Malik nabiyevning hayoti va ijodi



Yüklə 0,75 Mb.
tarix27.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#124189
MALIK NABIYEVNING HAYOTI VA IJODI

MALIK NABIYEVNING HAYOTI VA IJODI


Reja:
O‘zbekistonda san’at va madaniyatning rivojlanishi
Malik Nabiyevning hayoti va ijodi
O’zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev 100 yoshda
«Hayotda o‘z qo‘shig‘ini topa olgan, uni qaytarilmas ohangda ko‘pchilikka manzur qilib kuylay olgan san’atkorni baxtli desa bo‘ladi»,— deb ta’kidlagan edi taniqli rassom O‘rol Tansiqboyev.
Shu ma’noda rassom Malik Nabiyev (1916-2008) hayoti va ijodiy yo‘liga nazar tashlasak, u nafaqat o‘z ovoziga, balki baxtiga ham erishgan ustoz san’atkor darajasiga ko‘tarildi. U tajribali pedagog, uslubiyatchi olim sifatida ham tanildi.
Malik Nabiyev 1916 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Tasviriy san’atning ilk saboqlarini rassom Bahrom Hamdamiydan o‘rgangach, ustoz maslahatiga binoan rassomlik bilim yurtiga o‘qishga kiradi.
1937 yilda bilim yurtini imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng esa shu yerda o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshlaydi. O‘sha yillardan boshlab san’at borasidagi mustaqil ijodiy yo‘li boshlangan edi.
Yoshligidan tarixiy mavzularga bo‘lgan qiziqish va harakatlari zoye ketmadi. Vaqtlar o‘tishi bilan rassomning tarixdan hikoya qiluvchi rang-lavha, chizma-tasvir va kichik kompozitsiyalari katta-katta polotnolarga aylandi.
1949 yili Al Beruniy vafotniing 900 yilligi munosabati bilan olim portretini yaratish uchun konkurs e’lon qilinadi.
Bu konkursda o‘ttiz nafardan ortiq o‘zbekistonlik va boshqa yurtlarning yirik rassomlari ishtirok etishadi. Shu tanlovda Malik Nabiyev ham qatnashdi.
Musavvirning asarlaridagi buyuk olim obrazi boshqa rassomlar tomonidan ishlangan namunalarga nisbatan to‘laqonli, deb e’tirof etiladi.
1973 yilda esa Bsruniy tavalludiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan ikkinchi marotaba konkurs e’lon qilinadi.
Rassom Malik Nabiyev Beruniy obrazi ustida izlanishni davom ettirib va nixoyat ikkinchi marotaba ham konkurs g‘olibi bo‘ldi.
Bu portrst konkursdan so‘ng YUNESKOnnng “Kuryer” jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarniig ko‘pgina jurnal va gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor nashrdan chiqarildi.
Portretda ilm muammolarini yechishga chog‘langan, vazmin, nigohi olisni ko‘zlayotgan alloma xarakteri ifoda etilgan.
Rassom ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan insonparvar olim Abu Rayhon Beruniyning butun salobatini tasvirda gavdalantiradi.
Suratning keyingi etaplaridagi kitoblar ilm-fanga bog‘liq bo‘lgan buyumlar Beruniyning qomusiy olim va mutafakkir ekanini yanada bo‘rttirib ko‘rsatilishiga xizmat qilgan.
Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng qabrdan topilgan ashyolar, jumladan sohibqironning bosh suyagi ham Toshkentdagi O‘zbekiston xalqlari tarixiy muzeyiga olib kelingan.
Taqdir taqozosi bilan 1941 yil iyun oyida Amir Temur dahmasi, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek va Bibixonim qabrlari ochilganligi ma’lum.
Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur obraziga rassomning murojaat qilishi sabablari xususida to‘xtalish joizdir.
Tasviriy san’atda tarixiy shaxslar obrazini Malik Nabiyev ijodisiz to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bu haqda musavvir hikoya qiladi:«M.Gerasimov muzey binosida jahongirniig bosh suyagi asosida haykal portret ishlashni boshlab yuboradi. Men bu jarayonni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.
Nachora, zamon taqozosi ekan. Albatta, bu voqea rostdan ham dahshat! Sohibqironning arvohi chirqirab, ruhi azob chekkan bo‘lishi tabiiy.
O‘sha 1941 yildan beri ulug‘ sarkarda siymosini yaratish niyati meni bir daqiqa ham tark etgani yo‘q».
Malik Nabiyev buyuk inson Amir Temur obrazini tasvirlash borasida katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.
Temurni ilm, san’at ahillariga homiylik qilgan ma’rifat homiysi ekanini ham ifodalay oldi.
Xullas, Malik Nabiyev sharqona xarakterga ega bo‘lgan Temurni uzoq va mashaqqatli jangu jadallardan so‘nggi holatdagi obrazini tasvirlashga erishgan.
Kezi kelganda yana bir tarixiy voqeani aytmasdan o‘tib bo‘lmaydi. 1993 yil iyunda ustoz rassom butun ijodiy faoliyati davomida mehnat qilib kelgan Nizomiy nomidagi pedagogika institutining badiiy-grafika fakultetida juda katta yong‘in sodir bo‘ldi.
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə