim pedagoglarni kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish
0 ‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda
pedagogning boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib
chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bi­
lish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar
jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarini egallashni shart qilib qo‘yadi.
Bularning barchasi pedagogning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu
asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida pedagog ta’lim
oluvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlami o‘rgatadi. 0 ‘quv faoliyatida
ulami ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u
ta’lim oluvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qizi­
qish va qobiliyatlarni shakllantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi.
Pedagogning faoliyati ta’lim oluvchi shaxsining maqsadga muvofiq
shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak,
butun mashg‘ulot jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda ta’lim oluv-
chilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. Ta’lim oluvchilarga qiyin-
chiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va
butun ta Tim jarayonini tashxis qiladi. 0 ‘z navbatida ta’lim oluvchilaming
faoliyati mashg'ulot jarayonida o‘rganishga, bilim, ко‘nikma hamda ma-
lakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga
yo‘naltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilaming faoliyati ko‘p qirrali
yo'nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal
qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktika “grekcha” so‘zdan olingan bo‘lib, “didacticos”- o‘rgatish,
o‘qitish ma’nosini bildiradi. Bu atamani nemis pedagogi Volfgang
Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi
ostida u ilmiy fanning nazariy va uslubologik asoslarini tadqiq qiladigan
ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor
Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida
Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy
"Hammani hamma narsaga o'rgatish san’ati” deb tushundi.Pedagogning kreativ fikrlashiga va olib boradigan faoliyatlariga bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish, o‘qish kiradi. Ta’lim -tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va tarbiyachi rahbarlik qiladiganalohida turi. Ta'lim jarayoni - tarbiyachi bilan bolalarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, ikki tomonlama xarakterga egadir. Ta'lim tamoyillari - ta’lim uslubikasi va tashkil etilishi mazmuniga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydigan eng muhim qoidalar.
Ta 'lim uslublari - pedagog bilan ta’lim oluvchining o‘quv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o‘zaro bogTangan faoliyati yo‘llari va usullari. Ta’lim vositalari — mashg‘ulot jarayonining
tashkil etilishi va o‘tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jihozlari,
o‘quv qoTlanmalari va boshqalar. Bilim - bu ta’lim oluvchilar ongida
muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil
etadigan va bundan ular zaruratga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma'-
lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir. Ко ‘nikma - bu o‘z-
lashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan
maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat.
Malaka - avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato
bajariladigan harakatdir. O'qitish - ta’lim oluvchilami bilim, ко‘nikma
va malakalar bilan qurollantirish hamda ularning bilish faoliyati nati-
jasida bu bilim, ко‘nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus
tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir. О ‘qish - bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni boTib,
ta’lim oluvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayratini
talab etadi hamda ularning rivoj lanishini rag‘batlantiradi.
Yüklə 17,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə