Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə14/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Kerakli jixozlar: mozaika panelchasi bolalar oldidagi likopchada 1 ta oq va 6 ta sariq mozaika elementlari bo‘lishi lozim.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachimashg’ulotni “Chip-chip jo‘jalarim” ashulasini aytib boshlaydi.
Tarbiyachi oq mozaikani ko‘rsatib deydi: “Mana bu rangda tovuq bo‘ladi”. Sariq mozaikalarni esa ko‘rsatib deydi: “Mana bu rangda esa jo‘jalar bo‘ladi”.

Panelchaga 1 ta oq mozaikani tiqib tarbiyachi takrorlaydi. Bolalar oq rangdagi mozaika tovuq bo‘ladi. Tovug‘imiz bitta, so‘ng 1 ta sariq mozaikani olib uni panelchaga tiqib bu rangda jo‘ja bo‘lishini tushuntiradi. Yana boshqa sariq mozaikalarni panelchaga tiqishni bolalarga taklif etadi. Agar bola topshiriqni bajarishga qiynalsa tarbiyachi o‘zi unga yordam berib yuboradi. Bolalar panelchadagi tovuq nechta ekan? (1ta) Jo‘jalarchi? (ko‘p)


Tarbiyachi bolalarga yakka shug‘ullanishlari uchun ham material beradi.mashg’ulot davomida bolalar topshiriqni 2 marta bajarishlari mumkin. Tarbiyachi bolalarni ishlarini nazorat qilib yo‘llanma berib boradi.
Mashg‘ulot 8-10 minut davom etadi.
Uycha va bayroqchalar” mavzusida mozaika terish.


Maqsad: Bolalarni ranglarni ajratish bitta va ko‘p tushunchalarini mustahkamlash.
Kerakli jixozlar: Mozaika panelchasi, likopchada 4 ta oq va 4 ta ko‘k mozaika (bolalarni ranglarni farqlashga o‘rgatish maqsadida foydalanilmasa ham likopchaga 2 ta sariq, 4 ta qizil mozaikalar solinadi).
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga oq mozaika elementini ko‘rsatib bu rangda uychalar bo‘lishini tushuntiradi.
Mana bu ko‘k rangli mozaika bayroqchalar bo‘ladi.
So‘ng tarbiyachi oq rangdai mozaika elementlarini panelchaga tera boshlaydi. Mana 1 ta uycha, yana 1 ta uycha, 1ta va yana bitta uycha terdik.
Hammasi bo‘lib qancha uychalar ekan? (ko‘p) Oq mozaikalar qancha ekan? (ko‘p)
Ana endi har bir uychamizga bayroqchalar kerak. Ko‘k rangdagi mozaikalarni panelchaga terib deydi: mana bu uyga 1 ta bayroqcha, mana bunisiga ham 1 ta bayroqcha, bu uyga 1 ta va mana bu uyga ham 1 ta bayroqcha.
Bayroqchalar qancha? (ko‘p)
Ko‘k rangdagi mozaikalar qancha? (ko‘p)
Tarbiyachi galma-galdan bolalarni stol atrofiga chaqirib ularni ham mozaikalarni terishni taklif etadi. Shu usulda tarbiyachi bolalarni materialni qay darajada tushunganliklarini bilib oladi.
So‘ng tarbiyachi bolalarga yakka holda ishlashlari uchun material tarqatadi va ish jarayonida bolalarni mozaika elementlarini rangini to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor beradi. Yakka ishlash jarayonida bolalarga: “Sening hamma uyingni bayroqchalari bormi?” kabi yo‘naltiruvchi savollar berib boradi. Ayrim bolalar mozaika elementlarini panelcha teshigiga kirg‘izishda mo‘ljal ololmay qiynalishadi. Bunda tarbiyachi bolani qo‘lini ushlab, birgalikda mozaika elementini panelcha teshigiga kirg‘izishadi.

Mashg‘ulotning nomi: "Mehmon uyqudan turdi".



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə