Ma’lumki, estetik va axloqiy madaniyat kishilik jamiyatining tarkibiy qismi hisoblanadi



Yüklə 13,87 Kb.
tarix21.07.2023
ölçüsü13,87 Kb.
#119782
biznes etika


Globallashuv asri kishisining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlaridagi har qanday faoliyatiga beriladigan baho avvalambor, uning tashqi jihatlariga e’tibordan boshlanadi, ya’ni har bir kadrni malakali mutaxassis bo‘lib yetishishda axloqiy madaniyat hamda turmush estetikasi borasidagi nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarlarni egallashi lozim ekanligi bizga sir emas. Shu sababli ham etiketning insonda qat’iy odob qoidalarining go‘zal xatti-harakatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi sohalardan biridir..
Ma’lumki, estetik va axloqiy madaniyat kishilik jamiyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning asosini jamiyatda inson o‘zini qanday tutishi kerakligini belgilab beruvchi axloqiy me’yorlar tashkil etadi
“Etiket” atamasi dastlab Fransiyada Lyudovik XIV davrida paydo bo‘lib, O‘rta asrlarda Yevropada nafaqat madaniyat belgisi, balki kiborlar (aristokrat) va oqsuyaklarni oddiy xalqdan ajratib turuvchi odob qoidalari sifatida xizmat qilgan.
Ma’lumki, xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o‘rganish, o‘zlashtirish va unga amal qilishni komillikka yetishishning muhim yo‘li sifatida e’tirof etadi. Shuning uchun axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go‘zal turmush tarzini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi globallashuv va axborotlashuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar tizimi yangi ko‘rinish oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go‘zallashtirishga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Etikaning shakllanishida va rivojlanishida dinning ahamiyati juda ham katta. Masalan, Islom dinida va uning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’oni Karimda axloqiy qoidalarga alohida e’tibor berilgan va uning eng muhim tushunchalari ta’riflangan
Albatta har bir kasb-hunarni egallashda har bir insonga etika-estetika, did asqotadi. Chunki har bir kasb-hunarni kreativ bo’lishi yangidan-yangi metodlarni kashf qilib uni amaliyotda qo’llashi uchun albatta mutahassisda o’ziga yarasha did, etika-estetika bo’lishi kerak.
Yüklə 13,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə