Ma’lumot-axborot hujjatlari: tilxat, e’lon, hisobot tilxat



Yüklə 1,84 Mb.
tarix29.05.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#88320
2 5215322489101491838


Ma’lumot-axborot hujjatlari: tilxat, e’lon, hisobot
TILXAT
Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig'idagi bo'sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (tilxat) 2. Matn: a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi. b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zarurat bo‘lganda muassasa nomi); c) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi); d) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo‘lsa). 3. Tilxat berilgan sana. 4. Tilxat muallifining imzosi.

Ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo‘ladigan biron-bir tadbir-majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdek, ishga, o‘qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot.

  • Ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo‘ladigan biron-bir tadbir-majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdek, ishga, o‘qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot.

E’LON__E’lonning_zaruriy_qismlari'>E’LON
  • E’lonning zaruriy qismlari:

  • 1. Hujjatning nomi (e’lon).
    2. E’lon qilinayotgan tadbirning vaqti, o‘tkazilish joyi.
    3. Tadbir mavzusini o‘zida aks ettiruvchi matn.
    4. Tadbir o‘tkazuvchining nomi (odatda, bo'ladigan tadbirni e’lon qilayotgan tashkilot, organning nomi «Ma’muriyat», «Kuzatuv kengashi», «Yozuvchilar uyushmasi», «Tashkiliy qo‘mita» tarzida beriladi).

E’LON
Shu yil 12-iyul kuni soat 15.00 da Toshkent kimyo-texnologiya insitutining majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘ladi.
Kun tartibi:
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti.
2. Taftish komissiyasining hisoboti.
3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash.
 Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
 
HISOBOT
  • Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma‘lumot beruvchi hujjat.
  • Hisobotlar keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kerak.
  • Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak.
  • Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi.
  • Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llanadi.
  • Hisobot shakl jihatidan ham, mazmun jihatidan ham bildirishnomaga o‘xshaydi.
  • Hisobotning zaruriy qismlari:

  • 1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilyapti. 2. Hujjatning nomi (hisobot). 3. Hisobotning matni. 4. Lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi, imzosi. 5. Sana. 6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.

______________________________
______________________________
______________________________
______________________________
_______________________________
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
____________________ ______________________ ______________________
_________________________________
HISOBOT SHAKLI
Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə