Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə4/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. Beruniy o‘rta asrda birinchi bo‘lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya»,
«Ma’sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G‘aznaviy saroyda ham xizmatda bo‘lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma’lum.


Mavzu: Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” va “Ilk qadam” davlat o`quv dasturi hamda “Ilm yo‘li” variativ oʼquv dasturi.
Reja:
    1. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”va ”Ilk qadam” davlat dasturining mazmun-mohiyati, asosiy soha va kichik sohalari.


  1. ”Ilk qadam” davlato‘quv dasturi tarkibi haqida tushuncha


3. „Ilm yo‘li“ variativ dasturi haqida tushuncha.


Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari “Talim to‘g‘risida”gi Qonun , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son ”2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar mahkamasining 2017-yil 21- noyabrdagi 929-son ”O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida”gi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.Ushbu hujjat birinchi navbatda oilaga bolaning to‘laqonli rivojlanishida ta’lim –tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishiga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining maqsadi maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda barcha bolalarning teng huquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishgayo‘naltirilgan.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni bilim darajasini ko‘tarish uchun avvalo pedagoglar kasb salohiyatini oshirish, ta'lim jarayoni mazmuni va sifatini takomillashtirish, ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini jonlantirish zarur. Maktabgacha yoshdanoq bolalarda tegishli hajmda bilim, ko‘nikma, malakalari hosil qilinadi.
- quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;
-interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tilimashg’uloti;
-mental arfimetika va matematik hisob asoslari;
-yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaxarlar haqidagi ko‘rsatuvlar.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig‘ilishi qarori bilan “Ilk qadam” O‘quv dasturi tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
Mazkur o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni ta'lim olishida qo‘llanilsin deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o ‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq




ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotsining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviymashg’ulotning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishi, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lganmashg’ulot usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaningmashg’ulot va axloq sub'ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari: Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
  • O ‘yin kompetensiyasi – bolaning o ‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.


  • Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati.


  • Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quvva amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.


Shuni yoddatutishlozimki,o‘yin-ta'limmashg’uloti kunduzgi uyquni hisobga olmaganda kamida 38% ni, bolalarning ochiq havoda bo‘lishi kamida 38% ni, mustaqil ‘yinmashg’uloti kamida 24% ni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigienako‘nikmalari) kamida 20% ni, ota onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilishkamida 3% ni tashkiletadi.


Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;


  • ijtimoiy-hissiy rivojlanish;


  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;


  • bilish jarayonining rivojlanishi;


  • ijodiy rivojlanish.


«Ilk qadam» o‘quv dasturining asosiy maqsadi hayoti davomida uzluksiz rivojlanishga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish.


Ushbu zamonaviy pedagogik tizimning asosiy o‘ziga xosligi bolalardao‘qishga qiziqish uyg‘otish hisoblanadi. Bu esa bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e’tibor berish kerak deganidir.
Ushbu jarayon davlatning yangi talablariga asoslanadi. U bola rivojlanishining beshta asosiy yo‘nalishini qamrab oladi:
  • Jismonay rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;


  • Ijtimoiy-hissiy rivojlanish


  • Nutq,muloqot, o‘qish va yozish malakalari;


  • Bilish jarayonining rivojlanishi;


  • Ijodiy rivojlanish.


“Ilm yo‘li “variativ dasturi bilan tanishish.

“Ilm yo‘li “ variativ dasturi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mutahassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ilmiy metodik kengashining 2019 yil 29- avgust 7-sonli yig‘ilish qarori bilan, maktabgacha ta’lim vazirligi xuzuridagi o‘quv metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishining 2019 yil 20-sentyabrdagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.


O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 – sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198-Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘di.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiya yatni oldi. 6-7 yoshli bilalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat O‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘rao‘quv-tarbiyaviymashg’ulot kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.



  1. Yüklə 294,01 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə